Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
28.09.18

22 ta chorrahada svetoforning qizil chirogʻiga oʻngga burilishga ruxsat beriladi

Toshkentda svetoforning qizil chirogʻiga oʻngga burilishga ruxsat beradigan yangi yoʻl belgilarini oʻrnatish boshlandi

27.09.18

OTM 5 ballik baholashga oʻtadi, joriy nazoratning roli pasaytirildi

Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi toʻgʻrisidagi nizom e’lon qilindi (roʻyxat raqami 3069, 26.09.2018 y.)

27.09.18 NHH loyihalari
27.09.18

Bolalar nafaqasi va moddiy yordamni vaqtincha hisobga olish joyi boʻyicha “mahalladan” olish mumkin boʻladi

Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga tegishli tuzatishlarni Adliya vazirligi ishlab chiqmoqda

27.09.18

Temir yoʻl va havo transporti orqali import qilinadigan tovarlarni qanday dastlabki deklaratsiyalash amalga oshiriladi

Vazirlar Mahkamasining 25.09.2018 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirishda bojxona tartibotlarini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 762-son qarori e’lon qilindi

27.09.18

Yoʻldagi radarlar tungi vaqtda ham ishlay boshladi

2018 yilning 25 sentyabridan Toshkentda yoʻllarda oʻrnatilgan radarlar tungi vaqtda ham ishlay boshladi, deya xabar qiladi IIBB matbuot xizmati

26.09.18 NHH loyihalari
26.09.18

Sinovlarsiz nostrifikatsiyalash hollari roʻyxatini kengaytirish taklif qilinmoqda

Ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibini soddalashtirish rejalashtirilmoqda. Prezident qarorining loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda

26.09.18

Hududlarda biznes holati qanday?

SSP va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan mamlakatimiz hududlarida investitsiya muhitini baholash maqsadida Oʻzbekiston tadbirkorlari orasida soʻrovnoma oʻtkazilmoqda

26.09.18

2019 yilda mutaxassislarni xorijda oʻqitish uchun 45 mlrd soʻm ajratiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tashkil etildi

26.09.18 NHH loyihalari
26.09.18

Himoya orderi oilada zoʻrlik ishlatilishidan himoyalaydi

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «Maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda

26.09.18

Onlayn-sudlov: majlislar jadvali, videotranslyatsiyalar va sudning hal qiluv qarorlari

Oliy sudning rasmiy sayti orqali sudga ariza berish, jarayon sanasini bilish va unda onlayn qatnashish mumkin, deb yozadi «Narodnoye slovo»

26.09.18 NHH loyihalari
26.09.18

Poytaxtda Intellektual mulk masalalari boʻyicha sudni tashkil etish rejalashtirilmoqda

Intellektual mulk agentligi (bundan keyin – IMA) ana shunday taklif bilan chiqdi. Loyiha bilan QHTBT portalida tanishib chiqish mumkin

26.09.18 NHH loyihalari
26.09.18

Milliy oliy ta’lim muassasalari dunyoning yetakchi reytinglariga kiradi

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Rivojlanish jamgʻarmasi va ushbu sohadagi xalqaro tadqiqotlar boʻyicha Milliy markazni tashkil etish taklif qilinmoqda

26.09.18

Advokat litsenziyasi uchun hujjatlar elektron shaklda qabul qilinadi

Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisida nizomga tuzatishlar kiritildi

26.09.18

20 ta mamlakat dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish natijalari Oʻzbekistonda tan olinadi

Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi va ularning aylanishi takomillashtirildi. Adliya vazirligi Prezidentning tegishli qarori tasdiqlangani haqida xabar beradi

25.09.18

Imtiyozlar ishlamaganda

2019 yil yanvardan boshlab koʻpchilik korxonalar QQS toʻlashga oʻtadi. Davlat faoliyatning ayrim turlari uchun imtiyozlarni saqlab qoladi. Biroq bu imtiyozlar hozirgidek ishlaydigan boʻlsa, bu tovarlar va xizmatlar narxi ancha oshishiga olib kelishi mumkin

25.09.18

Hisobot topshirishga tayyormisiz?

