Davlat boji stavkalariga qanday oʻzgartirishlar kiritildi
Prezident tomonidan «Davlat boji toʻgʻrisida»gi Qonun imzolandi.
Bojxona: tovarni erkin muomalaga chiqarish muddati qisqartirildi
Vazirlar Mahkamasining 31.12.2019 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirishda bojxona tartibotlarini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 1057-son qarori qabul qilindi.
OʻzA davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi
Vazirlar Mahkamasining 3.01.2020 yildagi «Oʻzbekiston milliy axborot agentligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida»gi 1-son qarori qabul qilindi.
Alkogol mahsulotlarini organoleptik baholash qanday oʻtkaziladi
Uning tartibi Iste’mol etil spirti va alkogol mahsulotlari sifatini organoleptik baholash boʻyicha respublika degustatsiya komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan.
Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan order himoya qiladi
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 yanvardagi «Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 3-son qarori bilan qator hujjatlar tasdiqlandi.
Ma’naviy tarbiyani baholash uchun ilmiy asoslangan indikatorlar joriy etiladi
Bu Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi «Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 1059-son qarorida belgilangan.
Chet tillar oʻqituvchilarining qaysilari ustama olish uchun test topshirmaydilar
Test sinovlaridan oʻtmagan holda lavozim maoshlariga oylik ustama oladigan chet tillar oʻqituvchilari toifalari roʻyxati kengaytirildi.
Patent vakillari qanday tartibda qayta tayyorgarlikdan oʻtadilar va malaka oshiradilar
Tegishli Nizom Adliya vazirligining buyrugʻi bilan tasdiqlandi.
«KADRLAR IShINI YuRITISh» oʻquv kursi
2020 yil 27 yanvar kuni «Norma» PRMda «KADRLAR IShINI YuRITISh» oʻquv kursi boshlanadi.
Yangi Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan qonunlarga oʻzgartirishlar kiritildi
2020 yil 7 yanvar kuni “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi.
Yirik soliq toʻlovchilar mezoniga oʻzgartirish kiritish rejalashtirilmoqda
Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqidagi qaror loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan.
Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yurituvini yozib olishga ruxsat etildi
MJTKda ishlarni shakllantirish va sud majlislarini audio-, videoyozuvlarga jamlash tartibi koʻrsatildi.
Bolalar bogʻchalari: turlari, guruhlar toʻldirilishi, ish rejimi va davlat boshqaruvi
16.12.2019 yildagi «Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻgʻrisida»gi OʻRQ-595-son Qonun e’lon qilindi. U yarim yildan keyin kuchga kiradi.
1 fevraldan ish haqi, pensiya va stipendiyalar oshiriladi
Bu Prezidentning 2019 yil 30 dekabrdagi qarorida nazarda tutilgan.
Sigaretalar qutisida ogohlantiruvchi suratlar beriladi
Tasvirlar namunalari Tamaki mahsulotlari toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentga ilova koʻrinishida tasdiqlangan, u 2020 yil fevraldan kuchga kiradi.
2019 yilda iqtisodiyotga soliq yuki kamaydi
Moliya vazirligining Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti va Byudjet-soliq tadqiqotlari instituti Davlat byudjetining 2019 yilda ayrim soliq guruhlari boʻyicha ijro etilishining dastlabki yakunlarini chiqardi.
Bankrotlik: kreditorlar turli vakolatli guruhlarga ajratildi
«Bankrotlik toʻgʻrisida»gi Qonunga bir qator tuzatishlar kiritildi.
Matbaa faoliyatiga qanday ruxsat olinadi
Matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Kichik hajmli kemalarga doir huquqbuzarliklar uchun sanksiyalar oshiriladi
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli tuzatishlar kiritildi. Ular 26 martdan kuchga kiradi.
Elektron hisobvaraq-fakturalar Didoksga bepul joʻnatiladigan boʻldi
Didoks servisi koʻpchilik tadbirkorlar uchun bepul boʻldi va barcha qolganlar uchun eng foydali servisga aylandi.
Jinoyat protsessining voyaga yetmagan ishtirokchilariga koʻproq kafolatlar berildi
Jinoyat-protsessual kodeksiga va «Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar kiritildi.
Qarindoshlar orasida transplantatsiya qilish: kim donor boʻlishi mumkin
Yaqin qarindoshlar orasida buyrak va (yoki) jigar boʻlagini transplantatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.
Oʻzbekistonda OAV qanday roʻyxatdan oʻtkaziladi
Ommaviy axborot vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Oʻzbekiston MDH doirasidagi yana ikkita hujjatga qoʻshildi
Bu Prezidentning 2019 yil 9 dekabrdagi PQ-4547-son va PQ-4548-son qarorlarida bayon etilgan.
Soliq krediti va subsidiyalari – investorlarni qoʻllab-quvvatlashning yangi dastaklari
25.12.2019 yildagi «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida»gi OʻRQ-598-son Qonun yigirma yettinchi yanvardan kuchga kiradi.
Oʻzbekiston 2020: mamlakatni yangi yildan nimalar kutmoqda
Yanvar oyida soliqqa tortish, tashqi savdo, biznesning turli sohalari, mehnat munosabatlari va ijtimoiy soha, davlat sektorini isloh qilish va boshqa masalalarni tartibga soluvchi 75 ga yaqin yangi hujjatlar va qator huquqiy normalar kuchga kiradi.
Bu qanday ishlaydi: reklama va kripto-aktivlar oboroti
Kripto-birja savdolarini amalga oshirish qoidalari tasdiqlandi.
Import qilinadigan un va osh tuzi boyitilgan boʻlishi kerak
Talab 2020 yil 1 apreldan amal qilishni boshlaydi. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 noyabrdagi 260-son qaroriga tegishli qoʻshimcha kiritildi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


