Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
23.10.23

Kam ta’minlangan oilalarga yordam koʻrsatish tartibi soddalashtirildi

Chora «Temir daftar»ga kiritilgan oilalar muammolarini tezkor hal etishga qaratilgan.

23.10.23

«Silk Avia» aviakompaniyasi «Uzbekistan Helicopters» MChJga oʻtkazilmoqda

«Uzbekistan Airports» AJ aviakompaniyaga 3 ta «ATR72-600» havo kemasini taqdim etadi.

20.10.23

Yolgʻiz keksa shaxslar «Inson» markazlarida tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi

2024 yil 1 yanvarga qadar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining murojaatlarini tezkor koʻrib chiqishga moʻljallangan «Ishonch telefoni» raqami ishga tushiriladi.

19.10.23

Davlat tibbiy yordamning qanday turlarini kafolatlaydi

Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan, tuman (shahar) darajasida ambulator va statsionar sharoitda koʻrsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyxati tasdiqlandi.

19.10.23

Pullik avtobanlar qurilishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek yoʻllarni ekspluatatsiya qilish ishlariga tajriba-sinov tariqasida xususiy sektor jalb etiladi

18.10.23

Muqobil energiya ishlab chiqarish boʻyicha loyiha davom ettiriladi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi «Sejin G&E Co. Ltd» kompaniyasiga poligonlar va ularda joylashgan bino va inshootlarni chiqindi gazidan muqobil elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun bepul foydalanishga oʻtkazib beradi.

18.10.23 NHH loyihalari
18.10.23

Sogʻliqni saqlash sohasida qonunchilikni tizimlashtirish va kodifikatsiyalash joriy qilinadi

Oʻzbekiston Respublikasining Aholi sogʻligʻini saqlash kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi

18.10.23

«Hunarmand» uyushmasiga a’zo boʻlish jarayoni osonlashtiriladi

Endilikda arizalarni qogʻoz shaklida taqdim etish talab etilmaydi.

18.10.23

Xususiy mulkdorlarning mulklari soddalashtirilgan tartibda sotiladi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan Mulklarni «E-auksion shop» elektron savdo doʻkoni orqali sotish va ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

18.10.23

Charm-poyabzal va moʻyna ishlab chiqaruvchilar qanday qoʻllab-quvvatlanadi

Mazkur tarmoqlar korxonalari tomonidan xorijda doʻkonlar tashkil etish uchun alohida qarorlarsiz yiliga 50 ming AQSh dollarigacha mablagʻni chet elga oʻtkazishga ruxsat beriladi.

16.10.23

Noqonuniy tekshiruvlar oldini olish uchun nima qilish kerak

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik fuqarolarning qonun oldida tengligi, insonparvarlik, odillik va ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi.

16.10.23

Farmatsevtika mahsulotlarini kafolatli xarid qilish shartnomalari 10 yilga tuziladi

Mahalliylashtiriladigan farmatsevtika mahsulotlarini kafolatli xarid qilishning yangi mexanizmi 2024 yil 1 yanvardan joriy etilmoqda.

16.10.23

Sanoatning bazaviy tarmoqlari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkazildi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mahalliy sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish, investitsiya, eksport, mahalliylashtirish va sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari uchun mas’ul hisoblanadi.

16.10.23

Metroda nimalar taqiqlangan

Metropolitenda yoʻlovchilar hamda boshqa shaxslarning boʻlish qoidalari tasdiqlandi

13.10.23

Bolalar bullingga uchraganda ularga himoya orderi berilishi rejalashtirilmoqda

«Bolalarni zoʻravonliklarning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi

12.10.23

Temir yoʻl transporti sohasini isloh qilish boshlandi

Uning asosiy vazifalaridan biri –xizmatlar bozorida raqobatni shakllantirish va jozibador investitsiya muhitini yaratish orqali tashish jarayonlariga xususiy investitsiyalarni jalb qilish.

12.10.23

Chegaraoldi yaylovlarda mollarni faqat kunduzi oʻtlatishga ruxsat beriladi

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi bunday yerlardan foydalanishi mumkin boʻlgan shaxslar roʻyxatini shakllantiradi.

10.10.23

Koʻchmas mulkni birlashtirish va boʻlish tartibi belgilandi

Arizani YaIDXP, davlat xizmatlari markazi yoki Kadastr agentligi veb-sayti orqali yoʻllash mumkin.

10.10.23

Ommaviy tadbirlar toifalari aniqlashtirildi

Alohida toifadagi ommaviy tadbirlar jumlasiga Yangi yil, Navroʻz bayrami, Mustaqillik kuni, Xotira va qadrlash kuni, Qurbon hayiti va boshqalar kiradi.

10.10.23

Sogʻliqni saqlash boshqarmalari deputatlar oldida hisobot beradi

Yangi qonun sogʻliqni saqlash organlari faoliyati haqida jamoatchilikni kengroq xabardor qilishga qaratilgan.

09.10.23 NHH loyihalari
09.10.23

Fuqarolarga qonunchilik tashabbusi berilishi mumkin

«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

09.10.23

NNT oʻz loyihalari uchun tashqi manbalardan mablagʻlarni qanday oladi

Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablagʻlari va mol-mulk olinishini kelishish hamda tashqi manbalardan moliyalashtiriladigan loyihalarni Oʻzbekiston hududida amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

09.10.23

Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti tashkil etildi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzurida tizim xodimlarining malakasini oshirish Markazi ham faoliyat koʻrsatadi.

06.10.23

«Yashil energiya» sertifikatlari: qoʻshimcha choralar

Sertifikatlarni tovar-xomashyo birjasi orqali realizatsiya qilish mumkin. Sertifikatlarni hisobga olish, savdosini tashkil qilish hamda nazorat qilish ishlari «Yashil» iqtisodiyot loyihalari markazi tomonidan amalga oshiriladi.

06.10.23

Mayning faoliyati uchun ruxsatnomalar berish tartibi belgilandi

Mayningni amalga oshirish natijasida olingan kripto-aktivlar kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziyaga ega boʻlgan kripto-birjalar orqali sotilishi mumkin.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.