Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
MHXS: 2026 yil 21 noyabrdan nimalar oʻzgardi Qonun loyihasi: 2027 yildan boshlab tijorat ijarasi qoidalari qanday oʻzgarishi mumkin
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
06.08.19

Oʻzbekistonda elektron sugʻurta polislar joriy etiladi

Prezidentning 2019 yil 2 avgustdagi qarori bilan mamlakatimiz sugʻurta bozorini isloh qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.

05.08.19

Tonirovka: yangi variant va narxlar

Endi oynani tanlov boʻyicha: avtomobil yon tarafidagi oynalarni (old va orqa) yoki faqat orqa oynalarni qoraytirish mumkin. Orqa oyna tusini oʻzgartirish bepul, endi ruxsatnoma zarur emas.

05.08.19

Jasliqdagi ixtisoslashtirilgan koloniya tugatiladi

Prezidentning 2019 yil 2 avgustdagi tegishli PQ-4414-son qarori imzolandi.

05.08.19

Ishdan chetlashtirildingiz! Yoki xodim mast holda ishga kelganda nima qilish kerak

Mast holda kelgan xodimni ishdan chetlashtirish tartib-taomili nima uchun kerak? Xodim majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi zarurmi? Tibbiy xulosadan tashqari yana qanday hujjatlar ishdan chetlashtirish uchun asos boʻla oladi? Bu savollarga javoblar – sharhimizda.

05.08.19

“Jizzax” EIZ kengaytirildi, 8 ta yangi KSZ barpo etildi

Bu Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 1 avgustdagi 643-son qarorida nazarda tutilgan.

05.08.19 NHH loyihalari
05.08.19

Tez yordam haydovchilari jarimaga tortilmaydi

2019 yil 2 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

05.08.19

Buzishlar: 5 avgustdan boshlab – yangi qoidalar boʻyicha

Prezident raisligida 2 avgust kuni kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

05.08.19

Qurbon hayitining birinchi kuni – 11 avgust

Prezident Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi.

05.08.19

Kollejlarda – kasbiy tayyorgarlik markazlari, korxonalarda esa – OTM filiallari

Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi hamda qishloq xoʻjaligi texnikalaridan foydalanish va texnik servisi yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlashning yangi tizimi joriy etiladi.

05.08.19

Isitish va issiq suv uchun yangi tariflar joriy etiladi

«Toshissiqquvvati» DUK issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va tashishga yangi tariflar belgilangani haqida xabar qildi.

02.08.19

Elektr energiyasi va gaz uchun oldindan toʻlash qoidalari yana oʻzgardi

Elektr energiyasidan va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga navbatdagi oʻzgartirishlar kiritildi

02.08.19

Pillachilik tarmogʻiga – subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar

Prezidentning 31.07.2019 yildagi “Pillachilik tarmogʻida chuqur qayta ishlashni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4411-son qarori qabul qilindi.

02.08.19

Import sovutish uskunalari aksiz soligʻidan ozod qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalariga tegishli tuzatishlar kiritildi.

02.08.19

Agrar sektor zarur texnika bilan ta’minlanadi

Buning uchun davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga oid zarur chora-tadbirlar Prezidentning 2019 yil 31 iyuldagi qarorida nazarda tutilgan.

02.08.19

Xom ipak va ipak momigʻi eksporti boʻyicha imtiyozlar qoʻllaniladi

2019 yil 1 yanvardan qoʻllaniladigan soliq imtiyozlari tatbiq etilmaydigan eksport qilinadigan xom ashyo tovarlari roʻyxatiga biroz tuzatish kiritildi.

02.08.19

Ai-91 rusumli benzin narxini talab belgilaydi

Ai-91 rusumli avtomobil benzinining chakana narxi birja savdolari orqali belgilanadi.

02.08.19

Avtotashishlar uchun litsenziyani rasmiylashtirish kamroq vaqt talab etadi

Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalashning yangilangan tartibi tasdiqlandi.

01.08.19

Qurilish vazirligi yangi interaktiv xizmatlarni joriy qildi

Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini amalga oshirishga guvohnomani olish va qayta rasmiylashtirish uchun arizani YaIDXP orqali berish mumkin.

01.08.19

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilarga – moliyaviy koʻmak

Bu chora-tadbirlar Prezidentning 2019 yil 29 iyuldagi PQ-4406-son qarorida belgilangan.

01.08.19 NHH loyihalari
01.08.19

Yagona transport tarmogʻi aholining harakatlanish darajasini oshiradi

QHTBT portalida «Transport toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

01.08.19

Elektr energiyasiga narx qanday oʻzgaradi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 2019 yil 15 avgustdan boshlab elektr energiyasining narxlari oshirilishini ma’lum qildi

01.08.19

1 avgust: biznes va ijtimoiy soha uchun muhim yangiliklar

2019 yil 1 avgustdan ish haqi va ijtimoiy toʻlovlarni indeksatsiyalash, soliq tizimidagi oʻzgarishlar, mikromoliyalashtirish limitlarining oshirilishi, markirovkalash joriy etilishi va boshqa yangiliklar – mazkur sharhda.

31.07.19

Benzin va dizel yoqilgʻisi 15 avgustdan qimmatlashadi

Yangi narxlar Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyuldagi 633-son qarori bilan tasdiqlangan.

31.07.19

Oʻzbekistonda qurol qonuniylashtirildimi

Javobni 29.07.2019 yildagi «Qurol toʻgʻrisida»gi OʻRQ-550-son Qonundan topishga urinib koʻramiz.

31.07.19

Oʻzbekistonning oʻrta shaharlarini rivojlantirishga - $100 mln

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” dastlabki loyihasini amalga oshirish uchun 100 mln AQSh dollari ajratadi.

31.07.19

Gender tenglik masalalari Senatga biriktirildi

Oliy Majlis Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi tashkil etildi.

31.07.19

15 avgustdan gaz uchun tariflar oʻzgaradi

Bu haqda “Oʻztransgaz” AJ oʻzining saytida xabar berdi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Yan­gi­cha sme­ta: quri­lish kom­pa­ni­yala­ri 2027 yil­dan bosh­lab ni­ma­lar­ga tay­yor­gar­lik koʻrish­la­ri ke­rak

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.

Loyiha-qidi­ruv ish­la­ri qiy­ma­ti yago­na me­zon­lar aso­si­da hisob­la­na­di

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.

Il­miy-in­no­va­si­on tash­ki­lot­lar re­yes­tri tu­zi­la­di

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

Aholi uchun su­yul­ti­ril­gan gaz nar­xla­ri tas­diqlan­di

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.