Dzyudo ommaviy sport turlaridan biriga aylanadi
Respublikada kattalar oʻrtasida "Katta dubulgʻa" xalqaro turniri, oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida xalqaro turnir, "Xalq ta’limi vaziri kubogi", Qurolli Kuchlar tizimida "Mudofaa vaziri kubogi" va boshqalar oʻtkaziladi.
Prezident Konstitutsiyaga bir qator oʻzgartirishlar kiritishni taklif qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashdi.
Tadbirkorlik sub’yektlarini moddiy koʻmagini Davlat jamgʻarmasi ta’minlaydi
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi eksport qiluvchi tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash orqali eksport hajmini oshirishga ham koʻmaklashadi.
Xalq ta’limi sohasidagi ayrim xizmatlar elektron formatga oʻtkazildi
Ular orasida bolalarni davlat ta’lim muassasalariga qabul qilish, eksternal ta’lim tartibida imtihon topshirish uchun arizalar qabul qilish va boshqalar bor.
Nikoh va tugʻilganlikni qayd etishni soddalashtirish rejalashtirilmoqda
Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yillik ish stajiga ega boʻlgan ayollar tavsiyanoma bilan oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga qabul qilinadi
Tavsiyanoma olish uchun oʻrta maxsus yoki professional ta’limga ega boʻlish va ilgari universitetda ta’lim olmagan boʻlish kerak.
Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi» tashkil etildi
U yagona elektr energetika tizimiga ulangan tashkilotlarning markazlashtirilgan tarzda uzluksiz tezkor-dispetcherlik boshqaruvini amalga oshiradi.
Fuqarolar davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini baholay oladilar
Moliyalashtirish davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir sifatida e’tirof etilgan vazirlik va idoralar hamda ular tizimidagi nazorat ob’yektlari tekshirilishi mumkin emas.
Davlat organlari va tashkilotlari uchun ochiqlik indeksi joriy etilmoqda
U davlat organlari ochiqlikni ta’minlashga mas’ul boʻlgan xodimlar faoliyatining samaradorligi, rasmiy veb-saytlarda axborotlarni joylashtirish va elektron davlat xizmatlari koʻrsatish bilan baholanadi.
Oʻzbekistonni rivojlantirish uchun $400 mln ajratiladi
Jahon banki ishtirokida byudjetni moliyalashtirish boʻyicha loyihani amalga oshirish parametrlari tasdiqlandi.
Respublika tez tibbiy yordam markazi tashkil etiladi
Prezident qarori bilan aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish tizimi isloh qilindi.
Parrandachilikni rivojlantirishga imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratiladi
Parrandachilik xoʻjaliklari va parranda omuxta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlariga Markaziy bank asosiy stavkasida 3 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatgacha revolver kreditlar ajratiladi.
“Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi
Davlat organlari - Milliy gvardiyaning, Prezident davlat xavfsizlik xizmatining, Mudofaa vazirligining, IIVning, DXXning, FVVning, DBQning hamda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi harbiy tuzilmalarning qoʻriqlash boʻlinmalari, idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari qoʻriqlash faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
OTMga qancha abituriyentlar oʻqishga kiradi
2022/2023 oʻquv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.
Davlat OTMga oʻqishga qabul qilish qanday tashkil qilinadi
Prezidentning qarori bilan magistraturaga qabulning yangi tartibi, toʻlov-kontrakt miqdori belgilandi, abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi, OTMning biridan boshqasiga talabalar oʻqishini koʻchirish tartibi oʻzgartirildi.
Mahalliy NNTning xalqaro grant loyihalari qanday amalga oshiriladi
Mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlarining xalqaro grant loyihalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvi organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Uzumchilikni rivojlantirishga – qoʻshimcha subsidiyalar
Mablagʻlar «xuraki» va «kishmish» navlarini yetishtirish uchun tokzorlarni hamda sanoatbop tokzorlarni barpo etgan sub’yektlarga Bogʻdorchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi va Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan ajratiladi.
Sanoat zonalari ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi soddalashtirildi
Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Davlat mulkini boshqarish sohasida ma’lumotlarni oshkor qilish talablari oʻrnatildi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma yettinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.
Investitsiya loyihalari infratuzilmasi xarajatlari qoplab beriladi
Xorijiy va mahalliy investorlarning qiymati 200 milliard soʻmdan oshadigan investitsiya loyihalari tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanadi.
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan strategiyaning yoʻnalishlari kengaytirildi
Ulardan biri - fermer xoʻjaliklariga paxta, gʻalla va boshqa mahsulotlarni yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish uchun “Agroplatforma” axborot tizimi ishga tushiriladi.
Qurol toʻgʻrisidagi qonunchilikda nimalar oʻzgardi
Xususan, fuqaroviy ov qurolini va uning oʻq-dorilarini olish huquqiga ega boʻlish yoshi oshirildi.
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish qoidalarini buzish uchun – ma’muriy javobgarlik
Koʻp qavatli uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish munosabati bilan bir qator qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Paxtakor va gʻallakorlarga uskuna sotib olish xarajatlarining bir qismi qoplanadi
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish va muqobil energiyadan foydalanish boʻyicha xarajatlarining bir qismini qoplashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Degradatsiyaga uchragan yerlar qanday qayta tiklanadi
Qishloq xoʻjaligi vazirligiga bir qator qoʻshimcha vazifalar yuklatildi. Ular orasida - yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish boʻyicha davlat dasturlari va istiqbolga moʻljallangan strategiyalarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishda ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish.
“Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirdi
Hujjatda pochta aloqasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi - universal pochta xizmatlaridan foydalana olishni va ularning sifatini ta’minlash, pochta aloqasini xalqaro normalar va standartlarga muvofiq rivojlantirish, sohaga DXShni joriy etish.
Davlat kam ta’minlangan yoshlarni qoʻllab-quvvatlaydi
Bir martalik moddiy yordam ajratiladi, tadbirkorlikka va kasb-hunarga oʻqitish xarajatlari qoplanadi, garovsiz kredit beriladi.
Yangi «Reklama toʻgʻrisida»gi Qonunda qanday cheklovlar belgilangan
Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda axborot mahsulotini yosh tasnifini koʻrsatmasdan reklama qilish, milliy va oilaviy an’analarga, axloq va ma’naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid boʻlgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish taqiqlanadi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


