Milliy gvardiyaning oziq-ovqat ta’minoti xususiy kompaniyalarga beriladi
Bu Vazirlar Mahkamasining 16.05.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarining ovqatlanishini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 366-son qarorida nazarda tutilgan
Ishdan ajralmagan holda buxgalteriya hisobini qanday oʻzlashtirsa boʻladi
29 may kuni «Norma» professional rivojlanish markazida «Buxgalteriya hisobiga kirish» oʻquv kursi boshlanadi. Mashgʻulotlar masofaviy tarzda oʻtkaziladi
Maqsad – manfaatlar muvozanati…
Boʻlajak soliq islohotining faol muhokamasi davom etmoqda. Turli takliflar bildirilmoqda. Xususan, «SBX» gazetasida (2018 yil 22 maydagi 21-soni) iqtisodiy sharhlovchi Jorilla Abdullayevning materiali chop etilgandan soʻng mutaxassislar yana turli fikr bildirdilar…
2019 yildan polietilen paketlarni bepul berish toʻxtatiladi
Prezidentning 18.05.2018 yildagi «Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Yosh xodimlarga berilgan JShDS boʻyicha imtiyozni qanday qoʻllash kerak
«Norma» ekspertlari ta’lim muassasasini tamomlaganiga 3 yil boʻlmagan, birinchi marta ishga qabul qilingan yosh xodimlarga daromad soligʻini birinchi yil uchun 50%, ikkinchi va uchinchi yillar uchun esa 25%ga kamaytirish boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida DSQga soʻrov bilan murojaat qilishdi (5.07.2017 yildagi PF–5106-son Farmon)
Toshkent viloyatida biosfera rezervati tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasining 16.05.2018 yildagi 367-son “Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi
«Yangi davrda eski usullarga oʻrin yoʻq!»
«Tashqi reklama sohasidagi faoliyatni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror loyihasi turli saytlarda qizgʻin muhokama qilinmoqda. Bu hujjatda kamchilik va xatolarga yoʻl qoʻymaslik imkonini beradi. Chorak asrdan buyon ushbu sohada ishlab kelayotgan Shuhrat Yoʻldoshev oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi
MIB tadbirkorning hisobvaragʻiga qachon inkasso qoʻyadi
Agar tadbirkorning hisobvaragʻida qarzdorlikni qoplash uchun mablagʻ yetarli boʻlmasa, korxona yoki tashkilot bankrot holatiga kelib qolgan boʻlsa, majburiy ijro harakatlariga kirishiladi
50, 100, 200 va 500 soʻmlik kupyura va tangalar muomaladan qaytarib olinadi
Adliya vazirligi Telegram tarmogʻidagi oʻzining rasmiy kanalida Eski namunadagi 50 va 100 soʻmlik tangalarini, shuningdek 50, 100, 200 va 500 soʻmlik banknotlarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida xabar qildi
Yaqin qarindoshlarning bolalarni bogʻchadan olishi taqiqlandi
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (14.05.2018 yilda 3012-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) e’lon qilindi
Elektr energiyasi, gaz va suv uchun 100% oldindan toʻlovni amalga oshirmaganlar qanday jazolanadi
Turli sabablarga koʻra oldindan toʻlov oʻtkaza olmaganlarga qanday choralar qoʻllaniladi, kelgusi oyda ularni iste’mol qilish miqdorini tadbirkorlar qanday qilib oldindan aniqlashlari mumkin? Majburiy ijro byurosi Toshkent tumani boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Ubaydullo Mirzayevga shunday savollar bilan murojaat qildik
Haydovchilik guvohnomalarini 17 ta Davlat xizmatlari markazlarida olish mumkin
1 iyundan boshlab haydovchilik guvohnomalarini beruvchi Davlat xizmatlari markazlari soni 17 taga yetadi, deb xabar beradi OʻzA
Grippga qarshi kurashish: xavfi yuqori boʻlgan guruhlarni vaksinalash, xavfli shakli gumon qilinayotganda – majburiy tashxis qoʻyish
Prezidentning 18.05.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida gripp va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarning tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
Oʻzbekiston – Ilmiy-texnikaviy va innovatsion sohalardagi hamkorlik boʻyicha davlatlararo kengashda
