Yuridik shaxslar tomonidan valyutani majburiy sotish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi
Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida” 22.12.2015 yildagi PQ-2455-son Qarori bilan Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi
Yadro poligonlarida xizmatni oʻtagan shaxslar roʻyxati qanday shakllanadi
Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligining qoʻshma qarori bilan Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro ob’yektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi
Munosib mehnat – muhofaza qilingan va xavfsiz mehnat!
Parlamentda “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi muhokama qilinmoqda
Farmatsevtika faoliyatining yoʻnalishlari belgilandi
2016 yil 4 yanvarda yangi tahrirda qabul qilingan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida” Qonun ancha kengaydi
Poytaxtda 2016 yil uchun soliqlar va yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi
Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashi oʻzining 25.12.2015 yildagi 76/9-5-son qarori bilan Toshkent shahri boʻyicha 2016 yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalarini tasdiqladi
Moliya vazirligi amaldagi soliq maslahatchilari roʻyxatini yangiladi
Moliya vazirligi saytida malaka sertifikatiga ega soliq maslahatchilarining yangilangan roʻyxati e’lon qilindi
Oʻzbekistonda yangi korporativ portal ishga tushirildi
Yangi loyiha aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini yoritish, boʻlajak investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini ta’minlash uchun barpo etildi
Davlat koʻchmas mulkidan foydalanish uchun ijara toʻlovi stavkalari tasdiqlandi
2016 yil uchun Toshkent shahrida va Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha davlat koʻchmas mulkidan foydalanish uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari e’lon qilindi
Asosiy fondlar qiymatini qayta baholash qanday oʻtkaziladi
Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan 2016 yil 1 yanvar holatiga asosiy fondlarni qayta baholash indekslari ishlab chiqildi
Tovarlar va xizmatlar uchun toʻlovlarni mobil ilovalar orqali amalga oshiramiz. 2-qism
Sizni tovarlar va xizmatlar uchun on-layn rejimda toʻlovni amalga oshirishga yordam beradigan mobil servislar bilan tanishtirishda davom etamiz. Bugun «MBANK UZCARD» ilova haqida soʻz yuritamiz
Kichik korxonalar joriy toʻlovlarni toʻlaydi
“Soliq va byudjet siyosatining 2016 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 31.12.2015 yildagi OʻRQ-398-son Qonun bilan SKning 300-moddasiga oʻzgartirishlar kiritildi
AJning xorijiy menejerlari daromadlari soliqlardan ozod qilindi
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 29.12.2015 yildagi OʻRQ-396-son Qonun bilan Soliq kodeksining 179 va 308-moddalariga oʻzgartirishlar kiritildi
Aksiyador da’vosi boʻyicha davlat bojini aybdor taraf toʻlaydi
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 29.12.2015 yildagi OʻRQ-396-son Qonun bilan Soliq kodeksining 337-moddasiga oʻzgartirishlar kiritildi
Kirim qilinmagan tovarlar uchun sanksiya yumshatildi
“Soliq va byudjet siyosatining 2016 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 31.12.2015 yildagi OʻRQ-398-son Qonun bilan kirim qilinmagan tovarlarni saqlash uchun sanksiya yumshatildi
Maktab kutubxonalari uchun qancha darslik zarur
Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining qoʻshma qarori bilan Umumta’lim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Notariuslikka nomzodlar uchun lavozim olish tartibi oʻzgartirildi
Adliya vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 29 dekabrda 2149-6-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Notarius stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Qurilish me’yorlarini buzdingmi – jarimaga tortilasan
Jinoyat kodeksi belgilangan taqiqlarni (cheklovlarni) buzgan holda binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash uchun javobgarlikni koʻzda tutadigan 229-3-modda bilan toʻldirildi
Roʻyxatga olish va roʻyxatdan chiqarish uchun hujjatlar namunalari – Internet orqali
Bunday imkoniyat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi IDXYaPda roʻyobga chiqargan yangi xizmat tufayli yuzaga keldi
AJ umumiy yigʻilishi vakolatlari kengaydi
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 29.12.2015 yildagi OʻRQ-396-son Qonun bilan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” 26.04.1996 yildagi 223–I-son Qonunga oʻzgartirishlar kiritildi
Soʻrovlarni elektron shaklda yuborish mumkin
Endilikda axborot olish uchun soʻrovlarni axborot tizimi orqali ogʻzaki, yozma va elektron shaklda berish mumkin. Bu Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida” va “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida” qonunlarga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan belgilangan
AJ moliyaviy hisobotlarni qachon e’lon qiladi
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 29.12.2015 yildagi OʻRQ-396-son Qonun bilan “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida” 30.08.1996 yildagi 279–I-son Qonunga moliyaviy hisobotni e’lon qilish muddatlariga taalluqli oʻzgartirishlar kiritildi
Tadbirkor faoliyatiga aralashish taqiqlandi
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 29.12.2015 yildagi OʻRQ-396-son Qonun bilan davlat organlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari organlari vakolatiga aralashishga taqiqlar joriy qilindi
Sugʻurtalovchining cheklangan majburiyatlari tasdiqlandi
Moliya vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 29.12.2015 yilda 1806-3-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisida Nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi
Qanday imtiyozlar 2 yilga uzaytirildi
Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida” 22.12.2015 yildagi PQ-2455-son Qarori bilan bir qator imtiyozlar 2018 yil 1 yanvargacha uzaytirildi
Jamoat joylarida chekish va spirtli ichimlik ichish uchun jarimalar oshirildi
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 29.12.2015 yildagi OʻRQ-396-son Qonun bilan jamoat joylarida tamaki va alkogolli mahsulotlar iste’mol qilganlik uchun javobgarlik oshirildi
Sudlarning ijro hujjatlarini elektron shaklda olish mumkin
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 29.12.2015 yildagi OʻRQ-396-son Qonun bilan Xoʻjalik protsessual kodeksi va “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritildi
Ruxsat beruvchi hujjatlarni olish tartib-taomillari soddalashdi
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 29.12.2015 yildagi OʻRQ-396-son Qonun bilan “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritildi
"Ijod" fondining vazifalari kengaytirildi
2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-son Prezident Qarori bilan 2010 yil 26 fevraldagi PQ-1292-son “Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzurida “Ijod” fondini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident Qaroriga oʻzgartirish kiritildi
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


