Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
MHXS: 2026 yil 21 noyabrdan nimalar oʻzgardi Qonun loyihasi: 2027 yildan boshlab tijorat ijarasi qoidalari qanday oʻzgarishi mumkin
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
16.08.19

“Gʻijduvon” EIZ kengaytiriladi, “Namangan” EIZ infratuzilma bilan ta’minlanadi

Bunga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 avgustdagi 670, 671-son qarorlarida aks ettirilgan.

16.08.19

Deputatlar ayollar huquqlarini himoya qilish boʻyicha 2 ta qonun loyihasini qabul qildilar

2019 yil 14 avgust kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy yoʻnalishdagi qonun loyihalari koʻrib chiqildi.

16.08.19

Suv tejovchi texnologiyalarga ketgan xarajatlar qoplanadi

Meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish asosidagi suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga ketgan xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

16.08.19

Uzcard hamkorlarining soni ortdi

Uzcard Yagona Umumrespublika Protsessing Markaziga Tenge Bank qoʻshildi.

16.08.19

Xususiy bandlik agentliklarini tekshiradilar

Qonunchilikni buzayotganlar yuzasidan materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.

15.08.19

Inson huquqlari asoslari – interaktiv shaklda

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

15.08.19

Oʻzbekiston 20 ta davlat fuqarolari uchun vizalarni bekor qiladi

2020 yilning 1 yanvaridan 20 ta davlat fuqarolari uchun Oʻzbekistonga kelgan kundan boshlab 30 kun muddatga vizasiz rejim yoʻlga qoʻyiladi.

15.08.19

Yarim yilda YaIM 5,8% oʻsdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 avgust kuni mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi.

15.08.19

15 avgustdan yoʻlkira haqi – 1 400 soʻm

Avtobus va metroda yoʻlkira haqi 16,7%ga oshdi, oylik yoʻl kartochkalari eski narxda sotiladi

15.08.19

Yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlar imzolandi

2019 yil 13 avgustdagi «Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida»gi Qonun va Prezidentning Farmoni e’lon qilindi.

15.08.19

“Ochiq osmon”, “Oʻzbekiston turizm magistrali”, fuqarolar yigʻinlarining alohida maqomi

Bu va boshqalar Oʻzbekistonda turizm sohasini yanada rivojlantirish doirasida amalga oshiriladi.

15.08.19

Turizmda – kompensatsiya, grant va imtiyozlar

Prezident “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi.

15.08.19

Biznes va shaharsozlik uchun yer – faqat onlayn-auksion orqali

1 oktyabrdan boshlab tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh yer uchastkalarini berishning yangi tartibi joriy etiladi.

15.08.19

Biznes va mahalliy hokimiyatlarning oʻzaro hamkorligi tartibga solindi

Tadbirkorlarni sohaga oid boʻlmagan ishlarga, shu jumladan, ekish va yigʻib olish ishlariga jalb qilish, homiylik va xayriya yordami koʻrsatish ishlariga majburlash, ular bilan majburiy ravishda yigʻilishlar oʻtkazish mumkin emas.

14.08.19

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga biznesni boshlashda yordam beradilar

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlaydi

14.08.19 NHH loyihalari
14.08.19

Buzilayotgan imoratlarni baholash: loyiha savollar tugʻdirmoqda

QHTBT portalida Buzilishi lozim boʻlgan imoratlarni baholash tartibi loyihasi muhokama qilinmoqda.

14.08.19

Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

U Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida faoliyat koʻrsatadi, uning hududiy boʻlinmalarida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻlimlari tashkil etiladi.

14.08.19

Eksport qilishda tashish xarajatlariga kompensatsiya qanday olinadi

Mahsulotni eksport qilishda tashish xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

14.08.19

Hammasi kadrlar ishini yuritish haqida

«Norma» PRM «Kadrlar ishini yuritish» kursiga taklif etadi. Mashgʻulotlar 19 dan 23 avgustgacha oʻtkaziladi.

13.08.19 NHH loyihalari
13.08.19

EKIH oʻrniga BHM kiritilishi ayrim toʻlovlarda qanday aks etadi

Moliya vazirligi mehnat haqi, pensiya va boshqa toʻlovlar miqdorini aniqlash tartibining oʻzgarishi nazarda tutilayotgani munosabati bilan ayrim qonunlarga tuzatishlarni tayyorladi.

13.08.19

Harbiy-ma’muriy sektorlar xarajatlari qanday moliyalashtiriladi

Harbiy-ma’muriy sektorlarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

13.08.19

Oʻzbekistonda umumxalq hashari e’lon qilindi

Mamlakatimizning barcha hududlarida obodonlashtirish va tozalik oyligi oʻtkaziladi

12.08.19

Poytaxt hokimiyati tashabbusi shaharliklar tomonidan baholanadi

Toshkent hokimiyati «Mening ovozim» saytini ishga tushirdi, bunda har bir fuqaro ijtimoiy masalalarda oʻz nuqtai nazarini bildira oladi.

12.08.19

YaIDXP optimallashtiriladi: nima oʻzgaradi

Sentyabr oyida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi talqini taqdim etiladi.

12.08.19

OTB xalqaro arbitrajni isloh qilishda yordam beradi

Adliya vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonda investitsiya muhitini yanada yaxshilash maqsadida xalqaro arbitraj islohotini oʻtkazadi.

12.08.19

Buxoro viloyatida xalqaro matematika maktabi tashkil etiladi

Qorakoʻl tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatiga “xalqaro matematika maktabi” maqomi berildi.

12.08.19

Ortda qolayotgan tumanlar va shaharlardagi yer - jamoat va davlat ehtiyojlari uchun

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 avgustdagi 653-son qarorida tegishli tuzatishlar nazarda tutilgan.

12.08.19

Sovuq suv qimmatlashadi

2019 yil 24 avgustdan boshlab yangi tariflar joriy etiladi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Yan­gi­cha sme­ta: quri­lish kom­pa­ni­yala­ri 2027 yil­dan bosh­lab ni­ma­lar­ga tay­yor­gar­lik koʻrish­la­ri ke­rak

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.

Loyiha-qidi­ruv ish­la­ri qiy­ma­ti yago­na me­zon­lar aso­si­da hisob­la­na­di

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.

Il­miy-in­no­va­si­on tash­ki­lot­lar re­yes­tri tu­zi­la­di

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

Aholi uchun su­yul­ti­ril­gan gaz nar­xla­ri tas­diqlan­di

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.