Mehnat qonunchiligini oʻrganamiz
Davlat mehnat huquq inspeksiyasining inspektori qachon kelishi mumkin? Tekshiruv natijalariga koʻra javobgarlikdan qutulish uchun nimalarni bilish kerak? Mehnat huquqi sohasidagi ekspert Abdusalom Risqullayev tushuntiradi
Banklararo elektron operatsiyalar qanday oʻtkaziladi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (12.05.2018 yilda 3010-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan banklararo pul bozorida elektron savdo platformasi orqali operatsiyalarni amalga oshirishning yangi tartibi tasdiqlandi
Ijtimoiy tarmoqlar huquqiy targʻibot uchun maydonchaga aylanadi
Adliya vazirining buyrugʻi (12.05.2018 yilda 3011-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish hamda ularning mohiyati va ahamiyatini aholi oʻrtasida tushuntirish boʻyicha namunaviy «Yoʻl xaritasi» tasdiqlandi
Soliq islohoti: jiddiy yondashuv talab etiladi
Oʻzekspomarkazda Soliq tizimini isloh qilish konsepsiyasi taqdimoti oʻtkazilganiga deyarli 2 oy boʻldi (29.03.2018 y.). Internetda tarafdor va qarshilarning minglab sharhlari joylashtirilgan. Ekspert islohot xatar-tavakkalchiliklariga baho berdi
ERI 40 daqiqada rasmiylashtiriladi, ayrim fuqarolarga bepul beriladi
Vazirlar Mahkamasining 10.05.2018 yildagi 348-son qarori bilan Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron raqamli imzo kalitini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi
Qurilish tashkilotidagi buxgalterning ishlash xususiyatlari
Qurilish sohasidagi buxgalteriya hisobi va soliq solish – buxgalterlar uchun bosh ogʻrigʻi. Qiyinchiliklarni qanday yengish mumkin? «ViGoRus» konsalting kompaniyasi direktori Svetlana Golosova javob beradi
Mehnat shartnomasini tuzishda 5 ta xato
Nima uchun mehnat shartnomasini toʻgʻri toʻldirish, xodim lavozimining nomi va uning funksional vazifalarini iloji boricha aniq belgilash uchun «ish joyi» va «ish oʻrni» tushunchalarini chalkashtirmaslik muhim? Ushbu sharhda ish beruvchi mehnat shartnomasini rasmiylashtirishda koʻp yoʻl qoʻyadigan qoidabuzarliklar haqida soʻz yuritamiz
1 avgustdan boshlab ayollar uchun “bevosita muloqot” ishga tushiriladi
Vazirlar Mahkamasining 10.05.2018 yildagi 352-son “Qizlar va fertil yoshidagi ayollarga koʻrsatiladigan akusher-ginekologik va tibbiy yordam xizmatlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi
Nogironligi boʻlgan shaxs boshqarishga ruxsatnomani qanday olishi mumkin
Sogʻliqni saqlash vazirligi va IIVning qarori (12.05.2018 yilda 2472-1-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan nogironligi boʻlgan shaxslarni maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan va avtomat uzatgichli yengil transport vositalarini boshqarish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi belgilangan
Gubkin nomidagi neft va gaz RDUning Toshkentdagi filialiga qabul kvotasi e’lon qilindi
Vazirlar Mahkamasining 11.05.2018 yildagi «2018/2019 oʻquv yilida I.M. Gubkin nomidagi neft va gaz Rossiya davlat universitetining (MTU) Toshkent shahridagi filialiga qabul qilish toʻgʻrisida»gi 354-son qarori e’lon qilindi
Hashar qanday oʻtkaziladi
Vazirlar Mahkamasining 10.05.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 349-son qarori e’lon qilindi
Ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan YaST 5%gacha pasaytiriladi
Prezidentning 14.05.2018 yildagi qarori bilan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimi joriy etiladi va ularni moddiy ragʻbatlantirish kuchaytiriladi
Insofsiz yetkazib beruvchilar 3 yilga elektron davlat xaridlarida ishtirok etish huquqidan mahrum etiladi
14 may kuni Davlat xaridlari yagona axborot portali taqdimot marosimini oʻtkazdi
«Yosh kitobxon» tanlovi gʻoliblariga avtomobillar beriladi
Prezidentning 12.05.2018 yildagi «Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng oʻrganish va targʻib qilish maqsadida yoshlar oʻrtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Elektron tijoratga – «yashil chiroq»
Prezidentning 14.05.2015 yildagi «Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Abonentlar operatorni alishtirganda mobil raqamlarini saqlab qola oladilar
Prezidentning 14.05.2015 yildagi «Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida ana shunday chora nazarda tutilgan
Elektron jinoyat ishlari sinov tariqasida Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida amalga kiritiladi
Prezidentning «Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Haydovchilik guvohnomasini qayerda almashtirish mumkin
Eski haydovchilik guvohnomalarini Davlat xizmatlari markazlarida yangi namunadagi hujjatlarga almashtirish mumkin, deya xabar beradi Toshkent IIBB YHXB
Pasport olish uchun elektron navbat
Davlat personallashtirish markazi saytining yangi versiyasi ishga tushirildi. Sayt orqali biometrik pasport va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning harakatlanish hujjatini olish uchun elektron navbatga turish mumkin
10 ta yirik davlat kompaniyasi transformatsiya qilinadi
Prezidentning 12.05.2018 yildagi “Davlat aktivlarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi
Allergologik yordam koʻrsatish takomillashtiriladi
Prezidentning 11.05.2018 yildagi «Allergik kasalliklarni profilaktika qilish, ularga tashxis qoʻyish va davolashni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Olmaliqda Moskva poʻlat va qotishmalar institutining filiali ochiladi
Prezidentning 11.05.2018 yildagi «Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi «Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori chiqarildi
Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari tasdiqlandi
Prezidentning 8.05.2018 yildagi PQ–3702, PQ–3703, PQ–3704-son qarorlari bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent davlat agrar universitetiga qabul kvotalari tasdiqlandi, shuningdek Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tashkil etildi
Hunarmandlar mahsulotlarni soddalashtirilgan tartibda olib chiqishlari va yukni 25% chegirma bilan olib oʻtishlari mumkin
Xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan koʻrgazma, tanlov va yarmarkalarda namoyish etish uchun hunarmandchilik mahsulotlari olib chiqilishining soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi nizom (2.05.2018 yilda 3004-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) e’lon qilindi
Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligini tashkil etish tashabbusiga qoʻl urildi
Moliya vazirligi Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasi sugʻurta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirilishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasini e’lon qildi
Advokatlarga – har bir mutaxassislik boʻyicha alohida litsenziyalar, hakamlik sudyasi boʻlish huquqi, sudlardagi mobil va boshqa vositalar
Prezidentning 12.05.2018 yildagi «Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi
Ramazon oyi 17 maydan boshlanadi
Prezidentning 11.05.2018 yildagi “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi
Avtoni notarial rasmiylashtirishsiz 30 kungacha ijaraga berishga ruxsat berilishi mumkin
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qator qonun loyihalari birinchi va ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.



