Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Iqtisodiyot va moliya vazirligi MHMSni qoʻllaydigan tashkilotlar uchun hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqdi Kassa modelingiz davlat reyestridan chiqarilgan boʻlsa, uni qancha muddatda almashtirish kerak Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
09.09.15

Ish beruvchidan qarz qanday olinadi?

Kishiga katta mablagʻ zudlik bilan zarur boʻlib qolgan keskin vaziyatda bank kreditiga murojaat qilish mumkin, qarz olish uchun oʻz korxonasining direktori nomiga ariza yozib, boshqacha yoʻl tutishi ham mumkin. Keling, amaliyotda bu qanday ishlashini koʻrib chiqaylik

08.09.15

Hammaga “NORMAl kuz” tilaymiz!

2015 yilning 7 sentyabridan 7 oktyabriga qadar “Norma Hamkor” MChJ dasturiy mahsulotlarga 25% gacha chegirma taqdim etiladigan “NORMAl kuz” aksiyasini oʻtkazadi. Aksiya nafaqat biz bilan anchadan buyon birga boʻlgan foydalanuvchilar, balki safimizga qoʻshilishga hech qaror qila olmayotganlar uchun ham oʻtkaziladi

07.09.15

Advokatlik amaliyoti: yana bir bor soʻrov haqida

Advokat soʻrovining shakli va mazmuniga qoʻyiladigan talablar qonun hujjatlarida belgilanmagan. Bu ularning ishida muayyan qiyinchiliklar tugʻdiradi

03.09.15

Hayvonlar uchun karantin rejimi belgilandi

Toshkent shahri hokimining 2015 yil 25 avgustdagi 765-son Qarori bilan Toshkent shahrida hayvonlarni karantinga qoʻyish qoidalari tasdiqlandi

03.09.15

Oʻzbekiston poytaxtida sub mahsulotlar bilan savdo qilish tartibga solinadi

Toshkent shahri hokimining 2015 yil 18 avgustdagi 752-son «Toshkent shahri dehqon bozorlarida yoz mavsumida tez buziladigan goʻsht va goʻsht mahsulotlarining savdosini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori bilan sub mahsulotlarni (jigar, ichak, oshqozon, tuyoq, oʻpka, kallapochcha va hokazolar) har yili yoz mavsumida (iyun oyidan oktyabr oyiga qadar) sovutgich uskunlari bilan ta’minlanmagan pavilon va savdo rastalarida savdoga chiqarish taqiqlandi

03.09.15

«Reg-System»: yuridik shaxslarni hisobga olish va identifikatsiya qilish

Davlat statistika qoʻmitasining qarori bilan (Adliya vazirligi tomonidan 27.08.2015 yilda 2594-1-son bilan roʻyxatga olingan) Yuridik shaxslarni hisobga olish va identifikatsiya qilishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi "Reg-System"da ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

03.09.15

Foizsiz qarzlarga soliq solinadimi?

Soliq toʻlovchilar uchun bu savol aslo nazariy emas, bir necha yildan beri qizgʻin munozaraga chorlayapti. Qonunchilikdagi noaniqliklar bahsga zamin yaratmoqda

02.09.15

Abituriyent PAYNET ga boradi

Hozir Oʻzbekistonning barcha mintaqalarida turli toʻlov dastaklaridan foydalangan holda elektron tayyorlov testlarini sotib olish mumkin. Bunday imkoniyatni abituriyentlarga “Mening shahrim. Ta’lim” loyihasi taqdim etdi

02.09.15

Auditorlar va buxgalterlar uchun tanlov e’lon qilindi

Hurmatli amaliyotchi auditorlar va buxgalterlar! Sizlarni «Eng yaxshi auditor – 2015», «Eng yaxshi buxgalter – 2015» va «Eng yaxshi ichki auditor – 2015» respublika tanlovida oʻz kuchingizni sinab koʻrishga taklif etamiz

18.08.15

Sirdaryo viloyatida ekoturizm rivojlantiriladi

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 avgustdagi 233-son Qarori bilan 2015-2017 yillarda Sirdaryo viloyatining sanoat salohiyatini yanada rivojlantirish, zamonaviy xizmat koʻrsatish va ekoturizm ob’yektlarini barpo etish dasturi tasdiqlandi.