Soliq organlariga hisobotlar topshiriladigan vaqt yaqinlashib qoldi. Biror-bir muhim jihatni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak, chunki oxirgi oylarda qonun hujjatlariga juda koʻp yangiliklar kiritildi. Ularni bilish uchun Norma professional rivojlanish markazining maxsus seminarida ishtirok eting

25.09.18 NHH loyihalari
25.09.18

Mikrofirmalarning buxgalteriya hisobini yuritishi bekor qilinadi, kichik biznesning bir qismi oʻrta korxonalar toifasiga oʻtkaziladi

Prezidentning tegishli qarori loyihasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan. Hujjat QHTBT portalida joylashtirilgan

25.09.18

1.07.2019 yildan YHQ buzilishi qayd etilgan videoyozuvlar uchun EKIHning 5%i toʻlana boshlaydi

Vazirlar Mahkamasining 20.09.2018 yildagi «Yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 747-son qarori e’lon qilindi

25.09.18

Korxonaning lokal hujjatlari: toʻgʻri rasmiylashtiramiz

Tashkilotda lokal hujjatlar nega kerak? Nima uchun ularning ayrimlarisiz ish yuritib boʻlmaydi? Qaysi ichki hujjatlar kasaba uyushmasi bilan kelishiladi, ularni tasdiqlash tartibi qanday? Javoblarni sharhimizdan topasiz

25.09.18

Jahon bankining Biznes yuritishning qulayligi indeksida Oʻzbekiston oʻz pozitsiyasini yaxshilaydi

Bu Prezidentning 21.09.2018 yildagi “2019-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5544-son Farmonidan kelib chiqadi

24.09.18

25 sentyabrdan qayta moliyalash stavkasi – 16%

Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini 2 foiz bandga oshirdi

24.09.18

Yuridik shaxslarga gaz ballonli avtomobillarni yalpi xatlovdan oʻtkazish uchun taqdim etish majburiyati yuklandi

Hukumat gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalari, shuningdek, tabiiy gazda ishlaydigan markazlashtirilgan qozonxonalardan bexatar foydalanishga doir shoshilinch chora-tadbirlarni qabul qildi (VMning 19.09.2018 yildagi 745-son qarori)

24.09.18

Qimmatbaho metallar va mineral mahsulotlar eksporti ustunlik qiladi

Markaziy bank 2018 yilning I yarmi uchun Oʻzbekistonning toʻlov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi boʻyicha ma’lumotlarni e’lon qildi. Hisobot Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi talablariga muvofiq tuzilgan

24.09.18

Oliy Majlis Senati sessiyasi 27 sentyabrda chaqiriladi

Parlament Yuqori palatasi Kengashi 22.09.2018 yilda tegishli qaror qabul qildi. Bu Senat joriy chaqiruvining 16-yalpi majlisi boʻladi

21.09.18

Oʻquvchilarning dam olishi tashkil etiladi, toʻgaraklar rahbarlariga – 25% gacha ustama

Vazirlar Mahkamasining 17.09.2018 yildagi 736-son qarori bilan talaba va oʻquvchilarning oʻqishdan boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishini tashkil etish chora-tadbirlari tasdiqlandi

21.09.18

Yangi tajriba: poytaxt mahallalarida biznes-markazlar

Poytaxtning Olmazor tumanidagi mahallalarda “Tadbirkorlik markazlari” tashkil etiladi. Sharhimizda - faoliyatini endi boshlayotgan tadbirkorlarga ular qanday yordam koʻrsatishi haqida

21.09.18

Kameralar yordamida 7 xildagi qoidabuzarliklar qayd etiladi

Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Kompyuter markazi ma’lum qildi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.