Xususiy tibbiyot klinikalari qanday ruhiy va xulq-atvor buzilishlarini davolashlari mumkin
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi bilan ruhiy holat buzilishini va xulq-atvor buzilishini tashxis qilish va davolash boʻyicha xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati (roʻyxat raqami 3062, 28.08.2018 y.) tasdiqlandi
DBQ rejalari: 3 turdagi yigʻimni qoldirish, 4 ta bojxona yoʻlagini joriy etish
Prezidentning bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirishga doir farmoni loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda
Bojxonachilarga – ustamalar va imtiyozli avtokreditlar
Mazkur imtiyozlar Prezidentning «Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmoni loyihasida taklif etilgan
Tashqi reklama islohoti: ichkaridan nazar
Soʻnggi vaqtda tashqi reklama masalasi matbuotda koʻp munozaralarga sabab boʻlayapti. Koʻplab maqolalarda Toshkent reklama assotsiatsiyasi raisi Anvar Yoʻldoshevning sohani isloh qilishga doir turli masalalar yuzasidan bildirgan fikr-mulohazalari keltirilayapti. Bu fikrlar doim ham toʻgʻri bayon etilmaydi. A.Yoʻldoshev bilan suhbat tushunmovchiliklar yuzaga kelishining oldini olish imkonini beradi
Mamlakatimiz davlat mukofotlari – Tojikiston davlat va jamoat arboblariga
Prezidentning 29.08.2018 yildagi “Tojikiston Respublikasining bir guruh Davlat va jamoat arboblari, madaniyat, fan va sogʻliqni saqlash sohalari vakillarini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi
Mustaqillik kuni arafasida davlat mukofotlari topshirildi
Davlat mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan Prezident farmonlari imzolandi. Hujjatlar matnlari OʻzAda e’lon qilingan
Ishdan boʻshatiladigan xodimga boshqa ishni qanday qilib toʻgʻri taklif etish mumkin
Ish beruvchi taklif etishi kerak boʻlgan boshqa ishga oʻtkazishlar orasida mehnat shartnomasini bekor qilish oʻrniga boshqa ishga oʻtkazish alohida oʻrin egallaydi. Sharhimizda boshqa ishni taklif etish va xodimning boshqa ishga oʻtishdan bosh tortishini qanday qilib toʻgʻri rasmiylashtirish, mazkur tartib-taomilning oʻziga xos jihatlari va bunda koʻp yoʻl qoʻyiladigan xatolar haqida soʻz yuritamiz
Avto oynasining tusini oʻzgartirishga ruxsatnoma qanday olinadi
IIV, Bosh prokuratura va DXXning qarori (roʻyxat raqami 3059, 25.08.2018 y.) bilan yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibi tasdiqlandi
Zarar koʻrgan holda dividendlar toʻlangan… Shunday qilish mumkinmi?
