Inkasso elektron koʻrinishda qoʻyilishi mumkin
Markaziy bank boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 2155-2, 2016 yil 21 dekabr) bilan Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Ma’muriy tartib-taomillar mexanizmi takomillashtirilmoqda
Adliya vazirligida “Ma’muriy tartib-taomillar mexanizmini takomillashtirish” mavzusida seminar tashkil qilindi. Ushbu tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning bugungi kundagi yangi bosqichi haqida batafsil va toʻliq ma’lumot berildi
Milliy sertifikatlash doirasida imtihonlar oʻtkazildi
16 dekabrdan 18 dekabrga qadar Buxgalterlar va auditorlar imtihon markazida («Buxgalterlar va auditorlar imtixon markazi» MChJ) buxgalterlarni milliy sertifikatlash doirasida imtihonlar boʻlib oʻtdi
Avtotashuvchilar taxograf kartochkalarini agentlikdan olishlari mumkin
Avtotashuvchilar tomonidan taxograf kartochkalarini olish tartibi belgilandi. Buning uchun Avtomobil va daryo transportini rivojlantirishni normativ-texnik ta’minlash respublika markaziga («ATRNTT Respublika markazi» DK) murojaat etish zarur
2017 yilda arzon qishloq uylari qanday quriladi
Prezidentning “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida”gi Qarori bilan keng koʻlamli yangi uy-joy fondini qurish koʻzda tutilgan. Poytaxtimizda oʻtkazilgan matbuot anjumanida “Qishloq qurilish bank” vakillari mazkur hujjatni roʻyobga chiqarishga taalluqli tafsilotlar xususida toʻxtalib oʻtishdi
Ob’yektni YaIDXP orqali qayta ixtisoslashtirish mumkin
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali matbuot markazi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining yangi xizmati yoʻlga qoʻyilganini e’lon qildi. U yuridik va jismoniy shaxslarga ob’yektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma olish uchun elektron ariza berish imkonini yaratadi
Harbiy xizmatga chaqiruv e’lon qilindi
21.12.2016 yilda Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida”gi Qarori imzolandi
Oʻzbekistonda internet-doʻkonni qanday ochish mumkin?
Oʻzbekistonda elektron tijorat – juda koʻp muhokama etiladigan, ammo amaliyotda kam roʻyobga chiqariladigan mavzu. 2015 yilning may oyida yangi tahrirda qabul qilingan «Elektron tijorat toʻgʻrisida»gi Qonun ham bu sohada shov-shuvga sabab boʻlmadi. Nega tadbirkorlar internet-doʻkonlar ochishga shoshilmayotir, amalda bu haqiqatan ham murakkab masalami? Quyida shularga oydinlik kiritishga urinib koʻramiz
Qachon valyutada haq toʻlash majburiy?
2017 yil 1 yanvardan Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonining alohida normalari kuchga kiradi. Shu vaqtdan boshlab xorijiy fuqarolarga mehmonxonalarda joylashtirish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlarga haq toʻlash faqat erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiriladi. Mazkur oʻzgarishlarning kuchga kirishi bilan bogʻliq muammoli savollar haqida mazkur maqolada tanishasiz.
TTZda yangi bozor quriladi, Salor boʻyi sohili obodonlashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining 12.12.2016 yildagi 400-son VMQ bilan 2017-2019 yillarda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi
Emitent, ma’lumotni toʻgʻri oshkor qiling
Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2383-4, 2016 yil 13 dekabr) bilan Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va e’lon qilish qoidalariga (roʻyxat raqami 2383, 2012 yil 31 iyul) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
NHH loyihalari: kichik biznesda xodimlar soni ortmoqda
Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida Kichik tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli boʻlgan tashkilotlar tasniflagichiga qator tuzatishlarni saqlaydigan loyiha e’lon qilindi
NHH loyihalari: alohida valyuta rejimi nimani anglatadi?
Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida erkin iqtisodiy zonalarda alohida valyuta rejimining amal qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi e’lon qilindi
Tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat 1 kunda beriladi
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining qarori (roʻyxat raqami 2131-2, 2016 yil 14 dekabr) bilan Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
FHDYo qanday qoidalar boʻyicha ishlaydi
Vazirlar Mahkamasining 14.11.2016 yildagi 387-son qarori bilan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari tasdiqlandi (keyingi oʻrinlarda – Qoidalar), ilgari amalda boʻlgan tahriri (12.04.1999 yildagi 171-son VMQ bilan tasdiqlangan) esa oʻz kuchini yoʻqotdi. Ushbu sharhda koʻrsatilgan tahrirlarning qiyosiy tahlili keltirilgan
Davlat boshqaruvchisi, biznes-rejani 15 dekabrgacha topshiring
Davlat raqobat qoʻmitasining qarori (roʻyxat raqami 1394-7, 2016 yil 16 dekabr) bilan Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar va ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga (roʻyxat raqami 1394, 2004 yil 30 iyul) tuzatishlar kiritildi
Faktoring shartnomasini tuzish uchun bankka hisobotlar kerak
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 953-3, 2016 yil 14 dekabr) bilan Tijorat banklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida faktoring operatsiyalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga (roʻyxat raqami 953, 2000 yil 3 avgust) tuzatishlar kiritildi
Aktyorlar oʻzgarsa-yu, biroq biznes davom etaversa...
Eng “notinch” kasblar reytingida direktor va buxgalter pastki oʻrinlarda emas. Aksariyat hollarda oʻz tashkilotlari muassislari uchun oʻziga xos yuridik tansoqchi rolini oʻtashlari buning asosiy sababidir. Oqibatda kimgadir — daromad, kimga esa — jazo tayin. Ushbu maqolada biznes mulkdorlarining mas’uliyati xususida soʻz yuritamiz
«eStat 2.0» statistika tizimi ERI kalitlari bilan integratsiyalashdi
Davlat statistika qoʻmitasi yangi formatdagi ERI kalitlarining statistik hisobotlarni elektron koʻrinishda yigʻish avtomatlashtirilgan axborot tizimi «eStat 2.0» bilan integratsiyalashuvi boʻyicha ishlar yakunlanganini ma’lum qildi
Tadbirkorlar uchun tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik yuzasidan seminar oʻtkazildi
16 dekabr kuni Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi yurtimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi ikkita — “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi hamda «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida»gi Qonunlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida seminar oʻtkazdi
Bojxona brokeri faoliyati uchun ruxsatnomaga onlayn soʻrov berish mumkin
YaIDXPning litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlarni berish sohasidagi interaktiv xizmatlari paketi yana bir xizmat bilan boyidi. Uning ijrochisi Davlat bojxona qoʻmitasi boʻlib, xizmat bojxona brokeri sifatida faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish istagida boʻlgan yuridik shaxslarga moʻljallangan
Elektron litsenziyalash portali sinov rejimida ishga tushirildi
Investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish maqsadida Elektron litsenziyalash portali sinov rejimida ishga tushirildi, deb xabar beradi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi
Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz
Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisidagi nutqi
Abdulla Aripov Bosh vazir lavozimiga tasdiqlandi
14 dekabr kuni Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzodni tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi
Poytaxtda eng yaxshi auditorlar va buxgalterlar taqdirlandi
Toshkentda “Oʻzbekiston buxgalterlari va auditorlari kuni” kasb bayramiga, shuningdek, “Eng yaxshi auditor–2016”, “Eng yaxshi buxgalter–2016” hamda “Eng yaxshi ichki auditor–2016” respublika tanlovlarining natijalari sarhisobiga bagʻishlangan an’anaviy tantanali tadbir boʻlib oʻtdi
Biznesning qay turini tanlagan ma’qul?
Biror korxonaga egalik qilish, doʻkonni boshqarish, oʻz ishini boshlashni orzu qilmaydigan odamning oʻzi boʻlmasa kerak. Ayniqsa, ishdan keyin charchab uyga qaytayotganda, rahbar bilan kelisholmay qolganda, tuzukroq ish topolmay qiynalib yurganda shunday fikrlar xayollarni chulgʻaydi
Yangi yil bayramini qayerda oʻtkazish kerak?
Yangi yil bayrami jahonda eng koʻp nishonlanadigan ommabop bayram. Ayniqsa, Yangi yil yaqinlashgani sayin tashkilotlar rahbariyati oʻz jamoasi bilan bayramni qayerda nishonlash haqida bosh qotira boshlaydi. Chunki bu xodimlarning kayfiyatini koʻtarish, jamoani birlashtirish, miriqib hordiq chiqarish uchun yaxshi imkoniyat
Yana korporativ avtoni hisobga olish va rasmiylashtirish haqida
Seminar mavzusi shunchalik ommabopki, uning e’lon qilinishi darrov e’tiborni oʻziga tortadi. «Norma» PRMda koʻplab mijozlar va obunachilarning iltimoslariga koʻra jadvalga mazkur mavzu boʻyicha seminar kiritildi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


