Isitish va issiq suv ta’minoti tizimi takomillashtirilmoqda
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi isitish va issiq suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishni nihoyasiga yetkazmoqda
«Yagona darcha» markazlari ERIni 2,5 soatda rasmiylashtiradi
QHTBT portalida Tadbirkorlik sub’yektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha yagona markazlar orqali elektron raqamli imzolarni roʻyxatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini berish tartibi toʻgʻrisida nizom taqdim etilgan
Maoshning barchasini kreditni qoplash uchun yoʻnaltirishga ruxsat beriladi
QHTBT portalida Mehnat kodeksiga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar loyihasining davomi joylashtirildi. Loyihaning birinchi qismi sharhi – bu yerda
Dashtobodda kichik sanoat zonasi tashkil etilmoqda
Vazirlar Mahkamasining 8.11.2017 yildagi 897-son «Jizzax viloyati Zomin tumanining Dashtobod shahrida kichik sanoat zonasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
«Oʻzbekkoʻmir» AJ va «Shargʻunkoʻmir» AJ qayta tashkil etildi
Prezidentning 8.11.2017 yildagi PQ–3380-son qarori bilan «Oʻzbekkoʻmir» AJ va «Shargʻunkoʻmir» AJni «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ tarkibiga oʻtkazish hamda koʻmir tarmogʻi korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar qabul qilindi
XTKdagi valyutani sotish va naqd soʻmga ayirboshlashga ruxsat berildi
Markaziy bank Boshqaruvi qarori (roʻyxat raqami 2944, 2017 yil 6 noyabr) bilan Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Elektron hisoblagichlardagi SIM-kartalar uchun toʻlov undirilmaydi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligining qarori (roʻyxat raqami 2329-5, 2017 yil 6 noyabr) bilan Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga tuzatishlar kiritildi
Shifokor retseptisiz – 1254 ta dori
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2946, 2017 yil 8 noyabr) bilan retseptsiz beriladigan dori vositalarining yangilangan Roʻyxati tasdiqlandi
Lyuksemburg – offshor hudud emas
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi. DSQ, DBQ va Markaziy bankning qoʻshma qarori Adliya vazirligida 7 noyabr kuni roʻyxatdan oʻtkazildi
Shudgorlash ishlarini huquqni muhofaza qilish organlari nazorat qiladi
Vazirlar Mahkamasining 8.11.2017 yildagi 896-son qarori bilan 2018 yil hosili uchun shudgorlash ishlari hajmlari va muddatlari tasdiqlandi
Sanoatni boshqarish tizimi qanchalik samarali
Ushbu savolga Prezidentning 6.11.2017 yildagi F–5107-son «Elektr, neft, gaz ta’minoti va kimyo sanoatini boshqarish va nazorat qilish tizimini tanqidiy oʻrganishni tashkil etish toʻgʻrisida»gi farmoyishi bilan tashkil etilgan ishchi guruh javob topishi kerak
Kim oliy ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
Vazirlar Mahkamasining 7.11.2017 yildagi 892-son qarori bilan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari gʻoliblari boʻlgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari oʻquvchilarini taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Onlayn NKM tizimi qanday joriy etiladi
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasida fiskal ma’lumotlar operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi taqdim etildi
Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida sanoat xavfsizligi ta’minlanadi
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi boʻyicha izohlar
Past sifatli mobil aloqa uchun jarima solishadi
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlariga doir qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi
Treyler va avtofurgonlar – ular ham joylashtirish vositasi
Vazirlar Mahkamasining 7.11.2017 yildagi 894-son qarori bilan xorijiy sayyohlarning mamlakatimizga kirishi va boʻlishi tartibini soddalashtirish boʻyicha qator hukumat qarorlariga tuzatishlar kiritildi
Davlat xaridlari boʻyicha kontrakt summasi qanday hisoblab chiqariladi
Prezidentning 3.11.2017 yildagi PF–5228-son Farmoni bilan ayrim qonunosti hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
«Oʻzvinosanoat-xolding» Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasini moliyalashtiradi
Vazirlar Mahkamasining 1.11.2017 yildagi 886-son qarori bilan Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasining nizomi, jamgʻarma Kengashining tarkibi hamda ijrochi direksiyasining tuzilmasi tasdiqlandi
Summasi $100 mingdan kam import kontrakti uchun ekspertiza zarur emas
Prezidentning 3.11.2017 yildagi «Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini roʻyxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tashkil etildi
Prezidentning 7.11.2017 yildagi “Farmatsevtika tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi
Sabzavotlar eksporti uchun shartnoma har doim ham kerak boʻlavermaydi
Prezident 6.11.2017 yildagi «Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi
Notarial idoralar 1.01.2018 yildan xususiy boʻladi
QHTBT portalida Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni loyihasi muhokama qilinmoqda
Oʻzbekiston gaz eksportini yiliga 3 451,78 mln kubga oshiradi
Prezidentning 3.11.2017 yildagi PQ–3373-son «2017-2021 yillarda uglevodorod xom ashyosini qazib chiqarishni oshirish dasturining birinchi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Olimpiya chempioni treneriga – 20 ming dollar mukofot puli
Vazirlar Mahkamasining 30.10.2017 yildagi 878-son «Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Uzbekiston sportchilari va ularning trenerlarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
Yangi yerlarni oʻzlashtirish va sugʻorish qiymati indeksatsiya qilindi
Davergeodezkadastr, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining «Yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati, lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtzorlar olib qoʻyilganda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining ushbu qiymatini inobatga olib hisoblangan miqdori hamda pichanzorlar va yaylovlar holatinn tubdan yaxshilash kiymatini indeksatsiya qilish haqida»gi qoʻshma qarori tasdiqlandi (roʻyxat raqami 2943, 2017 yil 1 noyabr)
Investitsiya kodeksi loyihasi ishlab chiqilmoqda
QHTBT portalida Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan Investitsiya kodeksi konsepsiyasi loyihasi taqdim etilgan
IIV Akademiyasining Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga kimlar qabul qilinadi
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2941, 2017 yil 27 oktyabr) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Mehnatga layoqatsiz ota-ona farzandidan alimentni qanday undirishi mumkin
Mazkur sharhda – voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlardan kam ta’minlangan va mehnatga layoqatsiz boʻlgan ota-ona hisobiga sud tartibida alimentlar undirish xususida soʻz boradi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