Davlat soliq qoʻmitasi dividendlarga soliq solishdagi huquqbuzarliklar haqida xabar berdi. Korxona foyda olmagan boʻlsa, muassislar – jismoniy shaxslarga toʻlangan toʻlovlarga dividend soligʻi (10%) emas, balki JShDS (22,5%) solinadi, deb hisoblaydi DSQ. «Norma» eksperti N. Memetova tavsiyalarida dividendlarni qachon va qanday toʻlash mumkinligi haqida soʻz yuritiladi
Bozorlar daromadlari boʻyicha – hisobotning yangi shakli
U Moliya vazirligi va DSQning qarori (20.08.2018 yilda 2439-6-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan tasdiqlangan
Pensiya va nafaqa oluvchilar uchun interaktiv xizmatlar ishga tushirildi
YaIDXPda «Fuqaroning pensiya va nafaqa oluvchilar roʻyxatida mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma olish» va «Farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish» xizmatlari koʻrsatila boshladi
YaST boʻyicha hisobotda nimalar oʻzgardi
Moliya vazirligi va DSQning qarori (20.08.2018 yilda 2439-6-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan yagona soliq toʻlovi boʻyicha hisobotning shakllariga tuzatishlar kiritildi
Yirik savdo shoxobchalari va bozorlarda alkogolli va tamaki mahsulotlari bilan savdo qilishga ruxsat berishni taklif etmoqdalar
QHTBT portalida «Sharobsanoat» AJ tomonidan ishlab chiqilgan Prezidentning «Alkogol va tamaki sohasini boshqarish va rivojlantirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda
E-IJRO AUKSION orqali yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer ajratish taklif etilmoqda
QHTBT portalida yakka tartibdagi qurilish, shuningdek davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini ajratishning yangi qoidalarini tasdiqlash rejalashtirilgan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokama qilinmoqda
YaST toʻlovchilar uchun soliq solishdagi yangiliklar
6 sentyabrda «Norma» professional rivojlanish markazi YaST toʻlovchi korxona va tashkilotlar vakillarini 2018 yil boshidan soliq solishda yuz bergan oʻzgartirishlarga bagʻishlangan seminarga taklif etadi
YaIT va sugʻurta badallari boʻyicha hisobotlar yangilandi
Bu ham Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining qoʻshma qarorida (roʻyxat raqami 2439-6, 20.08.2018 yil) nazarda tutilgan
DMJga ajratmalar boʻyicha hisobotning yangi shakllari tasdiqlandi
Moliya vazirligi va DSQ davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar boʻyicha hisobotning barcha shakllarini yangilariga oʻzgartirdi
Yer uchastkasi maydoni hisobotda aks ettiriladi
Yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha hisobotning shakllariga tegishli tuzatishlar kiritildi
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotga qanday oʻzgartirish kiritildi
Moliya vazirligi va DSQning qarorida (20.08.2018 yilda 2439-6-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) mavjud oʻzgartirishlar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotning shakllariga ham taalluqli
Aksiz soligʻi boʻyicha hisobotga qoʻshimcha kiritildi
Qoʻshimcha Moliya vazirligi va DSQning qarori (20.08.2018 yilda 2439-6-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan nazarda tutilgan
QQS boʻyicha hisobotga tuzatish kiritildi
Soliq hisobotining shakllariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni koʻrib chiqishni davom ettiramiz
Soliq hisobotida qanday koʻchmas mulk koʻrsatiladi
Moliya vazirligi va DSQning qarori (20.08.2018 yilda 2439-6-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan soliq hisobotining shakllariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Madaniy tadbirlarga chiptalarni sotishda blokcheyndan foydalaniladi
OʻzAda Prezidentning 26.08.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
IIO shaxsiy tarkibi bilan psixologlar ishlaydilar
IIVda shaxsiy tarkib bilan ishlash boʻyicha psixologlar guruhi shakllantirilmoqda, ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilinayotgan nomzodlarni tanlovdan oʻtkazish soddalashtirilmoqda, «Xulq-atvor va muomala madaniyati kodeksi» ishlab chiqilmoqda, xodimlarning yangi formasini joriy etish rejalashtirilmoqda
Statistika hisobotlarini topshirish muddati oʻzgartirildi
Davlat statistika qoʻmitasi davlat statistika hisobotlari shakllarini topshirish muddatlari oʻzgartirilganligi haqida ma’lum qildi
JShDS boʻyicha hisobot shakllari oʻzgardi
Moliya vazirligi va DSQning qarori (20.08.2018 yilda 2439-6-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan soliq hisobotining shakllariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Foyda soligʻi boʻyicha hisobot shakllariga oʻzgartirishlar kiritildi
Moliya vazirligi va DSQning qarori (20.08.2018 yilda 2439-6-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan soliq hisobotining shakllariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Chet el valyutasidagi aktivlar va majburiyatlar yangi qoidalar boʻyicha hisobga olinadi
Moliya vazirining buyrugʻi bilan Buxgalteriya hisobi milliy standarti (22-son BHMS) «Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi»ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


