Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Iqtisodiyot va moliya vazirligi MHMSni qoʻllaydigan tashkilotlar uchun hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqdi Kassa modelingiz davlat reyestridan chiqarilgan boʻlsa, uni qancha muddatda almashtirish kerak Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
28.01.22

Bir yilda 6,8 milliondan ortiq iste’molchilarning huquqlari buzilgan

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining ma’lumotlariga koʻra, 26 249 nafar jismoniy shaxsga (2020 yilda – 21 ming murojaat) iste’molchilar bilan bogʻliq masalalarni hal etishda yordam koʻrsatilib, 84% holatda ijobiy natijaga erishildi.

27.01.22

Oʻzbekistonda aviaspottingga ruxsat berildi

Joriy yilning may oyidan boshlab mahalliy va xorijlik havaskorlar hamda professional aviaspotterlar uchun musobaqalar oʻtkaziladi.

27.01.22

Endokrinologiya xizmatining yangi vazifalari belgilandi

Ular orasida - sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻinida endokrin kasalliklar profilaktikasi, ularni barvaqt aniqlash va boshqarish dasturlarini amaliyotga joriy etish, onlayn registr tizimini joriy etish orqali har bir bemor holatining monitoringini yuritish.

27.01.22

Yoshlar ishlari agentligiga yangi vakolatlar berildi

Agentlik huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimiga kiritildi va uning shu sohadagi vakolatlari belgilandi.

27.01.22

Senatning XXIII yalpi majlisi 3 fevral kuni boʻlib oʻtadi

Senat kengashining majlisida Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisini 2022 yil 3 fevral kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Navbatdagi majlisda 8 ta qonunning koʻrib chiqilishi nazarda tutilgan.

26.01.22

Orolboʻyida ekologik innovatsiyalar joriy qilinadi

Mintaqada “drayver” klasterlar tashkil etiladi, ekotizimlarni boshqarishning samarali usullari, ayniqsa, tabiiy resurslarni tejovchi samarali yangi texnologiyalar joriy qilinadi.

26.01.22

Mahsulotlar ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish dasturi qabul qilindi

Dastur yoʻnalishlari orasida - yirik investitsiya loyihalari boʻyicha xalqaro tenderlarda mahalliy mahsulot va xizmatlar ishlab chiqaruvchilarning qatnashishini ta’minlash.

26.01.22

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga subsidiyalar ajratiladi

Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan 20 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻlar Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamgʻarmasiga oʻtkazib beriladi.

26.01.22

Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etiladi

U Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar, paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda undiriladigan yigʻimlar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari hisobidan shakllantiriladi.

25.01.22

Oʻzbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi

U mamlakatimizning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaxshilash, qishloq va mahallalarni yanada obod qilish, qulay tadbirkorlik va investitsiya muhitini shakllantirishga yoʻnaltirilgan.

24.01.22

Davlat kadastrlari palatasining funksiyalari kengaytirildi

Shuningdek, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

24.01.22

Tadbirkorlik infratuzilmasi qanday rivojlantiriladi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻapmalapi tashkil etilmoqda.

24.01.22

Farmatsevtika tarmogʻiga imtiyozlar berildi

Mahalliylashtiriladigan farmatsevtika mahsulotlarini kafolatli xarid qilish mexanizmi joriy etiladi.

24.01.22

“Zakovat” oʻyini gʻoliblari OTMga imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchi yoshlar va talabalar uchun yil davomida har oyda beriladigan "Zakovat" stipendiyasi ta’sis etiladi.

22.01.22

Xorijiy tillarni oʻrganishga - 15 mlrd soʻm

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining byudjetdan tashqari jamgʻarmasiga bir martalik moliyaviy koʻmak Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiriladi.

22.01.22

«Ulugʻbek» jamgʻarmasi iste’dodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashni kengaytiradi

Iste’dodli yigit-qizlar jamgʻarma tomonidan tashkil etiladigan kurslarda bepul tahsil oladi. Shuningdek, «Iste’dodli yoshlar axborotnomasi» ilmiy-amaliy elektron jurnali hamda «Mirzo Ulugʻbek vorislari» elektron portali tashkil etiladi.

21.01.22

“Buxoro agro” EIZdagi issiqxonalarga imtiyozlar berildi

Ularga kreditlar boʻyicha muddatlar uzaytiriladi, foiz xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi, tabiiy gaz uchun mavjud qarzdorlikni uzaytirish imkoniyati taqdim etiladi.

21.01.22

Orol dengizining suvi qurigan tubida oʻrmonzorlar barpo etiladi

Amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha monitoring yuritish majburiyati Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasiga yuklatildi. Tuproq tarkibini inobatga olib choʻl va shoʻr tuproqqa moslashgan oʻsimlik turlari ekiladi.

21.01.22

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuchaytirildi

Sotuvchiga haq toʻlash shakliga qarab tovarning ayni bir markasi (modeli, artikuli), shuningdek bir xil hajmdagi va sifatdagi ishlar, xizmatlar uchun har xil narxlar belgilash taqiqlanadi.

21.01.22

MB asosiy stavkani oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi

Joriy yil uchun inflyatsiyaning prognoz koʻrsatkichlariga erishish maqsadida Markaziy bankning asosiy stavkasi yillik 14% darajasida oʻzgarishsiz qoldirildi.

20.01.22

Xalq ta’limi xodimlari malaka oshirish kurslarida qatnashadi

Kurslar maqsadi - kasbiy va pedagogik mahorati doimiy ravishda oʻsib borishini, ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari, shuningdek, oʻqitishning interaktiv usullari boʻyicha kasbiy bilimlarni oshirishni ta’minlash.

20.01.22

Davlat xizmatlari markazlariga yangi funksiya qoʻshildi

Endilikda ular yoʻqolgan ashyolarni qabul qilish, saqlash, egalariga qaytarish yoki ularni tegishli davlat tashkilotlariga topshirish bilan shugʻullanadilar.

20.01.22

Yetim bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish “Mehr daftari” tizimi orqali amalga oshiriladi

Bu tizim yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash imkonini beradi.

20.01.22

Har bir mahallada yoshlar yetakchisi boʻladi

Uning vazifalari orasida - yoshlar toʻgʻrisidagi zarur ma’lumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish, ijtimoiy faolligini oshirish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish.

19.01.22

Limonzorlar barpo etish uchun subsidiya ajratiladi

Shuningdek, limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya qurilmalari qiymatining bir qismi qoplab beriladi.

19.01.22

Fond birjasi: yangi qoidalar

Kapital bozorini qoʻllab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

18.01.22

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda monitoring qanday amalga oshiriladi

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda monitoring ishlarini amalga oshirish, yerlarni muhofaza qilish va yer tuzish faoliyatini tartibga soluvchi qator NHHlar tasdiqlandi.

17.01.22

Turizm sohasi davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi

Turizm faoliyati sub’yektlari va aviatashuvchilarning xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekistonga charter reyslarini tashkil qilish boʻyicha xarajatlarining bir qismi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanishini nazarda tutuvchi tartib tasdiqlandi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ta’­lim va ilm-fan va­zir­li­gi tash­kil etil­di

Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

«Elektr xav­fsiz­li­gi oy­li­gi»: maqsad va va­zi­fa­lar

Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.