Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq qoʻmitasi rasmiy tushuntirishlar xizmatini ishga tushirdi Buxgalter uchun qoʻllanma: Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining reyestrlari kompaniyalarni xavfli bitimlardan qanday himoya qiladi Norezidentga xizmatlar koʻrsatishda QQS mavjud boʻlmaganda
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
16.10.19

Xorijiy investorlarga yashash guvohnomasi berish tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 oktyabrdagi 864-son qarori bilan qonunosti hujjatlariga tegishli qoʻshimchalar kiritildi.

16.10.19

Investitsiya vizasi qanday olinadi

Mexanizm Hukumatning ayrim qarorlarida belgilangan.

16.10.19

MDHda muzey eksponatlari uchun sudning immuniteti nazarda tutilgan

Oʻzbekiston MDH ishtirokchi-davlatlarining muzey ishi sohasida hamkorligi toʻgʻrisidagi bitimga qoʻshildi

15.10.19

Suv yetkazib berish xarajatlarining bir qismi iste’molchilar zimmasiga tushadi

Prezident 9.10.2019 yildagi «Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi.

15.10.19

Maktab xodimlariga ustamalar qanday belgilanadi

Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

15.10.19

Tovarlarning koʻpi birja orqali sotiladi

Prezident 8 oktyabrda tovar-xom ashyo birjalari faoliyati samaradorligini oshirish va birja savdosi mexanizmlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan qarorni imzoladi.

15.10.19

MB valyutani naqdlashtirish uchun komissiyani ma’lum qildi

Regulyatorning soʻzlariga koʻra, bank kassalari orqali xalqaro toʻlov kartalaridagi (XTK) xorijiy valyutani naqdlashtirish uchun komissiya 0,5 – 1%ni tashkil etadi, ayrim banklarda umuman bepul. Bu MDH boʻyicha oʻrtachadan pastdir (2%).

14.10.19 NHH loyihalari
14.10.19

Yangi Mehnat kodeksida qanday oʻzgarishlar boʻladi

Asosiy ta’tilning eng kam miqdorini oshirish, muddatli mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan homilador ayollarni ishdan boʻshatishga yoʻl qoʻymaslik – bu va boshqa taklif etilayotgan yangiliklar sharhimizda.

14.10.19

Koʻp kvartirali uyni qanday boshqarishni unda yashovchilar belgilaydi

Yalpi majlisda senatorlar “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonunni ma’qullashdi.

14.10.19

Senatorlar “Mudofaa toʻgʻrisida”gi Qonunni ma’qullashdi

Senatorlar tomonidan yalpi majlis kun tartibi doirasida “Mudofaa toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri koʻrib chiqildi.

14.10.19

Goʻdakni qanday oziqlantirish – qonunda belgilangan

23-yalpi majlisda 11 oktyabr juma kuni senatorlar “Ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash hamda goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar toʻgʻrisida”gi Qonunni ma’qullashdi.

14.10.19

Ilmiy faoliyat qonun bilan tartibga solindi

Senat 11 oktyabr kuni “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonunni ma’qulladi.

14.10.19

Toʻlov tizimlari ishtirokchilari va operatorlariga funksiyalar belgilandi

“Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi Qonun senatorlar tomonidan muhokama etilgan yana bir masala boʻldi.

14.10.19

MB uchinchi shaxslarga kafolatlar bera olmaydi

Senat a’zolari 23-yalpi majlis kun tartibi doirasida “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahririni ma’qullashdi.

14.10.19

Banklar aksiyalarini xarid qilish soddalashtirildi

Senatning yalpi majlisida “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri ma’qullandi.

14.10.19

Senat valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi yangi qonunni ma’qulladi

Senatorlar 11 oktyabr juma kuni 23-yalpi majlis chogʻida “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahririni muhokama qildilar.

11.10.19

Bank mijozlarga xizmat koʻrsatishdagi huquqbuzarliklar uchun jarimaga tortiladi

Bank xizmatlari iste’molchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritildi.

11.10.19 NHH loyihalari
11.10.19

Boʻstonliq tumanida yangi soliq rejimi joriy etilishi mumkin

2020 yil 1 yanvardan Boʻstonliq tumanida soliq solish va soliq ma’muriyatchiligi boʻyicha noyob tajribani boshlash taklif etilmoqda.

10.10.19

2020 yil yakuniga qadar mamlakatimiz boʻylab 29 ta zargarlik markazi ochiladi

Loyiha tashabbuskorlari va loyihaning yillik quvvati koʻrsatilgan holda ularni hududlar kesimida tashkil etish jadvali tasdiqlandi.

10.10.19

Noyob «Urungʻoch» koʻli qoʻriqlanadigan boʻldi

Vazirlar Mahkamasining “Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻining ayrim tabiiy hududlari va ob’yektlaridan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

10.10.19

Fuqarolik aviatsiyasi agentligida ish haqi nimalardan iborat

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

10.10.19

Ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi kodeksda nimalar boʻladi

Ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi kodeks qabul qilingach, amaldagi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks oʻz kuchini yoʻqotadi.

10.10.19

Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashlari qanday faoliyat koʻrsatadi

Vazirlar Mahkamasining 5.10.2019 yildagi 848-son qarori bilan Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari huzurida jamoatchilik kengashlarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi.

10.10.19

Oʻz chorva hayvoningiz qanday sugʻurtalanadi

Aholi xonadonlarida va chorvachilik yoʻnalishida faoliyat koʻrsatadigan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda parvarish qilinayotgan chorva hayvonlarini sugʻurta qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

10.10.19

Oliy ta’lim sohasida ustuvorliklar belgilandi

Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

09.10.19

Narkologiya dispanserlari ta’mirlanadi, rekonstruksiya qilinadi va qoʻshimcha jihozlanadi

Asosiy parametrlar Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 oktyabrdagi 842-son qarori bilan tasdiqlangan.

09.10.19

Attestat va diplomga apostil qoʻyilishi qimmatroq boʻladi

Ta’lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun oshirilgan yigʻim joriy etildi.

09.10.19

Mustaqil va muqobil malaka oshirishga nimalar kiradi

Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tartibi belgilandi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Bo­la­lar­ga nis­ba­tan zoʻra­von­lik uchun ja­vob­gar­lik ku­chay­ti­ril­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Yay­lov­lar­dan foy­da­la­nish­ning yan­gi qoida­la­ri jo­riy etil­moqda

Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.