Prezidentning 12.05.2018 yildagi PQ–3722-son qarori bilan respublikamiz Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining umumiy ilmiy-texnologik makon yaratish toʻgʻrisidagi 1995 yil 3 noyabrdagi Bitimiga (20.11.2009 yilda Yalta shahrida imzolangan) oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Protokoliga qoʻshildi
Norezidentlarga soliq solish toʻgʻrisida nimalarni bilish lozim
25 may kuni «Norma» professional rivojlanish markazida «Xalqaro shartnomalarni hisobga olgan holda norezidentlarning daromadlariga soliq solish» seminari boʻlib oʻtadi
YaIDXPda UKX boʻlimida xizmatlar soni koʻpaydi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali UKX boʻlimiga yana ikkita xizmat qoʻshildi
Davlat xaridlari sohasidagi qonunbuzarliklar uchun qanday choralar koʻriladi
Loyiha boshqaruvi milliy agentligining buyrugʻi (14.05.2018 yilda 3013-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Davlat xaridlari shaffof boʻldi
“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun davlat xaridlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar takliflariga barcha tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilarning toʻlaqonli kirishlarini ta’minlash imkonini berdi. Bu haqda Xalqaro Press-klub majlisida ekspertlar soʻz yuritishdi
Murojaatlar boʻlimida kimlarning ishlashiga ruxsat beriladi
Vazirlar Mahkamasining 7.05.2018 yildagi 341-son qarori bilan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida namunaviy nizom tasdiqlangan
"Tez tibbiy yordam"ning majburiy toʻplami oshirildi
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2905-1, 14.05.2018 y.) bilan Bitta tez tibbiy yordam koʻrsatish xizmati brigadasi uchun zarur boʻlgan dori vositalari va tibbiy buyumlari roʻyxatiga tuzatishlar kiritildi
Ozodlikdan mahrum qilish oʻrniga - foydali jamoat ishlari
Vazirlar Mahkamasining 8.05.2018 yildagi 346-son qarori bilan Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi haqidagi nizom va majburiy jamoat ishlari turlarining roʻyxati tasdiqlandi
Oʻzbekistonda islom bank ishini joriy etish taklif etildi
QHTBT portalida Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasida islom bank ishi va moliya infratuzilmasini yaratishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi joylashtirilgan
Mehnat qonunchiligini oʻrganamiz
Davlat mehnat huquq inspeksiyasining inspektori qachon kelishi mumkin? Tekshiruv natijalariga koʻra javobgarlikdan qutulish uchun nimalarni bilish kerak? Mehnat huquqi sohasidagi ekspert Abdusalom Risqullayev tushuntiradi
Banklararo elektron operatsiyalar qanday oʻtkaziladi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (12.05.2018 yilda 3010-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan banklararo pul bozorida elektron savdo platformasi orqali operatsiyalarni amalga oshirishning yangi tartibi tasdiqlandi
Ijtimoiy tarmoqlar huquqiy targʻibot uchun maydonchaga aylanadi
Adliya vazirining buyrugʻi (12.05.2018 yilda 3011-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish hamda ularning mohiyati va ahamiyatini aholi oʻrtasida tushuntirish boʻyicha namunaviy «Yoʻl xaritasi» tasdiqlandi
Soliq islohoti: jiddiy yondashuv talab etiladi
Oʻzekspomarkazda Soliq tizimini isloh qilish konsepsiyasi taqdimoti oʻtkazilganiga deyarli 2 oy boʻldi (29.03.2018 y.). Internetda tarafdor va qarshilarning minglab sharhlari joylashtirilgan. Ekspert islohot xatar-tavakkalchiliklariga baho berdi
ERI 40 daqiqada rasmiylashtiriladi, ayrim fuqarolarga bepul beriladi
Vazirlar Mahkamasining 10.05.2018 yildagi 348-son qarori bilan Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron raqamli imzo kalitini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi
Qurilish tashkilotidagi buxgalterning ishlash xususiyatlari
Qurilish sohasidagi buxgalteriya hisobi va soliq solish – buxgalterlar uchun bosh ogʻrigʻi. Qiyinchiliklarni qanday yengish mumkin? «ViGoRus» konsalting kompaniyasi direktori Svetlana Golosova javob beradi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