18.08.15

Banklarning likvidliligi stress testlar orqali tekshiriladi

Markaziy bank Boshqaruvining qarori bilan yangi Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi

11.08.15

Yuriskonsultlar stajirovkani qanday oʻtaydilar

Adliya vazirining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 6 avgustda 2708-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa davlat tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlarining adliya organlarida stajirovka oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi

11.08.15

Kreditlar uchun tavakkalchilikning foizi belgilandi

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 5 avgustda 2707-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan yangi Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdorlari toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi

11.08.15

Banklar va ularga aloqador boʻlgan shaxslar

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 5 avgustda 2706-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan yangi Bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi

11.08.15

Qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar buxgalteriya hisobi oʻzgardi

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 5 avgustda 1885-1-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Tijorat banklarida qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritildi

07.08.15

Turistik xizmatlar uchun litsenziyani IDXYaPda rasmiylashtirish va uzaytirish mumkin

IDXYaPda turistik faoliyat uchun litsenziya olish yoki qayta rasmiylashtirish yuzasidan ariza taqdim qilish boʻyicha yangi xizmat yoʻlga qoʻyildi

07.08.15

Xususiy biznes sababsiz tekshirilmaydi

Parlamentda qonun loyihasi koʻrib chiqilmoqda, uning bir qismida xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni tekshirishni tizimlashtirish hamda ularni cheklash toʻgʻrisida qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish rejalashtirilayotir

06.08.15

Muhrlar va yuridik xulosalarni bekor qilish, xususiy tadbirkorlar va homiylik

Parlamentda muhokama qilinayotgan qonun loyihasining ushbu va boshqa bandlari xususiy sektorni himoya qilish va rivojlantirishga yoʻnaltirilgan

05.08.15

Yuridik xizmatlarining ma’lumotlar bazasini yangilash tartibi oʻzgardi

Adliya vazirining buyrugʻi bilan (Adliya vazirligi tomonidan 29.07.2015 yilda 2285-1-son bilan roʻyxatga olingan) Yuridik xizmatlarining ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish, ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun ma’lumot taqdim etish shakllari va muddatlarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi

05.08.15

Kunchiqar mamlakati universitetlarida oʻqish uchun Yaponiya grantlari

Vazirlar Mahkamasining 27.07.2015 yildagi 206-son qarori bilan Oʻzbekiston vakillarining Yaponiyada oʻqishini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

04.08.15

Xodimlarga hisoblab yozish boʻyicha hisob-kitobmi? Bu oson!

“Javob beramiz!” xizmatining foydalanuvchilari hammasidan ham koʻra koʻproq xodimlarga ish haqi hisoblash, JShDS hisob-kitobi, ta’til puli hamda kasallik varaqasi ... haqida savol berishadi. Ma’lumki, talab taklifni yuzaga keltiradi hamda bularni amalga oshirishga yordam beradigan tizim bizda bor!

04.08.15

Abituriyentlar uchun testlarga avgust oyi chegirmalari

Oʻzbekiston abituriyentlari oliy ta’lim muassasalariga test sinovlarini topshirishdi. Ishonamizki, “Mening shahrim. Ta’lim” turkumidagi elektron testlar ularning koʻpchiligiga talaba boʻlishlariga yordam beradi.

04.08.15

Issiq-Koʻlgacha poyezd qatnaydi

Oʻzbekiston aholisi Issiq-Koʻl koʻlida dam olish uchun poyezdda borishi mumkin, bu haqda “Temiryoʻlpass” AJ axborot xizmati xabar beradi.

03.08.15

Ketayotib, chiroqni oʻchiring! Ta’til yoki xizmat safariga ketayotganlar uchun eslatma

Uyni bir necha kunga tark etar ekansiz, yoʻl muqaddimasida safaringizni dilxiralikka aylantiradigan yoki uni umuman bekor qiladigan kattayu kichik noxushlikka duch kelishingiz mumkin.

31.07.15

Yagona portalda NHH loyihalari: valyuta tushumini sotishda oʻzgarishlar

Vazirlar Mahkamasi “Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 iyundagi “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 245-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasini ishlab chiqdi.

30.07.15

Imtiyoz qoʻllanadigan xizmatlar roʻyxati kengaytirildi

Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining qoʻshma qarori bilan Ayrim xizmatlarni koʻrsatayotgan yuridik shaxslar uchun foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

30.07.15

Yoʻllardagi videokameralar qanday qonuniylashtiriladi

Amaldagi qonunchilikda YHQni buzgan va videokuzatuv kamerasi orqali qayd qilingan shaxslarni javobgarlikka tortish tartibi toʻgʻrisida me’yorlar yoʻq.

29.07.15

Bojxonaga taqdim qilinadigan hujjatlar roʻyxati tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 20.07.2015 yildagi 197-son qarori bilan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan hujjatlar Roʻyxati tasdiqlandi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ta’­lim va ilm-fan va­zir­li­gi tash­kil etil­di

Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

«Elektr xav­fsiz­li­gi oy­li­gi»: maqsad va va­zi­fa­lar

Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.