Biznes-ombudsman tadbirkorlar himoyasida
Prezidentning 5.05.2017 yildagi farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili instituti ta’sis etildi
IIO tomonidan fuqarolar va tashkilotlarning transportidan foydalanganlik natijasida yetkazilgan zarar qanday qoplanadi?
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 apreldagi 235-son Qarori bilan Ichki ishlar organlari tomonidan tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanganlik natijasida qilingan xarajatlar yoki yetkazilgan zarar, shuningdek transport vositasining egasiga yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Xizmatda boʻlmasangiz – mol-mulkni xatarga qoʻymang
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 apreldagi 234-son Qarori bilan Ichki ishlar organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Davlat sabzavot va mevalar uchun kamida 40% oldindan toʻlovni amalga oshiradi
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining qarori (roʻyxat raqami 2877, 2017 yil 24 aprel) bilan Davlat buyurtmasi boʻyicha xarid qilinadigan meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining xarajatlarini boʻnaklash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Qishloq xoʻjaligi texnikasiga servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining qarori (roʻyxat raqami 2876, 2017 yil 24 aprel) bilan Qishloq xoʻjaligi texnikasiga servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Xorijiy valyutadagi eng foydali omonatlar. May 2017
Jismoniy shaxslar uchun bank omonatlarining foiz stavkalari mavzusini davom ettirar ekanmiz, Oʻzbekiston banklari tomonidan 2017 yilning may oyida taqdim etilayotgan eng foydali omonatlar solishtirma jadvalini taqdim etamiz
Oʻzbekistonda 7 ta yangi erkin iqtisodiy zona tashkil etildi
Prezidentning 3.05.2017 yildagi Farmoniga koʻra «Nukus-farm» EIZ, «Zomin-farm» EIZ, «Kosonsoy-farm» EIZ, «Sirdaryo-farm» EIZ, «Boysun-farm» EIZ, «Boʻstonlik-farm» EIZ, «Parkent-farm» EIZ tashkil etilmoqda
Mehnat vazirligi mehnat sharoitlarini ekspertizadan oʻtkazadi
Vazirlar Mahkamasiing 27.04.2017 yildagi 246-son qarori bilan Mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Poytaxt aeroportida rasmiylashtirish tezroq oʻtkaziladi
Prezidentning 4.05.2017 yildagi PQ-2950-son Qarori e’lon qilindi, uning matnini OʻzA tarqatdi
Oʻzbekistondagi ilk kosmetika zavodi taqdimoti oʻtkazildi
Oʻzbekistonda faoliyat yuritishni boshlagan ilk kosmetika vositalari ishlab chiqaruvchi «Navoiy – Beauty Cosmetics» zavodi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Uning mahsulotlari foydalanuvchilarga “Estelle” hamda “La Corye” savdo belgilari orqali yaxshi tanish
Oʻzstandart eksportyorlarni sifatning jahon darajasiga olib chiqadi
Prezident “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorni imzoladi. Uning norasmiy matni OʻzA tomonidan tarqatildi
Jinoyatlarni tergov qilish yangi darajaga chiqadi
Prezidentning 18.04.2017 yildagi PQ–2898-son “Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori e’lon qilindi
Oʻzbekiston boʻylab avtobusda sayohat qilish qulay boʻladi
Vazirlar Mahkamasining 25.04.2017 yildagi 238-son qarori bilan aholiga transport xizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi
Baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish Oʻzbekbaliqsanoat zimmasiga yuklatildi
Prezidentning 1.05.2017 yildagi “Baliqchilik tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar beradi OʻzA
Profilaktika inspektorlari deputatlar oldida qasamyod qiladi
Prezidentning 18.04.2017 yildagi PQ–2896-son “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 20.04.2017 yildagi PQ–2906-son “Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini xizmat uy-joyi bilan ta’minlashga doir koʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlari e’lon qilindi
Respublika yoʻl jamgʻarmasiga ortiqcha toʻlangan mablagʻlarni qanday qaytarish mumkin?
Vazirlar Mahkamasining 17.04.2017 yildagi 222-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Chet el pasportlarini joriy etish – vaqt bilan bogʻliq masala
2 may kuni Xalqaro press klubning Prezident Sh.M.Mirziyoyev belgilab bergan vazifalar hamda 2017-2021 yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasi doirasida ichki ishlar organlari faoliyatiga bagʻishlangan sessiyasi boʻlib oʻtdi
9 may munosabati bilan ish kunlari koʻchirildi
Prezidentning 2.05.2017 yildagi qarori bilan kelayotgan shanba ish kuni, 8 may dushanba esa dam olish kuni deb e’lon qilindi
Koʻmakka muhtoj korxonalar aniqlandi
Prezidentning 20.04.2017 yildagi PF–5022-son Farmoni bilan iqtisodiy nochor korxonalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi
2020 yilgacha «yagona darcha» markazlari 68 ta davlat xizmatini joriy etadi
Vazirlar Mahkamasining 25.04.2017 yildagi 239-son qarori bilan 2018 — 2020 yillar davrida faqat «yagona darcha» markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish jadvali tasdiqlandi
Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi tashkil etildi
Prezidentning 18.04.2017 yildagi PQ–2897-son qarori bilan Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari qabul qilindi
Yakka tartibdagi tadbirkorlar valyuta sotishdan ozod qilindi
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotlar eksportini kengaytirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi
Buxgalteriya hisobini OʻBF oʻquv markazida oʻrganamiz
Moliyaviy xizmat xodimining kasbiy oʻsishi bir nechta omillarga bogʻliq. Bu intiluvchanlik, doimiy tarzda oʻqib-oʻrganish, malaka oshirish va oʻz zimmasiga mas’uliyatni olish istagidir. «Sultanova TA'LIM» oʻquv markazi (Oʻzbekiston buxgalterlar Federatsiyasining hamkori) «Buxgalteriya 0 dan CIPA gacha» deb nomlangan oʻquv kurslariga taklif etadi
Prokuratura iqtisodiyot va ijtimoiy sohada qonuniylikni ta’minlaydi
Prezidentning 18.04.2017 yildagi PF–5019-son “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoni e’lon qilindi
Adliya vazirligi QHTBTga takliflarni monitoring qiladi
Savdo-sanoat palatasi forumida qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari loyihasi taqdim etildi
Odil sudlovga erishish yoʻlida
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi boʻyicha izohlar
Plenum majlisida giyohvandlikka qarshi choralar koʻrib chiqildi
2017 yil 28 aprel kuni Oliy sud Plenumining navbatdagi majlisi oʻtkazildi. Unda boshqa masalalar qatorida “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi Oliy sud Plenumi qarori loyihasi ham koʻrib chiqildi
Issiqlik, issiq va sovuq suv hisoblagichlarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi ishlab chiqildi
QHTBT portalida Issiqlik quvvati, issiq va sovuq suv sarfini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi muhokama uchun joylashtirildi
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


