Kompaniyangiz kutubxonasi uchun yangi elektron kitoblar
«Norma» iqtisodiy-huquqiy nashriyoti uchta elektron toʻplam – kerakli hujjatni oson topish imkonini beradigan qulay avtomatlashtirilgan qidiruv tizimiga ega axborot ma’lumot tizimlarini nashr qildi
Uyali aloqa operatori va mintaqa kodini aniqlash osonlashdi
Biz koʻpincha oʻz uyali aloqa, ish va uy telefonlarimiz raqamlari bilan oʻzaro almashamiz, biroq hammamiz ham uyali aloqa operatori hamda mintaqa prefiksi (kodi)ni aniqlash uchun oʻzimizni urintirmaymiz
Mehmon olisdan va uzoq muddatga keldimi? Roʻyxatdan oʻtkazishni unutmang
Xorijiy mehmonning kelishi – bu nafaqat bayram dasturxoni va shahar boʻylab sayohat. Qabul qiluvchi tomon tashvishini qilishi lozim boʻlgan ilk bosqichlardan biri bu kelgan mehmonni joylashtirish hamda uni roʻyxatdan oʻtkazish hisoblanadi
2016 yil sayyohlik taqvimi ishlab chiqilmoqda
“Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasi “2016 yil sayyohlik taqvimini” shakllantirayapti. Shu munosabat bilan u soha korxonalariga taklif bilan murojaat qilmoqda
Bojxona kodeksi muhim oʻzgarishlar arafasida
Deputatlar ikkinchi oʻqishda Oʻzbekiston Bojxona kodeksining yangi tahriri loyihasini muhokama qildilar
Bandlikni ta’minlash – parlament uchun ustuvor masala!
“2016 yilda ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi loyihasi” muhokamasi boʻyicha parlamentning quyi palatasidagi «Demokratik kuchlar bloki»ning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
«MHXS standartlariga bagʻishlangan kuzgi oʻqishlar» boʻlib oʻtdi
Shu yil 10 noyabrdan 12 noyabrga qadar Oʻzbekiston buxgalterlar Federatsiyasi “Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga bagʻishlangan kuzgi oʻqishlar – 2015” yillik seminarlarni oʻtkazdi
Davlat xizmati uchun buyurtma berganda ERIning haqiqiyligi tekshiriladi
Davlat soliq qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvining qoʻshma qarori bilan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan koʻrsatiladigan barcha turdagi xizmatlarda elektron raqamli imzodan foydalanish qoidalari tasdiqlandi
Standart namunalar IDXYaP orqali attestatsiyadan oʻtkazilishi mumkin
“Oʻzstandart” agentligi tomonidan Yagona portal orqali taqdim etiladigan yangi xizmat tashkilotlarga standart namunalarni (SN) attestatsiyadan oʻtkazish va ularni keyinchalik oʻlchov vositalari Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza berish imkonini beradi
Standartlashtirish boʻyicha hujjatlarni ekspertiza qilishga buyurtmani Internet orqali berish
“Oʻzstandart” agentligi tomonidan yagona portalda roʻyobga chiqarilgan yangi xizmat tashkilotlarga standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish yuzasidan buyurtmani onlayn tarzda berish imkonini beradi
Qonunchilikning yangi normalari tushuntirishni talab qiladi
Oʻzbekiston poytaxtida joriy yil 13 noyabrda Oliy sud va Oliy xoʻjalik sudi plenumlarining qoʻshma majlisi oʻtkazildi
Termiz universiteti huzurida yangi sport markazi tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 6 noyabrdagi 322-son qarori bilan Surxon daryosi sohili hududida Termiz davlat universiteti huzurida davlat unitar korxonasi shaklida “Amudaryo” sport-sogʻlomlashtirish markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklif ma’qullandi
Oʻzbekistonlikdan olinadigan soliqlar
Oʻrtacha oddiy oʻzbekistonlik byudjetga qancha va nima uchun toʻlaydi? Bu savolga koʻpchilik javob bera olmaydi. Holbuki, Yevropadagi deyarli har bir oʻquvchi toʻlashi lozim boʻladigan soliqlarni hisoblab berishi mumkin
Kadastr ishlarini yuritish uchun qoidalar belgilandi
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining qarori bilan Koʻchmas mulk ob’yektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash qoidalari tasdiqlandi
