Telegram-bot biznes uchun takliflarni jamlaydi
Sizningcha tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida ortiqcha talablar, qarama-qarshiliklar yoki eskirgan normalar mavjud boʻlsa yoki ularni takomillashtirish zarur deb hisoblasangiz – xabar bering.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tashkil etilmoqda
U Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzurida faoliyat koʻrsatadi va reklama bozorini tartibga solish bilan ham shugʻullanadi.
Kinologlarga – moddiy ragʻbatlantirish, koʻkrak nishoni, IIV Akademiyasiga qoʻshimcha kvota
Ichki ishlar organlarining kinologiya xizmatlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilindi.
Qoʻlda terilgan 1 kilogramm paxta uchun - 800 soʻmdan 1 200 soʻmgacha
Vazirlar Mahkamasining 9.09.2019 yildagi 752-son qarori bilan 2019 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta xom ashyosini terib olishni tashkil etish chora-tadbirlari qabul qilindi.
Bolalar bogʻchalari uchun qoʻllanmalar ishlab chiqishda ota-onalar fikri inobatga olinadi
Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan oʻtkazish, ularni nashr qilish tartibi tasdiqlandi.
Sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati qayta tashkil etiladi
Hukumat huzurida Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi hududiy boʻlinmalari bilan, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida esa - Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tashkil etilmoqda.
Texnikumni tugatgach – oliy oʻquv yurtlariga imtihonlarsiz, birdaniga II kursga
2020/2021 oʻquv yilidan boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional ta’limning yangi tizimi joriy etiladi.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita ishi faollashtiriladi
Muassasaning asosiy vazifalari yangilandi va boshqa idoralar bilan hamkorlik yoʻnalishlari belgilandi.
Prezident davlat xavfsizlik xizmati vakolatlari belgilandi
2019 yil 5 sentyabrdagi OʻRQ-564-son Qonun bilan qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.
«Nukus-farm» EIZ qayta tashkil etildi
Endi u yangi vazifalar va faoliyat yoʻnalishlariga ega «Nukus» EIZga aylandi.
Hamma xizmatni bir xilda – bir yil oʻtaydi
«Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar kiritildi.
Qayta tashkil etilgan Davlat kimyo komissiyasi ruxsat etilgan pestitsidlarni belgilaydi
Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan oʻtkazish va roʻyxatga olish tizimi takomillashtirilmoqda.
Bepul yuridik yordam uchun – maslahat byurolariga
Hukumat yuridik yordam va aholiga huquqiy axborotni yetkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini qabul qildi.
Toshkentda sovuq suvni oʻchirish rejalashtirilmoqda
“Suvsoz” DUK vodoprovod tarmoqlarida sovuq suv boʻlmasligi va bosimning pasayishi haqida xabar berdi.
Migratsiya bosh boshqarmasining sayti interaktiv xizmatlar bilan ishga tushirildi
Vazifasi - Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi faoliyatini ochiqlik va shaffofligini ta’minlash, Oʻzbekistonda boʻlish hamda mamlakatdan chetga chiqish uchun vizalarni rasmiylashtirish tartibi bilan tanishtirish va ma’lumot berish.
Atrof tabiiy muhitning monitoringi kengaytiriladi
Unga yangi komponentlar kiritildi: kollektor-drenaj suvlarining sifat tarkibi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, atrof-tabiiy muhitning sanitariya-gigiyenik monitoringi.
Namangan viloyatida agrosanoat klasteri tashkil etiladi
U Mingbuloq va Pop tumanlarida qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi 19 ta korxonadan tashkil topgan.
Qurilish qiymati oshib ketgan boʻlsa nima qilish kerak
Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish ob’yektlarining hisoblangan qiymatini koʻrib chiqish va oʻzgartirishlar kiritish tartibi tasdiqlandi.
OPEK jamgʻarmasi Namangan viloyatida suv ta’minotini rivojlantirishni moliyalashtiradi
Loyiha TIAning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 sentyabrdagi 739-son qarori bilan tasdiqlangan.
Saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga tuzatish kiritildi
Saylov tizimining takomillashtirilishi munosabati bilan Konstitutsiya va bir qator qonunlarga tuzatishlar kiritildi.
Kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarni berish nazoratga olinadi
2019 yil 1 dekabrdan boshlab ular muomalasining yangi tartibi joriy etiladi. 2020 yilda dorixonalar uchun qoʻshimcha litsenziya talabi paydo boʻladi.
YaTT va fermer xoʻjaliklari: qachon hisobvaraqdan naqd valyutani yechish mumkin
Prezidentning 2019 yil 5 sentyabrdagi PF-5811-son Farmoni bilan davlat rahbarining ayrim hujjatlariga tuzatishlar kiritildi.
Oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarning ishga joylashishi toʻgʻrisida hisobot beradilar
2019/2020 oʻquv yili boshiga oliy ta’lim muassasasi statistika hisobotining yangi shakli tasdiqlandi.
Yangiyoʻl KSZ kengaytiriladi
Uning tarkibiga Yangiyoʻldagi foydalanilmayotgan ob’yektlar va uchta korxona hududi qoʻshiladi.
Onlayn-NKM yoki virtual kassa – tadbirkor tanloviga koʻra
Savdo (xizmat koʻrsatish) shoxobchalarida aholi bilan naqd pulda yoki bank plastik kartalari orqali amalga oshirilgan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni soliq organlariga onlayn rejimida uzatib borish funksiyasiga ega boʻlgan ma’lumotlar almashinuvi platformasi – virtual kassalar onlayn-NKM qatorida joriy etiladi.
Madaniy merosni muhofaza qilish: litsenziyalash joriy etiladi, jarimalar oshiriladi
Qonunchilikka moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilishni kuchaytirishga oid tuzatishlar kiritildi.
Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish osonlashdi
Tegishli arizani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi yangi xizmat yordamida yuborish mumkin.
Diplomni YaIDXP orqali tasdiqlash mumkin
Portalda yangi interaktiv xizmat – xorijda berilgan umumiy oʻrta yoki oʻrta ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish uchun ariza berish xizmati taqdim etiladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


