Asosiy stavka nega pasaydi
MB tashqi va ichki talabning qisqarishi sharoitida iqtisodiy faollikning sekinlashuvini hisobga olgan holda inflyatsiya prognozlarini pasayish tomonga qayta koʻrib chiqqanidan soʻng ushbu qarorni qabul qildi.
Yerdan samarali foydalanmaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Bu parlament palatalari Kengashlarining «Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorida belgilangan.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius ishlash uchun joyni qanday oladi
Xususiy notarial faoliyatni tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari qabul qilindi.
BAA kompaniyasi hisobidan yangi fotoelektrik stansiya quriladi
Navoiy viloyatida umumiy quvvati 100 MVt boʻlgan fotoelektrik stansiyani loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ishlatish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish uchun investor tanlab olindi.
Pandemiya davrida Davlat byudjetining ikkinchi darajali xarajatlari qisqartiriladi
Prezidentning 15.04.2020 yildagi «Koronavirus pandemiyasi davrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
Yangi tumanga – oʻz hokimligi va boshqa hokimiyat organlari
Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumanini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalar tartibga solindi.
Prokuraturaning vakolatlari qayta koʻrib chiqiladi
Oliy sud «Prokuratura toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlarni tayyorladi.
Davlat statistika qoʻmitasi qayta tashkil etiladi
QHTBT portalida Prezidentning Oʻzbekistonda statistika tizimini tubdan isloh qilish toʻgʻrisidagi Farmoni loyihasi joylashtirilgan.
Advokatura islohoti: 1 sentyabrdan nimalar rejalashtirilmoqda
QHTBT portalida Prezidentning advokatura institutini yanada takomillashtirish va advokatlar maqomini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori loyihasi joylashtirilgan.
Urganchda keramik-shisha idishlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi
Xorazm viloyati hududida boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari qabul qilindi.
Ombor yoki «duty free» doʻkoni uchun litsenziya DXM yoki YaIDXP orqali rasmiylashtiriladi
Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi.
Pirotexnikadan qayerda va qachon foydalanish mumkin
Pirotexnika buyumlaridan foydalanish joyini, vaqtini va shart-sharoitlarini oldindan kelishish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirdi
Markaziy bankning asosiy stavkasi 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilandi.
Pensiyalar va ish haqi kartaga hisoblanadi
Respublika maxsus komissiyasining tavsiyasiga binoan aholiga pensiya va ish haqi toʻlovlari bank kartalariga amalga oshiriladi.
Xalq tabobatini rivojlantirish markazlari barpo etiladi
Prezidentning 10 apreldagi xalq tabobatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi.
Klasterlarda dorivor oʻsimliklar yetishtiriladi, saqlanadi va qayta ishlanadi
2020 yil 1 maydan boshlab dorivor oʻsimliklarni yetishtirish, saqlash, birlamchi yoki chuqur qayta ishlash klasterlari tashkil etiladi, hududlar dorivor oʻsimliklar yetishtirish boʻyicha ixtisoslashtiriladi.
Biznes qanday qoʻllab-quvvatlashni soʻramoqda
Moliya vaziri oʻrinbosari Dilshod SULTONOV tadbirkorlar bilan ishlab chiqarish va servis korxonalari faoliyatida karantin sababli yuzaga kelgan muammolar va ularni hal etish imkoniyatlarini muhokama qildi.
21 oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
Prezident tomonidan 2020 yil 10 apreldagi OʻRQ-615-son Qonun imzolandi.
Hunarmandlarga beriladigan imtiyozlar qonunda qayd etiladi
QHTBT portalida «Hunarmandchilik faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi joylashtirilgan.
Denov tumani infratuzilmasini yaxshilashga 50 mlrd soʻm ajratiladi
2020-2022 yillarda Surxondaryo viloyatining Denov tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi qabul qilindi.
Karantin haqida bilish lozim boʻlgan hammasi
Adliya vazirligi karantin toʻgʻrisidagi savollarga javoblar turkumini e’lon qildi. Norma portali oʻz oʻquvchilari uchun eng asosiylarini ajratdi.
Yoʻldagi mashinalar soni yanada kamayadi
9 apreldan boshlab davlat xizmatlari markazlari tomonidan avtotransport vositalarining harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnomalar berish toʻxtatildi, stikersiz harakatlanish mumkin boʻlgan holatlar roʻyxati esa - qisqartirildi.
Joriy yilda samara beradigan loyihalar qoʻllab-quvvatlanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev pandemiya sharoitida bank tizimining barqaror ishlashini ta’minlash masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.
MMFI filialiga qabul kvotalari oʻzgartirilmaydi
2020/2021 oʻquv yili uchun ham OTM 100 kishi - bakalavriatning har bir yoʻnalishi boʻyicha 25 nafardan qabul qilishi kutilmoqda.
FAQ: yer uchastkalarini olib qoʻyish va buzilishlar
Adliya vazirligi yer uchastkalarini olib qoʻyish va koʻchmas mulkni buzish tartibi toʻgʻrisida koʻp beriladigan savollar asosida javob-tushuntirishlarni tayyorladi.
Karantin davrida pensiyalar qanday yetkaziladi
MB karantin davrida pensiyalar qanday berilishi yuzasidan tushuntirishni e’lon qildi.
Itlarni uydan 100 metr atrofida sayr qildirish mumkin
Bu haqda Adliya vazirligi Respublika maxsus komissiyasi qaroriga havola bergan holda ma’lum qildi.
Ish beruvchining tashabbusiga koʻra beriladigan rejalashtirilmagan haq toʻlanadigan ta’til
Epidemiyaga qarshi kurashish maqsadida qabul qilinayotgan hujjatlarda, xususan, tasdiqlangan ta’tillar jadvalidan qat’i nazar, xodimlarni mehnat ta’tiliga chiqarish nazarda tutilgan.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