Banklarga lombard kreditini berish tartibi oʻzgardi
Bank lombard kreditini olish uchun u Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida DEPO hisobvaragʻiga ega boʻlishi lozim. Bu Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan belgilandi
Oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari attestatsiyasi yangicha tarzda oʻtkaziladi
Oliy oʻquv yurtlarida bitiruv imtihonlarini endi test shaklida ham topshirish mumkin. Bu Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining buyrugʻi bilan belgilandi
Tibbiy ekspertizalarni oʻtkazish kimga topshirildi
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi bilan tibbiy ekspertizalar, shuningdek gemodializ muolajasidan oʻtish mumkin boʻlgan muassasalar roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritildi
Turkmanistonning avtotransport vositalaridan undiriladigan yigʻimlar stavkalariga oʻzgartirishlar kiritildi
Vazirlar Mahkamasining 6.11.2015 yildagi 318-son Qarori bilan Turkmanistonning avtotransport vositalaridan undiriladigan yigʻimlar stavkalariga oʻzgartirishlar kiritildi
Suv ta’minoti tizimi qayta tashkil etiladi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari huzurida suv ta’minoti va kanalizatsiyaning ishlayotgan tashkilotlari negizida shaharlar va tumanlarda filiallari boʻlgan yagona «Suvoqova» davlat unitar korxonalari tashkil etiladi
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga hisobga olish priborlarini oʻrnatish uchun 2 yil muddat berildi
Vazirlar Mahkamasining 2.11.2015 yildagi 309-son Qaroriga muvofiq 2018 yil 1 yanvardan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan mos boʻlgan zamonaviy elektron hisobga olish priborlari bilan jihozlanmagan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga – yuridik shaxslarga elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish taqiqlanadi
Hamkorlar yangiliklari: murojaat qilish huquqi va uning kafolatlari
“Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari toʻgʻrisida” Qonunga sharh nashr etildi
Toshkentda 10 noyabrdan boshlab koʻchmas mulk ob’yektlari takroran xatlovdan oʻtkaziladi
Toshkent shahar hokimligida 10 noyabrda oʻtkazilgan brifingda Toshkentda xatlovdan oʻtkazish toʻgʻrisida soʻz yuritildi
“Habeas corpus” Oʻzbekistonda inson huquqlarining ishonchli kafolati
Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan «HABEAS CORPUS» instituti – inson huquq va erkinliklarini muhofaza qilishning ishonchli kafolati” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi
Qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar milliy qonunchilikni mustahkamlaydi
2015 yil 10 noyabr kuni Adliya vazirligida “Idoraviy norma ijodkorligining huquqiy ahamiyati” mavzusida anjuman oʻtkazildi
2015 yil tekshiruvidan chiqarilgan yuridik shaxslar roʻyxati taqdim qilindi
2015 yil tekshirishlar reja-jadvalidan chiqarilgan kichik tadbirkorlik sub’yektlarining roʻyxati Davlat soliq qoʻmitasi saytida e’lon qilindi
«Mening shahrim. Ta’lim» turkumidagi testlar yangilandi!
«Mening shahrim. Ta’lim» turkumidagi elektron testlarning navbatdagi yangilangan versiyalari chiqarildi
Investitsiyaviy forum yakunlari
Poytaxtda oʻtkazilgan Forum doirasida umumiy qiymati 12,4 milliard dollarlik 100 dan ortiq bitim va memorandum imzolandi. Boshqa yangi loyihalar boʻyicha ham muzokaralar davom etmoqda
Toshkentda 2 ta koʻrgazma oʻtkaziladi
2015 yil 18 noyabrdan 20 noyabrga qadar “Oʻzekspomarkaz”da ikkita ixtisoslashtirilgan koʻrgazma: «Sport World Uzbekistan» (sport asbob-uskunalari, inventari va sport kiyimlari) va “Bolalik olami” (bolalar va oʻsmirlar uchun tovarlar va xizmatlar) oʻtkaziladi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


