IAPBE sertifikatini qanday olish mumkin
Xushxabar – International Alliance of Professional Business Elites (IAPBE), biznes-ta’limni sertifikatlash boʻyicha mustaqil uyushma va xalqaro tashkilot «NORMA» mahsulotlaridan foydalanuvchilar uchun chegirmalarni taklif etadi.
Xodim ishni davom ettirsa, foydalanilmagan ta’til qanday kompensatsiya qilinadi
Xodim tashkilotda 10 yildan ortiq mehnat qiladi, oxirgi 4 yil ichida yillik asosiy megʻnat ta’tilidan foydalanmagan. U 4 yil uchun kompensatsiya pulini olib, ishlashda davom etmoqchi. Uning bunday qilishga haqqi bormi?
Izmir Shartnomasi ratifikatsiya qilindi
Bu Oʻzbekistonga xorijiy investitsiyalar hajmini oshirish, transport-logistika yoʻlaklarini, shu jumladan tranzit yuklarni tashish uchun tariflarni birxillashtirish yoʻli bilan kengaytirish imkonini beradi.
Sugʻurta xizmatlari elektron shaklda koʻrsatiladi
2023 yil 1 martdan ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz rasmiylashtiriladigan YTH toʻgʻrisidagi xabarnoma onlayn tarzda yuboriladi.
E-commerce: soliqlar
Ushbu sohaga bagʻishlangan maqolalarni e’lon qilishda davom etamiz. Muallif – Oʻzbekiston Elektron tijorat uyushmasi raisi, www.mato.uz asoschisi Muzaffar A’zamov.
Koʻp kvartirali uylar mulkdorlarning majburiy toʻlovlari nimalarga sarflanadi
Xarajatlar ikki guruhga boʻlinadi: uyni ta’mirlash bilan bogʻliq xarajatlar va uyni boshqarish bilan bogʻliq xarajatlar.
Oʻzbekiston qanday qilib «yashil» iqtisodiyotga oʻtadi
«Yashil» oʻsishni ta’minlash dasturining maqsadlari sirasida – issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010 yildagi darajadan 35%ga qisqartirish.
Kripto-aktivlarni chiqarish tartibi tasdiqlandi
Talablardan biri – kripto-aktivlar egasi emitent tomonidan chiqarilgan jami kripto-aktivlarning 35% va undan ortigʻini sotib olganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oshkor qilishi lozim.
Masofadan turib ishlovchi chet ellikka vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini toʻlash mumkinmi
Chet elda yashovchi va masofadan turib ishlaydigan shtatdagi xodim betob boʻlib qoldi va shu sababli «kasallik varaqasini ochmoqchi». Aytingchi, bu holatda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi qanday ochiladi va tegishli nafaqa qanday toʻlab beriladi?
E-commerce: qancha tadbirkor xufiya ishlamoqda va ularni ochiq ishlashga qanday jalb etish mumkin
Ushbu sohaga bagʻishlangan maqolalarni e’lon qilishda davom etamiz. Muallif – Oʻzbekiston Elektron tijorat uyushmasi raisi, www.mato.uz asoschisi Muzaffar A’zamov.
Oʻzbek-qirgʻiz chegarasi toʻgʻrisidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi
Oʻzbekistonga Andijon suv ombori hududidagi 4 957 gektar, toʻgʻonga xizmat koʻrsatish va uni muhofaza qilish uchun qoʻshimcha 19,5 gektar yer oʻtadi. Qirgʻizistonga yaylov yerlari beriladi.
Andijon suv ombori birgalikda boshqariladi
«Andijon (Kampirobod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish toʻgʻrisidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida»gi Qonun kuchga kirdi.
Masofadan turib ishlovchi xodimlarni rasmiylashtirish va ular bilan ishlash tartibi (3-qism)
Masofadan turib ishlovchi xodim bilan hujjat aylanishini qanday yoʻlga qoʻyish kerak, unga ish vaqtini qanday belgilagan ma’qul – qat’iy oʻrnatilgan tarzdami yoki mustaqilmi, agar xodim boshqa hududda yashasa, uning ish beruvchining oldiga ish safarlari qanday rasmiylashtiriladi?
«Mohir aloqachi» koʻkrak nishoni va «Oʻz kasbining ustasi» belgisi ta’sis etildi
Ular bilan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari taqdirlanadi.
