Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Iqtisodiyot va moliya vazirligi MHMSni qoʻllaydigan tashkilotlar uchun hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqdi Kassa modelingiz davlat reyestridan chiqarilgan boʻlsa, uni qancha muddatda almashtirish kerak Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
28.11.22

Rasmiy statistik ma’lumotlarni YaIDXP olish imkoniyati yaratildi

Jismoniy va yuridik shaxslar kerakli statistik ma’lumotlarni Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali 5 kun ichida olishlari mumkin.

25.11.22

Birjada narxlar keskin oshishining oldini oluvchi tizim joriy etilmoqda

Qoʻshimcha tarzda faqat birja savdolari orqali realizatsiya qilinadigan tovarlar roʻyxati belgilandi.

25.11.22

MK: Bola parvarishi boʻyicha nafaqa olish huquqi qaysi paytdan boshlanadi

Bu masala ikki me’yoriy hujjat – Mehnat kodeksi va Ishlaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilganligi uchun har oylik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan tartibga solingan. Ammo shunga qaramay, nafaqa avtonom ravishda yoki faqat xodima bola parvarishi boʻyicha ta’til rasmiylashtirayotganda tayinlanadimi, aniqlik yoʻq. Afsuski yangi MKda ham bu masalada oʻzgarish boʻlmadi.

25.11.22

1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi

Norma.uz portali 2022 yil 1 dekabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

25.11.22

Ish beruvchi ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlashi shart boʻlgan holatlar

Ishdan boʻshatish nafaqasi – xodimning ishdan mahrum boʻlishi oqibatlarini yumshatish maqsadida amalga oshiriladigan pulli toʻlov, yoʻqotilgan ish haqini oʻziga xos kompensatsiya qilishdir.

24.11.22

E-commerce nima va unda qanday ishtirok etiladi

Ushbu sohaga bagʻishlangan maqolalarni e’lon qilishni boshlaymiz. Muallif – Oʻzbekiston Elektron tijorat uyushmasi raisi, www.mato.uz asoschisi Muzaffar A’zamov

24.11.22

«Oʻzbekkosmos» agentligiga qoʻshimcha vazifalar yuklatildi

Ular sirasida – kosmik suratlarni qayta ishlash va tahlil qilish orqali iqtisodiyot sohalarida qonunbuzarlik holatlarini aniqlash, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan monitoring jarayonlarida kosmik texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha takliflarni tayyorlash.

23.11.22

Aviatsiya halokatlari boʻyicha tekshirishlar qanday olib boriladi

Aviatsiya hodisalari boʻyicha tekshirishlar oʻtkazilishi Transport vazirligi tomonidan tashkillashtiriladi.

23.11.22

Poytaxt ichimlik suvi ta’minotiga 218 mln yevrodan ziyod mablagʻ yoʻnaltiriladi

Ushbu mablagʻlarning 154,5 mln yevro miqdoridagi qismi Yevropa banklarining krediti hisobidan, 64,3 mln yevro Oʻzbekiston tomonidan ajratiladi

23.11.22

Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tartibi belgilandi

Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Bosh vazir raisligidagi mazkur komissiya 20 dan ortiq vazirlik va idoralar rahbarlaridan iborat.

21.11.22

Qurilish sohasiga jamoatchilik nazorati joriy etiladi

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar doirasida qurilish toʻgʻrisidagi ma’lumot “Shaffof qurilish” axborot tizimida e’lon qilinadi.

21.11.22

Boʻstonliq tumanida xalqaro bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi barpo etiladi

Shuningdek 65 ta bolalar oromgohi kasaba uyushmalari Federatsiyasi balansiga oʻtkaziladi.

21.11.22

Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq qanday ta’minlanadi

Genderga oid auditning huquqiy asoslari, mahkumlarning huquqlari Oliy Majlis Senatining oʻttiz beshinchi yalpi majlisida muhokama qilindi.

21.11.22

Ayrim tovarlar uchun bojxona boji nol stavkasining amal qilishi uzaytirildi

Shuningdek, olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi belgilanadigan tovarlar roʻyxatiga bugʻdoy uni va bugʻdoy-javdar uni qoʻshildi.

