Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yetkazib beruvchi oldida qarz yoʻq, lekin inkasso qoʻyildi: kompaniya undiruvni toʻxtatishga qanday muvaffaq boʻldi Bojxona QQSini mamlakat ichkarisida ortiqcha toʻlov hisobiga kim kamaytira oladi Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
18.01.18

Tannarxdan past eksport: soliq solinadigan daromad qanday aniqlanadi

3.01.2018 yildagi OʻRQ–456-son Qonun bilan Soliq kodeksining 130, 204 va 355-moddalariga qoʻshimchalar kiritildi

18.01.18

Maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun ish yuklamasi va mehnatga haq toʻlash miqdorlari belgilandi

Vazirlar Mahkamasining 5.01.2018 yildagi 10-son qarori bilan Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi

18.01.18 NHH loyihalari
18.01.18

Davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yerga boʻlgan huquqni belgilovchi yagona hujjat boʻladi

QHTBT portalida «Yerga oid qonunchilikning takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi joylashtirilgan

18.01.18

«SUVSOZ» DUK 2018 yilgi yer usti va yer osti suv hajmlarining nisbatini e’lon qildi

Soliq kodeksining 260-moddasiga muvofiq, suvdan foydalanishni yoki suv iste’molini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan iste’mol qilingan suv hajmi (kub metrda) uchun undiriladigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisob-kitob qilishda mazkur nisbat qoʻllaniladi

18.01.18

Import qilinadigan goʻsht va tirik chorva mollariga yil oxirigacha QQS solinmaydi

Prezidentning 16.01.2018 yildagi PF-5303-son Farmoni bilan 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatga bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilinadigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) oziq-ovqat mahsulotlari va xom ashyolarning ayrim turlari roʻyxati tasdiqlandi

18.01.18

Ulgurji savdo uchun oshirilgan ustav fondi 1 fevraldan boshlab bekor qilinadi

Prezidentning 16.01.2018 yildagi “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi

18.01.18

«Yillik hisobot 2017» elektron kitobi sotuvga chiqdi

«Norma» nashriyoti «Yillik hisobot 2017» elektron kitobini chiqardi. Kitob «Norma Ekspert» mutaxassislari tomonidan joriy yilda qonunchilikka kiritilgan barcha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni inobatga olgan holda tayyorlangan

18.01.18 NHH loyihalari
18.01.18

Yerlardan xoʻjasizlarcha foydalanganlik uchun jarimalar oshiriladi

QHTBT portalida Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga doir oʻzgartirish va qoʻshimchalar taqdim etilgan

18.01.18

Uchta viloyatda qoʻgʻirchoq teatrlari ochiladi

Vazirlar Mahkamasining 5.01.2018 yildagi 9-son qarori bilan 2018-2022 yillarda davlat teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi

17.01.18

Harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv 2018 yilning fevral-mart oylarida oʻtkaziladi

Prezidentning 13.01.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi

17.01.18

Toshkent viloyatida yer olish soddalashtirildi

Vazirlar Mahkamasining 10.01.2018 yildagi 20-son qarori bilan qator Hukumat qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilib, tadbirkorlik sub’yektlariga yer uchastkalarini ajratish tartibotlari soddalashtirildi

17.01.18

Pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirishga Muvofiqlashtiruvchi kengash mutasaddilik qiladi

Vazirlar Mahkamasi 28.12.2017 yildagi 1026-son «Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi

17.01.18

Fuqarolar yigʻinlari ommaviy qabul oʻtkazadi

Vazirlar Mahkamasining 5.01.2018 yildagi 7-son qarori bilan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida namunaviy nizomning yangi tahriri tasdiqlandi

17.01.18

Yoshlar ittifoqi faollari– oʻqishda a’lochilar uchun kontrakt miqdorining 35%i toʻlab beriladi

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining qarori (roʻyxat raqami 2961, 2018 yil 10 yanvar) bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi boʻlgan talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

17.01.18

Soliq monitoringi: kimlar uchun koʻzda tutilgan va qanday oʻtkaziladi

30.12.2017 yildagi OʻRQ-455-son Qonun bilan 1.01.2018 yildan boshlab soliq nazoratining yangi shakli joriy etiladi

