Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi alifboga oʻtishda banknot va tangalarni almashtirishga toʻgʻri kelmaydi Doimiy va vaqtinchalik farqlar: foyda soligʻiga ta’siri Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Audit» platformasini yangiladi Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Audit» platformasini yangiladi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
07.01.21

Korrupsiyaga qarshi kurashishga koʻmaklashgan shaxslar ragʻbatlantiriladi

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki unga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslar uni olishlari mumkin.

06.01.21

2021 yilda soliq solishda katta oʻzgarishlar boʻlmaydi

Moliya vazirligi va DSQning «Yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish tartibiga 2021 yil 1 yanvardan kiritilayotgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida»gi axborot xabari e’lon qilindi.

06.01.21

Xodimni muntazam “kasallik varaqasi”da boʻlishi uchun ishdan boʻshatish mumkinmi?

“Xodim tez-tez kasal boʻladi va deyarli “kasallik varaqasi”da oʻtiribdi. Tabiiyki, u oʻz funksiyalarini barqaror bajara olmaydi. Shaxs qancha uzoq muddat “byulletenda” boʻlishi mumkin? Biz uni sogʻligʻi holatiga koʻra ishdan boʻshatishimiz mumkinmi?”

06.01.21

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarining vazifalari belgilandi

Ular orasida - zamonaviy oilaning namunali shaklini hamda «Oila - muqaddas», «Sogʻlom oila - sogʻlom jamiyat», «Oila - jamiyat va davlat himoyasida» va «Farovon oila - jamiyat ravnaqining asosi» konseptual gʻoyalarini nikohlanuvchilarning ongiga singdirib borish.

05.01.21

JB shaffof bozor iqtisodiyotiga oʻtishni qoʻllab-quvvatlaydi

Jahon banki va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi "Oʻzbekistonda shaffof va keng bozor iqtisodiyotiga oʻtishni rivojlantirish siyosatini qoʻllab-quvvatlash" loyihasini amalga oshirish uchun qarz taqdim etadi.

05.01.21 NHH loyihalari
05.01.21

Soliq toʻlovchilarni roʻyxatga olish tartibida nimani oʻzgartirishni rejalashtirishmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Soliq toʻlovchilarni hisobga (roʻyxatga) olish sohasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

04.01.21

Bir qator idoralarning byudjet boʻyicha vakolatlari kengaytirildi

Byudjet kodeksiga va «Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida»gi Qonunga tegishli tuzatishlar kiritildi.

04.01.21

Fiskal strategiya va tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar

Bular nima va qanday ishlashi haqida Byudjet kodeksiga tuzatishlarda aytib oʻtilgan.

04.01.21

Byudjet sohasida yangi jarimalar joriy etiladi

MJTK va Byudjet kodeksiga bir qator tuzatishlar kiritildi.

04.01.21

Qurol uchun ruxsatnoma qanday olinadi

Vazirlar Mahkamasi qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlarni tasdiqladi.

04.01.21 NHH loyihalari
04.01.21

Daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish uchun qanday chora-tadbirlar rejalashtirilmoqda

Bosh prokuratura tomonidan Vazirlar Mahkamasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar haqidagi qarori loyihasi ishlab chiqildi.

04.01.21

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi

Hujjat 3 yilga (2021–2023 y.) moʻljallangan. Dasturni amalga oshirish chora-tadbirlari Prezidentning 28.12.2020 yildagi PQ-4936-son qarorida nazarda tutilgan.

02.01.21

Byudjet jarayoni ochiq-oshkora boʻladi

30 dekabr kuni Prezident tomonidan «2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.

02.01.21

Fevral oyida byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, MHEKM va BHM miqdori oshiriladi

Qaror «2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

02.01.21

Elektromobillar va velosipedlar harakatini rivojlantirish qanday qoʻllab-quvvatlanadi

Vazirlar Mahkamasi avtomototransportni yollash va ijaraga berishni rivojlantirish, elektromobillar, mototransport va velosipeddan foydalanishni kengaytirish chora-tadbirlarini tasdiqladi.

02.01.21

Yaqin uch yillikka moʻljallangan investitsiya dasturi qabul qilindi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida investitsiya dasturlari doirasida yaratilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’yektlardan foydalanish darajasini monitoringdan oʻtkazadigan tuilma tashkil etildi.

31.12.20

Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar qanday qoʻllaniladi

Oliy sud Plenumining 19.12.2020 yildagi «Cudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida»gi 35-son qarori qabul qilindi.

31.12.20

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va dehqonlar uchun qoidalar

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar qator qonun loyihalarini koʻrib chiqdilar.

31.12.20

Senat oʻn birinchi yalpi majlisga 6 yanvarda yigʻiladi

Bunday qaror Oliy Majlis Senati Kengashi tomonidan 30 dekabr kuni qabul qilindi.

30.12.20

Banklardagi ichki nazoratga qanday oʻzgartirishlar kiritildi

Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga tuzatishlar kiritildi.

30.12.20

Obroʻsizlantiruvchi yoki xavf soluvchi yolgʻon axborotni tarqatganlik uchun sanksiya joriy etildi

MJTK va JKga yolgʻon axborotni tarqatganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi yangi modda kiritildi.

30.12.20

Saytlarda taqiqlangan axborot berilgan sharhlar olib tashlanadi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan nizom Internetda axborot xavfsizligini oshirishga qaratilgan.

30.12.20

Taqiqlangan kontent uchun jarimalar miqdori oshirildi

Tegishli tuzatishlar 2020 yil 25 dekabrdagi OʻRQ-658-son Qonunda nazarda tutilgan.

29.12.20

Ish beruvchining nomidan sudga kimni yuborish mumkin

Kompaniyada xodim bilan mehnat nizosi yuzaga keldi. Ish oʻz foydasiga hal boʻlmagach xodim sudga da’vo bilan murojaat qildi. Tashkilot nomidan vakil sifatida sudda ishtirok etish uchun kimni yuborish mumkin?

29.12.20

Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida mamlakatimizda kelayotgan 2021 yilni shunday nomlashni taklif qildi.

29.12.20

2021-2025 yillarda ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi

Hujjat "Raqamli Oʻzbekiston - 2030" strategiyasini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Yan­gi­cha sme­ta: quri­lish kom­pa­ni­yala­ri 2027 yil­dan bosh­lab ni­ma­lar­ga tay­yor­gar­lik koʻrish­la­ri ke­rak

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.

Loyiha-qidi­ruv ish­la­ri qiy­ma­ti yago­na me­zon­lar aso­si­da hisob­la­na­di

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.

Il­miy-in­no­va­si­on tash­ki­lot­lar re­yes­tri tu­zi­la­di

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

Aholi uchun su­yul­ti­ril­gan gaz nar­xla­ri tas­diqlan­di

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.