Shaharlar «aqlli» boʻladi
«Aqlli shahar» texnologiyalarini joriy etish konsepsiyasi va 2019–2021 yillarda uni amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi
Mehnat huquqlari buzilishi holatlari yuzasidan onlayn-soʻrov oʻtkazilyapti
Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning yanvar-fevral oylarida respublika miqyosida fuqarolarning mehnat huquqlariga rioya etilishi yuzasidan onlayn tarzda soʻrov oʻtkazilmoqda
Daraxt va butalarni kesishga qachon ruxsat beriladi
Vazirlar Mahkamasining 17.01.2019 yildagi 43-son qarori bilan davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va kesish hamda daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
Butun «buxgalteriya» BUXGALTER.UZga oʻtadi
Yaqin orada norma.uz portali buxgalteriya kontentini buxgalter.uz ixtisoslashtirilgan resursiga oʻtkazib, uni e’lon qilishni toʻxtatadi
«Doing business»da Oʻzbekistonning oʻrnini yaxshilash – LBMAning vazifasi
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi oʻrnini yaxshilash uchun mas’ul vazirlik va idoralar roʻyxati tasdiqlandi (17.01.2019 yildagi PF–5635-son Farmonga 3-ilovaga qarang)
Bolalar bogʻchasi qanday pullik xizmatlarni koʻrsatishi mumkin
Maktabgacha ta’lim vazirining buyrugʻi bilan Davlat MTMlarida qoʻshimcha pullik ta’lim-tarbiya xizmatlari koʻrsatish faoliyatini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Kon-metallurgiya tarmogʻiga xalqaro standartlar joriy etiladi
Kon-metallurgiya tarmogʻi korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari kompleksi amalga oshirila boshladi
Ayrim turdagi sud ekspertizalarini xususiy tashkilotlar oʻtkazadi
Prezidentning 17.01.2019 yildagi «Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oshirildi
Vazirlar Mahkamasining 18.01.2019 yildagi 47-son qarori bilan Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasiga oʻzgartirishlar kiritildi
«Termiz» EIZ qayerda joylashtirildi
Vazirlar Mahkamasining 17.01.2019 yildagi 44-son qarori bilan «Termiz» EIZga kiruvchi hududlar chegaralari belgilandi va uning Direksiyasi ta’sis etildi
Xalq qabulxonalari xodimlari «xalq ichiga» kiradilar
Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tahlil qilinganda unda bir qator tizimli kamchiliklar mavjudligi aniqlandi, shu munosabat bilan muammolarni aniqlash va hal qilish boʻyicha yangi tizim joriy qilinmoqda. Bu Prezidentning 17.01.2019 yildagi PF–5633-son Farmonida nazarda tutilgan
Pullik operatsiyalar monitoringi: kim nima uchun javob beradi
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 179-3-moddasiga tuzatish kiritildi
QQS qayd etilgan chek qanday boʻlishi kerak
DSQ oʻzining mintaqaviy boʻlinmalariga 17.01.2019 yildagi 01-01128-son xatini yoʻlladi, unda «Uz-107» dasturiy ta’minot versiyasiga ega «Merkuriy» NKM chekida QQS aks ettirilishini dasturlash boʻyicha yoʻriqnoma keltirilgan
Nogironligi boʻlgan bolalarning onalariga ish staji boʻlmaganda – ijtimoiy nafaqa
Prezidentning 17.01.2019 yildagi Farmonida shu haqda soʻz borgan
OTMga qabul: yangi tizim joriy etilmoqda
Abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish jarayonini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar Prezidentning 17.01.2019 yildagi Farmoni va 2019 yil uchun Davlat dasturida nazarda tutilgan
2019 yilda mamlakatni rivojlantirishning ustuvor vazifalari belgilab olindi
2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi
Investorlarga – maxsus viza, soddalashtirilgan yashash guvohnomasi va Oʻzbekistonda boʻlishning alohida qoidalari
Prezidentning 2019 yil 17 yanvardagi Farmoni bilan respublikaga xorijiy investitsiyalarni jalb etish jarayonini faollashtirish boʻyicha butun kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilgan
Chiqindilarni olib chiqish tariflari oshiriladi
«Maxsustrans» davlat ishlab chiqarish boshqarmasi 2019 yil 1 fevraldan aholi, korxona va tashkilotlardan qattiq maishiy chiqindilarni va axlatlarni olib chiqish boʻyicha tariflar oshirilishini ma’lum qiladi
Konsullik ustavi yangi tahrirda qabul qilindi
17.01.2019 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida” OʻRQ-517-son Qonun e’lon qilindi
Oʻqib-oʻrganishdan toʻxtamang
Soliq solishning umumbelgilangan tizimida ishlash murakkab boʻlyaptimi? Rahbariyat tizimga ixtiyoriy ravishda oʻtishga qaror qilganu, siz esa ilgari faqat YaST bilan ishlagan boʻlsangiz kerak? «Norma» PRMda «Beshta soliq - qanday hisoblanadi, toʻlanadi, hisobot topshiriladi» oʻquv kursiga yozilib, zarur bilim va koʻnikmalarni egallashingiz mumkin
Davlat XMI va XHMT investitsiya loyihalari boʻyicha hujjatlarni ishlab chiqish uchun toʻlovni amalga oshiradi
Vazirlar Mahkamasining 16.01.2019 yildagi “Xalqaro moliya institutlari mablagʻlaridan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 40-son qarori qabul qilindi
Bankrotlik mezonlarini qayta koʻrib chiqish taklif qilinmoqda
QHTBT portalida bankrotlik tartib-taomilini qayta koʻrib chiqish va sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirishni nazarda tutuvchi Prezident qarorining loyihasi joylashtirilgan
LBMA faoliyat sohalari qayta koʻrib chiqildi
Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyati yanada takomillashtiriladi
Xizmatlaringiz haqida… kitob sahifalarida
Oʻquvchilar uchun eng foydali nashrlarni chiqarish «Norma» iqtisodiy-huquqiy nashriyotining ish uslubiga aylangan. U oʻz xizmatlari haqida axborot berishdan manfaatdor boʻlgan kompaniyalar bilan mazkur yoʻnalishda hamkorlik qilmoqchi
Kimlar diplomini nostrifikatsiya qilmaydi
2019 yil 1 martdan boshlab xorijiy davlatlarda berilgan ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentligini qayd etish)ning yangi tartibi joriy etiladi
Toshkentda davlat mulki ijarasi qimmatlashdi
Toshkent shahar hokimining 11.01.2019 yildagi 35-son qarori bilan Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2019 yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari tasdiqlandi
Ishlab chiqarish korxonasining YaST hisob-kitobi
Kichik korxonalar buxgalterlari 2019 yildan boshlab toʻlanadigan umumbelgilangan soliqlarni oʻzlashtirishga kirishdilar. Biroq 2018 yil uchun YaST boʻyicha hisobotni ham topshirish kerak. YaST boʻyicha hisob-kitobni amalga oshirishda ishlab chiqarish korxonasiga «Norma» MChJ eksperti maslahati yordam beradi
“Andijon-farm” EIZ tashkil etildi
Davlatimiz rahbari 14.01.2019 yildagi tegishli Farmonni imzoladi
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


