Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yetkazib beruvchi oldida qarz yoʻq, lekin inkasso qoʻyildi: kompaniya undiruvni toʻxtatishga qanday muvaffaq boʻldi Bojxona QQSini mamlakat ichkarisida ortiqcha toʻlov hisobiga kim kamaytira oladi Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
24.01.24

Yoshlar ishlari agentligi Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga oʻtkazildi

Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

24.01.24

Qanday qilib kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash dasturi a’zosi boʻlish mumkin

Dastur ishtirokchilarini kichik biznesga koʻmaklashish markazlari tanlaydi.

23.01.24

Noruda materiallarni qazib olish ustidan nazorat kuchaytirildi

Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari oʻzanlaridagi qum-shagʻal materiallarini qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etilmoqda.

23.01.24

Kripto aktivlarini noqonuniy sotib olish uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi

Shuningdek, jabrlanuvchini sharmanda qiladigan ma’lumotlarni tarqatish tahdidi bilan mulk talab qilish uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.

22.01.24

«Yoʻl harakati toʻgʻrisida» Qonun qabul qilindi

Unda transport egalarining yoʻl harakati xavfsizligini ta’minlash majburiyatlari belgilandi.

22.01.24

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ijara huquqini sotish mumkin

Ochiq elektron tanlov oʻrniga elektron onlayn auksion savdolari joriy etilmoqda.

22.01.24

Oʻzbekiston mamlakatga sayyohlar oqimini qanday oshiradi

Turizm sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 200 mln AQSh dollari ekvivalentida turizm uchun kredit liniyasi ochiladi.

22.01.24

Toʻsiqsiz turizmni rivojlantirish vazifalari belgilandi

Ular orasida – turistik industriya ob’yektlari, madaniyat tashkilotlari va madaniy meros ob’yektlari, shu jumladan muzey, teatr va joylashtirish vositalarida nogironligi boʻlgan shaxslarning bemalol harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish nazarda tutilgan.

18.01.24

Biznes-ombudsman soliq organlari qoʻllagan jarimani kamaytirishga yordam berdi

Qarshi shahrida tadbirkor soliq organi qarori ustidan shikoyat bilan Tadbirkor virtual ofisiga murojaat qildi.

18.01.24

Sanoat namunasiga patent berish qoidalari belgilandi

«Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida»gi qonunga muvofiq sanoat namunasi deb e’lon qilingan ob’yektga, agar u yangi va original boʻlsa, huquqiy muhofaza taqdim qilinadi.

18.01.24

Kriminologiya instituti tashkil etildi

Uning faoliyati jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurash sohasini ilmiy tadqiq qilish faoliyati darajasini oshirishga yoʻnaltiriladi.

18.01.24

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatgan va ulardan foydalanayotgan shaxslar uchun qanday imtiyozlar bor

Shuningdek, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan jismoniy shaxslar xarid qilganda QQS qaytariladigan tovarlar roʻyxati kengaytirildi.

17.01.24

Har yili 50 tagacha oʻquv-uslubiy filmlar chiqariladi

Ularning mazmuni oʻquvchi va talabalar oʻzlashtirishi qiyin boʻlgan fanlar, mavzular (formulalar, teoremalar, qonunlar) asosida shakllantiriladi.

17.01.24

Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash talablari bekor qilinmoqda

Shuningdek, «Biznesga litsenziyasiz kirish» maxsus rejimi joriy etilmoqda.

17.01.24

Umumta’lim fanlaridan test sinovlarini oʻtkazish tartibi belgilandi

Umumta’lim fanlaridan test sinovlarini oʻtkazish tartibi belgilandi

17.01.24

2024 yil uchun statistika dasturi qabul qilindi

Dastur bilan axborot tizimlaridan foydalangan holda dolzarb va tezkor ma’lumotlarni olish tizimini takomillashtirish, qogʻoz shaklidagi ma’lumotlardan voz kechish hamda uni taqdim etish va qabul qilishda inson omilini kamaytirish rejalashtirilmoqda.

16.01.24

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining vazifalari belgilandi

Vazifalar orasida – davlat aktivlarini ochiq va shaffof xususiylashtirish orqali ularning iqtisodiyotdagi ulushini qisqartirib borish, xususiylashtirish tartib-taomillarini soddalashtirish nazarda tutilgan.

16.01.24

Elektrotexnika sanoatining investitsiya loyihalariga imtiyozli kreditlar taqdim qilinadi

Prezident yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va ushbu sohada ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini ishga tushirishning yigʻma parametrlarini tasdiqladi.

16.01.24

«Yashil energiya» sohasi qanday tartibga solinadi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ularning asbob-uskunalari, xom ashyo, butlovchi va ehtiyot qismlarini import qilishda bojxona toʻlovlarini 120 kun muddatga toʻlashni foizlar undirilmagan holda kechiktirib toʻlashga yoʻl qoʻyiladi.

15.01.24

Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasining vazifalari belgilandi

Ular orasida – yuqori qoʻshilgan qiymatli va yangi yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan va eksportbop investitsiya loyihalarini sanoat ipotekasi tizimi orqali moliyalashtirish vazifalari bor.

15.01.24

Farmatsevtika korxonalariga 100 mln AQSh dollari ajratiladi

«Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida «Biotexnologiya klasteri» tashkil etilmoqda.

15.01.24

Norma tizimlaridan foydalanuvchilar uchun 2024 yilda bonus dasturi

Koʻp yillik an’anaga koʻra Norma kompaniyasi onlayn va oʻrnatiladigan dasturiy mahsulotlar foydalanuvchilariga (bundan buyon – tizimlar) turli xil bonuslarni taqdim etadi.

12.01.24

Begona shaxslarni uydan roʻyxatdan chiqarish uchun ularning roziligi talab etilmaydi

Mazkur chora mulk huquqining daxlsizligini himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan

12.01.24

Talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti qanday tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasi Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqladi.

10.01.24

Aholi alohida chiqindi yigʻish uchun maxsus paketlar bilan ta’minlanadi

Shuningdek, chiqindini olib chiqishda qarzi boʻlgan abonent elektr energiyasi uchun haq toʻlay olmaydi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ta’­lim va ilm-fan va­zir­li­gi tash­kil etil­di

Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

«Elektr xav­fsiz­li­gi oy­li­gi»: maqsad va va­zi­fa­lar

Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.