Ilmiy xodimlarning maoshi 15%ga oshdi
Byudjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritildi
Navroʻzga tayyorgarlik boshlandi
Prezidentning 23.02.2018 yildagi «2018 yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Boʻsh ish oʻrinlari mintaqaviy yarmarkalari qanday oʻtkaziladi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2973-son, 21.02.2018 y.) bilan Kasb-hunar kollejlari bazasida boʻsh ish oʻrinlari va oʻz biznesini boshlashga koʻmaklashish yarmarkalarini oʻtkazish boʻyicha namunaviy reglament tasdiqlandi
Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi
Adliya vazirining buyrugʻi (22.02.2018 yilda 2165-11-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Kadrlar ishi yuritilishini oʻrganamiz
5 martda «Norma» professional rivojlanish markazida oʻzbek tilidagi «Kadrlar ishini yuritish» oʻquv kursi oʻz ishini boshlaydi
Notarial harakatlar uchun barcha toʻlovlar – faqat «Notarius» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali
Adliya vazirining buyrugʻi (AV tomonidan 22.02.2018 yilda 2090-17-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Xorijiy injiniring kompaniyalari tomonidan Oʻzbekistonda loyiha guruhlari tashkil qilinadi
Prezidentning 22.02.2018 yildagi «Iqtisodiyot bazaviy tarmoqlaridagi loyiha ishlarini hamda muhandis-loyihalovchilarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi qanday hujjatlarni tekshiradi
Prezidentning loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertiza qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlariga doir 20.02.2018 yildagi PQ–3350-son qarori e’lon qilindi
Oʻzbekistonda “aqlli qishloq”lar paydo boʻladi
2018 yilning uchinchi choragida mamlakatimizda “aqlli qishloq” (smart village) loyihasi pilot tarzda amalga oshirilishi mumkin
Poyezdlar qatnovi haqida Telegram-botdan bilib olish mumkin
«Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ Telegram-botni yoʻlga qoʻydi
Poytaxtimizda Oʻzbekiston-Hindiston tadbirkorlikni rivojlantirish markazi tashkil etiladi
Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar beradi
Zakalat toʻgʻrisidagi notarial kelishuv tuzilayotganda – koʻchmas mulk va avtomobilga avtomatik tarzda taqiq qoʻyiladi
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (AV tomonidan 22.02.2018 yilda 2090-17-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Sayyohlar uchun qulay mobil SIM-kartalar
Sayyohlar uchun maxsus ishlab chiqarilgan mobil SIM-kartalar aeroportlar, avtovokzallar va turistik nuqtai nazardan ommabop boʻlgan boshqa joylarda sotiladi
Soliq organlari bir haftada 1 202 ta fuqaroga jarima soldilar
Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy ma’lumotlariga koʻra, oʻtgan haftada 1439 ta huquqbuzarlik aniqlangan
Soliq navigatori–2018 endi «Qonun hujjatlari» AQTda
Koʻpchilik tashkilotlar yillik hisobotni topshirib boʻldi. Toʻs-toʻpolondan soʻng qisqa muddatli tanaffus boshlandi – bu joriy yil uchun soliq solishning yangi qoidalarini oʻrganishning ayni mavrididir. Bu yumushni ishdan ajralmagan holda, qolaversa kundalik faoliyatda bexato amalga oshirishda Soliq navigatori–2018 yordam beradi
Davlat organlari jurnalistlar bilan koʻproq muloqotda boʻladi
Vazirlar Mahkamasining 15.02.2018 yildagi 125-son «Oʻzbekiston Respublikasi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
Biznesda qay biri afzal: yolgʻizlikmi yoki sherikchilik
Endigini oʻz ishini boshlayotgan tadbirkorlar tanlov imkoniyatga ega: ishni bir oʻzi tashkil etishi yoki hamkor topib, biznesni birga yuritishi mumkin. Hamkorlikda biznesni boshlash ehtiyotkorlikni talab etadi. Ushbu sharhda - biznesni yolgʻiz yoki sherikchilik asosida yuritish haqida soʻz yuritiladi
Avtoga «chiroyli» raqam: 5 ta muammoli vaziyatda undan ayrilib qolmaslik usullari
Mashinaga oʻzi istagan davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqamini olish uchun fuqarolar maxsus onlayn-auksionda rekord darajadagi summalarni sarflashmoqda. Bunday investitsiyalar huquqiy nuqtai nazardan xavfsiz yoki yoʻqligiga aniqlik kiritamiz
Adliya organlari va FHDYo binolarida ta’mirlash ishlari olib boriladi
Vazirlar Mahkamasining 15.02.2018 yildagi 124-son «Adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
Mudofaa sanoatini rivojlantirish uchun maxsus Jamgʻarma tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasining 15.02.2018 yildagi 118-son qarori bilan Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Axborot texnologiyalari vazirligida 4 ta yangi boshqarma tashkil qilinadi
Prezidentning Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkillashtirishga doir 19.02.2018 yildagi PQ-3549-son qarori qabul qilindi
Overdraft yangi imkoniyatlar beradi
2017 yil fevralida Yagona umumrespublika protsessing markazi jismoniy shaxslarni kreditlash – overdraft xizmatini joriy eta boshladi. Bugun har bir xohlovchi «qoʻshimcha hamyon»ga ega boʻlishi mumkin. Biroq buni qanday qilib foydaliroq shartlarda amalga oshirsa boʻladi? Tafsilotlar bizning sharhimizda
Yoshlar ittifoqi va yashash joyidagi ballar fermer boʻlishga yordam beradi
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-3, 19.02.2018 y.) bilan Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi
Kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishni rad etganlik uchun jarima – EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha
QHTBT portalida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tuzatishlar loyihasi joylashtirilgan
Qishloqdagi arzon uy-joylar: talabgorlarni komissiya tanlab oladi
Vazirlar Mahkamasining 9.02.2018 yildagi 103-son qarori bilan Ariza beruvchi – uy quruvchining 2017–2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Vazirlik va idoralar rahbarlarining virtual qabulxonalari yopilmoqda
Davlat organlari va yirik xoʻjalik birlashmalarining rasmiy saytidagi virtual qabulxonalar yopilmoqda. Vazirlik va idoraning rahbariyatiga endi Prezidentning Virtual qabulxonasi orqali murojaat etish mumkin
Davlat organlari va nodavlat tashkilotlari fuqarolar yigʻinlariga biriktirildi
Vazirlar Mahkamasining 15.02.2018 yildagi 117-son «Mahalla institutining yanada samarali faoliyat yuritishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Byudjet sohasidagi moliyaviy hisobot yangilandi
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalar (roʻyxat raqami 2971, 15.02.2018 y.) e’lon qilindi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