18.11.22

Biznes-ombudsman tadbirkordan noqonuniy undirilgan mablagʻlarni qaytarishga yordam berdi

Samarqand viloyatida faoliyat yurituvchi “Orzu” MChJ (nomi oʻzgartirilgan) soliq boshqarmasi mansabdor shaxslaridan norozi boʻlib Biznes-ombudsmanga murojaat qilgan.

18.11.22 NHH loyihalari
18.11.22

Geodeziya sohasida xavf-tahlil tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda

Yuqori va oʻrtacha xavf bartaraf qilinmagan vaziyatlarda huquqbuzarlikni oldini olish uchun tekshiruv oʻtkazilishi mumkin.

18.11.22

Homilador ayol bilan qachon va qanday shartlarda mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin

Koʻpgina ish beruvchilar masala homilador ayolni ishdan boʻshatishga daxl qilganda bu mehnat nizosiga va tashkilot uchun salbiy oqibatlarga olib kelishidan qoʻrqishadi. Binobarin, yangi MK bu masalada ayollar huquqlarini ancha himoya qilgan.

17.11.22

Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni kimlar olib kirishi mumkin

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni olib kirishi mumkin boʻlgan sub’yektlar roʻyxati tasdiqlandi.

17.11.22

Kibersportni keng ommalashtirish dasturi qabul qilindi

Dastur kibersport ligasini tashkil qilish, jahon bozorida raqobat qila oladigan kibersport oʻyinlarini ishlab chiqish va tijoratlashtirish va hokazoni nazarda tutadi.

17.11.22

Senatning XXXV yalpi majlisi 18 noyabr kuni boʻlib oʻtadi

Majlisda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash, mahkumlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga va boshqalarga qaratilgan qonunlar muhokama qilinadi.

16.11.22

Onkogematologik kasalliklarni davolash tizimi takomillashtiriladi

Sogʻliqni saqlash vazirligi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda ommaviy skrining usulida onkogematologik, onkologik va qon tizimi kasalliklarini erta aniqlash boʻyicha maqsadli tekshiruvlar oʻtkazish tartibini ishlab chiqadi.

16.11.22

«Bojxona-servis» davlat muassasasining vazifalari belgilandi

Ushbu muassasa va uning hududiy boʻlimlari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 245 nafarni tashkil etadi.

15.11.22

2024 yilga qadar buxgalteriya hisobida nimalar oʻzgaradi

Moliya vazirligi “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahririni tayyorlamoqda. Maqsad – buxgalteriya hisobi tizimini amaldagi SK bilan kelishish, qonunda MHXSning joriy etilishini hisobga olish va buxgalterlarning kasb malakasini oshirishga koʻmaklashish hisoblanadi.

14.11.22 NHH loyihalari
14.11.22

Har bir viloyatda bittadan yirik MIZ tashkil etish rejalashtirilmoqda

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.

14.11.22

Yangi Mehnat kodeksi: ta’tillar (3-qism)

2023 yil 30 apreldan boshlab ta’tillarni taqdim qilishning koʻpgina odatiy shartlari oʻzgaradi. Hatto ta’tilning yangi turi – ish haqi qisman saqlanib qoladigan ta’til paydo boʻladi.

14.11.22 NHH loyihalari
14.11.22

Qimorni reklama qilganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilmoqda

Bunday qilmish uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni oʻrnatish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini tashabbuskori Adliya vazirligi hisoblanadi.

11.11.22

Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti soddalashtirildi

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga doir qator talablar bekor qilindi.

11.11.22

Ayrim statistik hisobot turlari bekor qilinadi

Davlat statistika qoʻmitasi statistik ma’lumotlarni statistika dasturlariga muvofiq tegishli vazirlik va idoralarning ma’muriy ma’lumotlari asosida shakllantiradi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ta’­lim va ilm-fan va­zir­li­gi tash­kil etil­di

Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

«Elektr xav­fsiz­li­gi oy­li­gi»: maqsad va va­zi­fa­lar

Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.