Buxgalterlar shifokor va dasturchilardan nimalarni oʻrganishlari mumkin?
Ish jarayonidan uzilmagan holda muntazam ravishda malaka oshirib boruvchi mutaxassislar professional sifatida rahbarlar nazariga tushadi. Malaka oshirish xizmatlari bozori rivojini belgilovchi yangi texnologiyalar hamma yangiliklardan xabardor boʻlishda yordam beradi. Sharhimizda soʻnggi trendlar haqida soʻz yuritamiz
Importda mulk huquqi qachon yuzaga keladi
Mulk huquqini tan olish payti tashqi iqtisodiy faoliyat shartnomalari bilan ishlovchi deyarli barcha buxgalterlarni qiynaydigan masala hisoblanadi. «TRI-S-Audit» auditorlik kompaniyasi direktori Svetlana Golosova muammoning tarixi va uni toʻgʻri hal etish yoʻllari haqida batafsil soʻzlab beradi
Davlat qoʻriqxonalari faoliyati tahlil qilinadi
Vazirlar Mahkamasining 4.05.2018 yildagi 339-son qarori bilan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar faoliyati sohasiga doir bir qator nizomlar tasdiqlandi
Qishloq xoʻjaligi texnikasi yetkazib berishning yangi shartlari tasdiqlandi
Prezidentning 10.05.2018 yildagi “Qishloq xoʻjaligini oʻz vaqtida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi
Lombardlar va mikrokredit tashkilotlari nimalarni undira olmaydilar
Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari va Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga tuzatishlar kiritildi
Milliy bank xodimlari xalqaro tajribani oʻrganmoqdalar
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida seminar va «Sberbank – rivojlanish strategiyasi» mavzuida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbirlar bank faoliyatidagi ilgʻor xalqaro tajribani hamda yangi turdagi bank xizmatlari va mahsulotlarini joriy etish imkoniyatini oʻrganish maqsadida oʻtkazildi
Buxgalter eng koʻp yoʻl qoʻyadigan beshta xato
Auditorlar va soliq inspektorlari buxgalterlar ishida doim xato topadilar. «Balans plyus» konsalting kompaniyasi direktori Olga Igamratova ularni tuzatishda yordam beradi
Oʻzbekiston xalqaro reytinglarda qanday qilib koʻtarilishi mumkin
Oʻzbekiston nufuzli xalqaro reytinglar va indekslarda oʻz pozitsiyalarini jiddiy ravishda oshirish, shuningdek bugungi kunda qayd etilmaydiganlarida oʻzini koʻrsatish niyatida. Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan, QHTBT portalida e’lon qilingan loyiha shundan guvohlik bermoqda
TIF TN kodini Telegram-bot yordamida topish mumkin
Tashqi savdo vazirligi huzuridagi «Oʻzbekekspertiza» AJ tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (OʻzR TIF TN) kodlarini hamda eksportchi va importchilar uchun zarur boshqa axborotni izlovchi Telegram-botni ishga tushirdi
Bosh prokuratura Akademiyasi tashkil etilmoqda
Prezidentning 8.05.2018 yildagi Farmoni bilan Bosh prokuraturaning Oliy oʻquv kurslarini Bosh prokuratura Akademiyasi etib qayta tashkil etish nazarda tutilgan
Xalq banki va Mikrokreditbank 2023 yilgacha soliqlardan ozod qilindi
Prezidentning 4.05.2018 yildagi PQ–3694-son qarori bilan Xalq banki va Mikrokreditbank faoliyatiga doir tashkiliy masalalar tartibga solindi
Bojxona yigʻimlarini maqbullashtirish taklif etildi
QHTBT portalida tegishli loyiha joylashtirilgan
Energiya resurslarining onlayn-hisoblagichlari qanday oʻrnatiladi
Energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olishning zamonaviy asboblarini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (4.05.2018 yilda 3005-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) e’lon qilindi
Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiya agrosanoat ustidan toʻliq nazorat qiladi
Prezidentning 7.05.2018 yildagi qarori bilan Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari qabul qilindi
Surxondaryo viloyatida kichik turizm zonalari tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasining 3.05.2018 yildagi «Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 324-son qarori qabul qilindi
Korxonada inventarizatsiya qancha vaqt oraligʻida oʻtkazilishi kerak?
Vositachilik shartnomasi boʻyicha buxgalteriya provodkalari va tovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiyadan oʻtkazish buxgalter uchun bosh ogʻrigʻi boʻlishi mumkin. «TRI-S-AUDIT» auditorlik kompaniyasi vakili Vera Tyurina shu haqda batafsil soʻzlab beradi
Mintaqalarda innovatsion gʻoyalar markazlari tashkil etilmoqda
Prezidentning 5.05.2018 yildagi «Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Innovatsiyalarni rivojlantirish oliy ta’lim muassasalaridan boshlanadi
Prezidentning 7.05.2018 yildagi «Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Jizzax viloyatida ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi
Prezidentning 4.05.2018 yildagi «Jizzax viloyati aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–3695-son qarori e’lon qilindi
Sement narxini pasaytirish choralari koʻrildi
Prezidentning 4.05.2018 yildagi «Ichki bozorni sement bilan barqaror ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–3696-son qarori e’lon qilindi
Paxta va don ekinlarini sugʻorish uchun elektr energiyasi – davlat hisobidan
Vazirlar Mahkamasining 3.05.2018 yildagi 320-son qarori bilan Fermer xoʻjaliklarining nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Davlat basseynlarida sogʻlomlashtirish guruhlari ochiladi
Vazirlar Mahkamasining 3.05.2018 yildagi 333-son qarori bilan Suzish sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari rejasi hamda Byudjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shugʻullanish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Oʻzbekistondagi auditorlar bozori rivojiga nima toʻsqinlik qilmoqda
Xabar qilganimizdek, Toshkentda «Auditorlik tashkilotlarining auditorlik xizmatlari sifatini yaxshilash va ishbilarmonlik faolligini oshirish» mavzuiga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtdi. Tadbir ishtirokchilari auditorlik xizmatlari sifatini yaxshilash va auditorlik tashkilotlari ishbilarmonlik faolligini oshirish istiqbollari, mavjud muammolar va ularni hal etish yoʻllarini muhokama qildilar
Ijtimoiy dorixonalarni tashkil etish mexanizmi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 3.05.2018 yildagi 334-son qarori bilan Ijtimoiy dorixona faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga oʻqishga qanday kirish mumkin
Vazirlar Mahkamasining 4.05.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida»gi 336-son qarori e’lon qilindi
Byudjet tashkilotlari ish haqiga naqd pul olish muddatlarini bank bilan kelishadilar
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 3003, 1.05.2018 y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning yangi tahriri tasdiqlandi
Faxriylar asosiy turdagi tovarlar bilan bepul ta’minlanadi
Vazirlar Mahkamasining 28.04.2018 yildagi 317-son qarori bilan 1941–1945 yillardagi urush faxriylarini, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi
2017 yilgi auditorlik tashkilotlari reytingi e’lon qilindi
Reyting yakunlari «Auditorlik tashkilotlarining auditorlik xizmatlari sifatini yaxshilash va ishbilarmonlik faolligini oshirish» anjumanida e’lon qilindi. Tadbirni Auditorlar palatasi, Buxgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi, «Auditreyting» MChJ reyting agentligi tashkil etdi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


