Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Iqtisodiyot va moliya vazirligi MHMSni qoʻllaydigan tashkilotlar uchun hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqdi Kassa modelingiz davlat reyestridan chiqarilgan boʻlsa, uni qancha muddatda almashtirish kerak Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
13.06.18

Fermer, dehqon va tomorqa yer egalari uchun imtiyozli kreditlar

Vazirlar Mahkamasining 7.06.2018 yildagi 433-son qarori bilan Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari qabul qilindi

13.06.18

Avtopark buxgalter nigohida

Buxgalter korxona tomonidan foydalaniladigan avtomashinalarni hisobga olishda nimalarni bilishi kerak? «TRI-S-Audit» auditorlik kompaniyasi mutaxassisi Vera Tyurina javob beradi

13.06.18

Ramazon hayiti arafasida 226 nafar fuqaro afv etildi

Prezident 12.06.2018 yilda «Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida»gi Farmonni imzoladi

13.06.18

Ayrim davlat bojlari iyul oyidan bekor qilinadi, barcha chaqaloqlarga JShShIR beriladi

Prezidentning 12.06.2018 yildagi «Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori OʻzAda joylashtirilgan

13.06.18

Biznesni boshlash va rivojlantirish uchun imtiyozli kredit qanday olinadi

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (9.06.2018 yilda 3022-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan «Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

13.06.18 NHH loyihalari
13.06.18

Har bir mutaxassis oʻz malakasini tasdiqlay oladi

Prezidentning «Xodimlarni kasbga oʻqitish tizimini takomillashtirish va kasb malakasini baholash yagona tizimini yaratishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan

12.06.18

Nogiron xodimlari boʻlgan tashkilotlar uchun YaIT 4,7%gacha kamaytirildi

Prezidentning 11.06.2018 yildagi “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni ragʻbatlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi

12.06.18

Ish haqi – boshlangʻich ma’lumotdan amaliyotgacha

Ish haqini hisoblash va toʻlash chogʻida qanday qilib xatoga yoʻl qoʻymaslik mumkin? «Norma» professional rivojlanish markazi oʻqituvchisi Olga Shabanova javob beradi

12.06.18

Dala va suv ihota daraxtzorlari barpo etiladi

Vazirlar Mahkamasining 5.06.2018 yildagi «Sugʻoriladigan yerlarni shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi ob’yektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo etish va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 422-son qarori e’lon qilindi

12.06.18 NHH loyihalari
12.06.18

Yoʻl haqini toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimi taklif etilmoqda

QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Shahar yoʻlovchilar tashish transportida yoʻl haqini hisobga olish va toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi

12.06.18

Irina Grushena: «Yuzma-yuz attestatsiyada hayajon boʻlmadi»

«Buxgalterlar malakasini baholash Vir.uz tizimida attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtganimdan keyin oʻzimga boʻlgan ishonch yanada ortdi», - deb ta’kidlaydi «MTEGRA» MChJ buxgalteri Irina Grushena intervyusida

12.06.18

Oʻzbekiston tovarlarini eksport qilish uchun Rossiyada logistika markazi tashkil etiladi

Bu Vazirlar Mahkamasining 7.06.2018 yildagi «Investstroy» OAJ faoliyatini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 430-son qarorida nazarda tutilgan

12.06.18 NHH loyihalari
12.06.18

Metsenatlar qanday ragʻbatlantiriladi

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan «Metsenatlik faoliyati va madaniy homiylik toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi. Ayni vaqtda hujjat QHTBT portalida muhokama qilinmoqda

12.06.18

Metall chiqindilarini qabul qilish tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasining 6.06.2018 yildagi 425-son qarori bilan Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi

12.06.18 NHH loyihalari
12.06.18

Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimi takomillashtiriladi

QHTBT portalida Prezidentning «Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni loyihasi muhokama qilinmoqda. Hujjat Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan

12.06.18

Ramazon hayitining birinchi kuni – 15 iyun (juma)

Prezidentning 11.06.2018 yildagi “Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi

11.06.18

Soliq islohoti boʻyicha turli takliflarning koʻp jihatlari oʻxshash

OAVda e’lon qilingan soliq islohoti boʻyicha takliflarda nafaqat tafovutlar, balki umumiy yondashuvlar ham mavjud. «Soliq va bojxona xabarlari» gazetasining iqtisodiy sharhlovchisi J.Abdullayev tayyorlagan jadval shundan guvohlik bermoqda

11.06.18

Tatyana Kulik: «Kasbiy darajam attestat bilan tasdiqlandi»

Namangandagi «Namangan-Avtotexxizmat» MChJda ajoyib hodisaning guvohi boʻldik. Moddiy buxgalter Tatyana Kulikni Bir.uz attestatini olganligi bilan tabriklashayotgan edi. Shu munosabat bilan u muxbirimizning savollariga javob berdi

11.06.18

Norezidentlar hisobvaraqlariga koʻproq “naqd” oʻtkazilishi mumkin

Tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga tuzatishlar kiritildi

11.06.18

Valyutaviy svoplar boʻyicha bazaviy kurs erkin belgilanadi

Markaziy bank Boshqaruvining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi

08.06.18

Akkumulyator zavodi xorijliklarga sotiladi

Prezidentning 2018 yil 5 iyundagi PQ–3773-son «Jizzax akkumulyator zavodi» AJni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi

08.06.18

Tabiiy gaz yoʻqotishlari qanday hisoblanadi?

“Tabiiy gaz yetkazib berish, transportirovka qilish, taqsimlash va sotishdagi yoʻqotishlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma” Adliya vazirligida (roʻyxat raqami 3018, 2018 yil 1 iyun) roʻyxatdan oʻtkazildi

08.06.18

Harbiy xizmatchilar qoʻshimcha ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanadi

Vazirlar Mahkamasining 6.06.2018 yildagi 424-son “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi

08.06.18

Jismoniy shaxslar uchun ERI arzonlashdi

Bu Prezidentning 5.06.2018 yildagi Prezidentning ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblashga doir PF-5456-son Farmonida nazarda tutilgan

08.06.18

JShDS: savollar va javoblar

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblashda koʻpincha murakkabliklar yuzaga keladi. Ularni xatolarga yoʻl qoʻymasdan qanday hal etish mumkin?

08.06.18

Butun mamlakat boʻylab oilaviy biznes kengaytiriladi

Prezidentning 7.06.2018 yildagi qarori bilan «Har bir oila – tadbirkor» dasturini amalga oshirish nazarda tutilgan

08.06.18

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlash huquqi yangicha tasdiqlanadi

Vazirlar Mahkamasining 29.05.2018 yildagi «Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 399-son qarori e’lon qilindi

08.06.18

Ekin va oʻsimliklar kasalliklar va zararkunandalardan qanday himoya qilinadi

Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 yildagi 405-son qarori bilan Qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarning tarqalish maydonlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.