Monopolistlar mahsulotining birja savdosi: alohida xaridor va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻlganda
Prezidentning 17.01.2018 yildagi «Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori boʻlgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori bilan monopolist korxonalarning ayrim turdagi mahsulotlarini realizatsiya qilish tartibi aniqlashtirildi
Barcha YaTTlar savdosida hisobga olishning yangi tartibi
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining qarori (29.12.2017 yilda 2958-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromadlarini va tovar operatsiyalarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
2018 yil uchun Davlat dasturi tasdiqlandi
Prezidentning 22.01.2018 yildagi “2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” Farmoni qabul qilindi
Moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish 2 yilga kechiktirildi
Bu Prezidentning 22.01.2018 yildagi Farmonida nazarda tutilgan, unda 2018 yil uchun Davlat dasturi ham tasdiqlandi
Yirik davlat korxonalari rahbarlarining ilm-fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosarlari paydo boʻladi
Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi 24-son «Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari uchun paxta yogʻiga qat’iy belgilangan narxlar joriy etiladi
Bu yogʻ-moy tarmogʻini jadal rivojlantirish boʻyicha «Yoʻl xaritasi»da nazarda tutilgan (19.01.2018 yildagi PQ–3484-son qarorga ilova)
Ta’lim sohasida soatbay haq toʻlash oʻrtacha 15%ga oshirildi
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarori (roʻyxat raqami 2965, 2018 yil 18 yanvar) bilan yangi Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlashning miqdorlari tasdiqlandi
EIZda yer olish tartibi qanday oʻzgardi
Vazirlar Mahkamasining 16.01.2018 yildagi 29-son qarori bilan Erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) qatnashchilariga yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Oʻzbekiston madaniy merosi ob’yektlari yagona elektron bazaga kiritiladi
Prezidentning 16.01.2018 yildagi F-5181-son «Moddiy madaniy va arxeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni takomillashtirish toʻgʻrisida»gi farmoyishi e’lon qilindi
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda boʻlish uchun – EKIHning 5%i
Vazirlar Mahkamasining 8.01.2018 yildagi 13-son qarori bilan Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda boʻlishning Namunaviy qoidalari va Ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda boʻlish uchun haq undirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi
Viktor Semeryuk: «bir.uz ni oʻyinchoq oʻrnida ishlatdim»
Bir.uz buxgalterlar malakasini baholash tizimi yordamida testlash va sertifikatlashdan oʻtayotganlar soni kun sayin ortib bormoqda. Biz tizimdan foydalanib ulgurganlardan oʻz tajribasi va taassurotlari bilan oʻrtoqlashishni soʻradik. Bizning suhbatdoshimiz – Viktor Vladimirovich Semeryuk
Toshkent shahri boʻyicha mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari e’lon qilindi
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 30.12.2017 yildagi 262/29-5-son qarori bilan Toshkent shahri boʻyicha 2018 yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi
Oʻsimlik yogʻini ishlab chiqaruvchilar 1.01.2019 yilga qadar QQSdan qisman ozod etildi
Prezidentning 19.01.2018 yildagi “Yogʻ-moy tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi
Tayyorgarlik koʻrilayotgan jinoyat haqida xabar berganlik uchun – mukofot
Vazirlar Mahkamasining 8.01.2018 yildagi 15-son qarori bilan Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Foyda soligʻi yoki obodonlashtirish soligʻidan vaqtinchalik ozod etish oʻrniga – stavkani 50%ga kamaytirish
Alohida yuridik shaxslar yoki foyda soligʻi yoxud obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻidan vaqtinchalik ozod etilgan. Ikkita soliqning birlashtirilishi munosabati bilan Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ-3454-son qarorida ushbu imtiyozlar taqdirini hal etgan maxsus norma saqlanadi
Pensiyalarni yangi nizomga asosan qayta hisoblaymiz
Moliya vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2963, 2018 yil 12 yanvar) bilan Pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U Prezidentning 2017 yil 20 noyabrdagi PF-5245-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmonining 4-bandiga muvofiq ishlab chiqildi
Ish beruvchilar homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani oʻz hisoblaridan toʻlashda davom etadilar
Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ–3454-son qarori bilan 2010 yilda joriy etilgan ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalarni toʻlash tartibi uzaytirildi
Aholi yangi elektr energiyasi va gaz hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan oʻtkazish uchun haq toʻlamaydi
Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi 22-son «Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
Davlat geologiya qoʻmitasi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish uchun litsenziyalar beradi
Prezidentning 17.01.2018 yildagi Mamlakatning iqtisodiyot tarmoqlarini talab qilingan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror ta’minlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Farmoni bilan noruda foydali qazilmalari boʻlgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar berish tartibi oʻzgartirilmoqda
Tovarlarni xorijiy koʻrgazmalarga olib chiqish soddalashtirildi
Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ-3451-son “Xorijiy davlatlarda koʻrgazma tadbirlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan tovarlarni olib chiqish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi
Ipakchilik tarmogʻini rivojlantirish: investitsiya loyihalari va ipakchilarga imtiyozli pensiya staji
Prezidentning 12.01.2018 yildagi «Respublikada ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3472-son qarori imzolandi
Uzoq muddatli uchrashuvlarga xona taqdim etganlik uchun – EKIHning 5 dan 15%igacha
Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining qarori (roʻyxat raqami 2964, 2018 yil 17 yanvar) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida uzoq muddatli uchrashuvlarga xonalar taqdim etganlik uchun tariflar tasdiqlandi
Tannarxdan past eksport: soliq solinadigan daromad qanday aniqlanadi
3.01.2018 yildagi OʻRQ–456-son Qonun bilan Soliq kodeksining 130, 204 va 355-moddalariga qoʻshimchalar kiritildi
Maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun ish yuklamasi va mehnatga haq toʻlash miqdorlari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 5.01.2018 yildagi 10-son qarori bilan Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yerga boʻlgan huquqni belgilovchi yagona hujjat boʻladi
QHTBT portalida «Yerga oid qonunchilikning takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi joylashtirilgan
«SUVSOZ» DUK 2018 yilgi yer usti va yer osti suv hajmlarining nisbatini e’lon qildi
Soliq kodeksining 260-moddasiga muvofiq, suvdan foydalanishni yoki suv iste’molini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan iste’mol qilingan suv hajmi (kub metrda) uchun undiriladigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisob-kitob qilishda mazkur nisbat qoʻllaniladi
Import qilinadigan goʻsht va tirik chorva mollariga yil oxirigacha QQS solinmaydi
Prezidentning 16.01.2018 yildagi PF-5303-son Farmoni bilan 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatga bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilinadigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) oziq-ovqat mahsulotlari va xom ashyolarning ayrim turlari roʻyxati tasdiqlandi
Ulgurji savdo uchun oshirilgan ustav fondi 1 fevraldan boshlab bekor qilinadi
Prezidentning 16.01.2018 yildagi “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