Koʻchmas mulkka boʻlgan qanday huquqlar yoki cheklovlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim
Prezident tomonidan “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi.
Attraksionlar xavfsizligi qanday ta’minlanadi
Endilikda attraksionlar oldida oxirgi va keyingi tekshiruv toʻgʻrisida ma’lumot aks ettirilgan axborot taxtachasi joylashtiriladi.
Bosh prokuratura Akademiyasi negizida Huquqni muhofazaa qilish akademiyasi tashkil etilmoqda
Uning faoliyati tergov sohasida bakalavr va magistrlarni tayyorlashdan iborat boʻladi.
Masofadan turib ishlovchi xodimlarni rasmiylashtirish va ular bilan ishlash tartibi (2-qism)
Aralash (masofadan va oddiy) ish vaqti rejimini oʻrnatish yoki xodimni majburiy tarzda masofadan turib ishlashga oʻtkazish mumkinmi? Savollarga «Norma» eksperti, huquqshunos Lenara XIKMATOVA va Mehnat kodeksi mualliflaridan biri, yuridik fanlar nomzodi Mixail GASANOV javob berishdi.
Qazilmalarni noqonuniy qazib olish natijasida tabiatga yetgazilgan zarar qanday hisoblanadi
Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda ifloslantiruvchi moddalarning suv ob’yektlari va joylarning relyefiga oqizib yuborilishi natijasida yetkazilgan zararni hisoblash usullari belgilanmoqda.
Masofadan turib ishlovchi xodimlarni rasmiylashtirish va ular bilan ishlash tartibi (1-qism)
Tobora koʻproq ish beruvchilar masofaviy ish shaklini shtatdagi xodimlari uchun qulay deb hisoblamoqdalar. Bunday xodimlar bilan mehnat shartnomasini tuzish, ularning ish vaqti rejimini belgilash, buyruqlar va ichki hujjatlar bilan tanishtirish, ularning mehnatiga qanday haq toʻlash kerakligini «Norma» eksperti, huquqshunos Lenara XIKMATOVA hamda Mehnat kodeksi mualliflaridan biri, yuridik fanlar nomzodi Mixail GASANOV tushuntirishdi.
E-commerce: oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar
Ushbu sohaga bagʻishlangan maqolalarni e’lon qilishda davom etamiz. Muallif – Oʻzbekiston Elektron tijorat uyushmasi raisi, www.mato.uz asoschisi Muzaffar A’zamov.
Rasmiy statistik ma’lumotlarni YaIDXP olish imkoniyati yaratildi
Jismoniy va yuridik shaxslar kerakli statistik ma’lumotlarni Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali 5 kun ichida olishlari mumkin.
Birjada narxlar keskin oshishining oldini oluvchi tizim joriy etilmoqda
Qoʻshimcha tarzda faqat birja savdolari orqali realizatsiya qilinadigan tovarlar roʻyxati belgilandi.
MK: Bola parvarishi boʻyicha nafaqa olish huquqi qaysi paytdan boshlanadi
Bu masala ikki me’yoriy hujjat – Mehnat kodeksi va Ishlaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilganligi uchun har oylik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan tartibga solingan. Ammo shunga qaramay, nafaqa avtonom ravishda yoki faqat xodima bola parvarishi boʻyicha ta’til rasmiylashtirayotganda tayinlanadimi, aniqlik yoʻq. Afsuski yangi MKda ham bu masalada oʻzgarish boʻlmadi.
1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2022 yil 1 dekabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Ish beruvchi ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlashi shart boʻlgan holatlar
Ishdan boʻshatish nafaqasi – xodimning ishdan mahrum boʻlishi oqibatlarini yumshatish maqsadida amalga oshiriladigan pulli toʻlov, yoʻqotilgan ish haqini oʻziga xos kompensatsiya qilishdir.
E-commerce nima va unda qanday ishtirok etiladi
Ushbu sohaga bagʻishlangan maqolalarni e’lon qilishni boshlaymiz. Muallif – Oʻzbekiston Elektron tijorat uyushmasi raisi, www.mato.uz asoschisi Muzaffar A’zamov
«Oʻzbekkosmos» agentligiga qoʻshimcha vazifalar yuklatildi
Ular sirasida – kosmik suratlarni qayta ishlash va tahlil qilish orqali iqtisodiyot sohalarida qonunbuzarlik holatlarini aniqlash, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan monitoring jarayonlarida kosmik texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha takliflarni tayyorlash.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