16.01.18

Harbiy xizmatchilar bayram arafasida mukofotlandi

Prezidentning 12.01.2018 yildagi «Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 26 yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida»gi Farmoni e’lon qilindi

16.01.18

Oʻzbekiston transport bilan bogʻliq bitimlar boʻyicha xalqaro hujjatlarga qoʻshildi

28.11.2017 yildagi OʻRQ–453-son «Oʻzbekiston Respublikasining Harakatlanuvchi uskunalarga nisbatan xalqaro kafolatlar toʻgʻrisidagi Konvensiyaga (Keyptaun, 2001 yil 16 noyabr) va Harakatlanuvchi uskunalarga nisbatan xalqaro kafolatlar toʻgʻrisidagi Konvensiyaning Aviatsiya uskunalari boʻyicha protokoliga (Keyptaun, 2001 yil 16 noyabr) qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Qonun e’lon qilindi

16.01.18

Chet elliklar va FBShga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiska uchun – yangi qurilgan uylar 600 mln soʻmga

Adliya vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-16, 2018 yil 15 yanvar) Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Hujjat Vazirlar Mahkamasining 9.10.2017 yildagi 810-son qaroriga muvofiq keltirildi

16.01.18

Yarashtirish komissiyasi ajrashayotganlar yuzasidan xabardor qilinadi

3.01.2018 yildagi «Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun bilan Oila kodeksida nazarda tutilgan nikohdan ajrashish mexanizmiga tuzatish kiritildi

16.01.18

Avtomobillar bilan bogʻliq bitimlarni hisobga qoʻyish: notariuslarga DYHXXdan oldin koʻrsatma berildi

Adliya vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-16, 2018 yil 15 yanvar) bilan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

16.01.18

BIR.UZ — buxgalterlarning sinov maydoni

Har qanday idora, tuzilma, tashkilot va muassasaga birinchi navbatda ishonchli, malakali va e’tiborli buxgalter kerak. Bugun bizda buxgalterning barcha talablarga javob berishini aniqlab berishga qodir resurs mavjud. Bu - BIR.UZ buxgalterlar malakasini baholash tizimi

15.01.18

Yevropa investitsiya banki Oʻzbekistonga kelmoqda

Prezidentning 4.01.2018 yildagi PQ-3458-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi va Yevropa investitsiya banki oʻrtasida Oʻzbekiston hududida YeIBning faoliyat olib borishi toʻgʻrisidagi Hadli bitim imzolandi

15.01.18

Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish markazi tashkil etildi

Prezidentning 8.01.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining davlat xaridlarini amalga oshirish, davlat dasturi doirasidagi hujjatlarni shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha kompleks ekspertizaning samarali tizimini tashkil qilish toʻgʻrisida»gi PQ-3464-son qarori e’lon qilindi

15.01.18

Tanlovdan oʻtmadi – notarius lavozimidan mahrum boʻldi

Adliya vazirining buyruqlari (6.01.2018 yilda 2151-4, 2149-7 va 2165-10-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan notariat organlari faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

15.01.18

Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qoʻrqitish natijasida qilmish sodir etish – jinoyat emas

9.01.2018 yildagi OʻRQ–459-son Qonun bilan Jinoyat kodeksining umumiy qismiga va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

15.01.18

Reklamada litsenziya va sertifikatlar toʻgʻrisida eslatish shart emas

Davlat raqobat qoʻmitasining qarori (AV tomonidan 6.01.2018 yilda 1024-9-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Reklamani joylashtirish toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi

15.01.18

Mashina-traktor parklarining soliqlar boʻyicha qarzlari 2 yil muddatga kechiktirildi

Prezidentning 4.01.2018 yildagi PQ–3459-son «Qishloq xoʻjaligining texnik jihozlanish darajasinn yanada oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi

15.01.18

Qonun hujjatlariga kiritilgan tuzatishlar paketi kuchga kirdi

9.01.2018 yildagi OʻRQ–459-son Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga tuzatishlar kiritildi. Ularning ayrimlarini loyiha darajasida sharhlaganmiz, quyida ushbu oʻzgartirishlar toʻgʻrisida batafsil soʻz yuritamiz

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ta’­lim va ilm-fan va­zir­li­gi tash­kil etil­di

Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

«Elektr xav­fsiz­li­gi oy­li­gi»: maqsad va va­zi­fa­lar

Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.