Kasb-hunar ta’limi sohasida yangi muassasalar tashkil etildi
Prezidentning 3.02.2018 yildagi PQ–3504-son qarori bilan Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi, uning huzurida esa Innovatsion rivojlanish, kasb-hunar ta’limi tizimidagi pedagog kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tashkil etildi
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti: 30 yoshgacha boʻlgan 28 laureat oliy ta’lim muassasasiga kirish boʻyicha imtiyozga ega boʻladi
Prezidentning 2.02.2018 yildagi "Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni bilan Zulfiya nomidagi davlat mukofotini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar nazarda tutilgan
Nikoh tuzish va uni tugatish qoidalari oʻzgaradi
Bu Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturida (2.02.2018 yildagi PF–5325-son Farmonga 7-ilova) nazarda tutilgan
39 ta kollej ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga aylanadi
Prezidentning 3.02.2018 yildagi PQ-3504-son qarori bilan san’at, madaniyat va olimpiya zaxiralari kasb-hunar kollejlarini (kollejlarini) ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari va maktab-internatlariga, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab- internatlariga aylantirish nazarda tutilgan
Jizzax avtomobil zavodi qurib bitkaziladi
Jizzax avtomobil zavodi shu yil qurib bitkazilishi rejalashtirilayotir. Kelgusi yildan boshlab yangi rusumdagi avtomobillarni ishlab chiqarishga kirishiladi
MJTKdagi sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish tartibi qayta koʻrib chiqildi
29.01.2018 yildagi OʻRQ-463-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga ma’muriy ishlar yuzasidan sud hujjatlari qayta koʻrilishini batafsil tartibga soluvchi alohida bob kiritildi
Prezident Virtual qabulxonasining yangi talqini ishga tushirildi
1 fevraldan boshlab Prezident Virtual qabulxonasi dasturiy tizimining yangi talqini test rejimida ishga tushirildi
Kollejlarda oʻqish pulli boʻladi
Prezidentning 3.02.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi PQ–3504-son qarori e’lon qilindi
1.04.2018 yildan boshlab FHDYo organlari hokimliklarga boʻysunadi
FHDYo organlari, “Oila” markazining boʻlimlari hamda xotin-qizlar va oila masalalari boʻyicha boshqa tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari – xotin-qizlar qoʻmitasi raisi tomonidan amalga oshiriladi
Xotin-qizlarning biznes-tashabbuslarini maxsus jamgʻarma qoʻllab-quvvatlaydi
Prezident xotin-qizlar va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Jamoat jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifni ma’qulladi. Bu 2.02.2018 yildagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonda nazarda tutilgan
Xotin-qizlar qoʻmitasi va “Oila” markazi xodimlari toʻliq pensiya oladi
Bunday imtiyoz Prezidentning 2.02.2018 yildagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida nazarda tutilgan
Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatilishi nazorat qilinadi
Vazirlar Mahkamasining 31.01.2018 yildagi 70-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Davlat aktivlarini realizatsiya qilish uchun elektron maydon tashkil etilmoqda
Davlat aktivlarini elektron savdo maydonlari orqali realizatsiya qilish tizimi shu yili joriy etiladi
Ma’muriy bayonnomaga hujjatlarni ilova qiling
Joriy yilning 1 aprelidan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani tuzishda hujjatlar paketini yigʻish talab etiladi. 29.01.2018 yildagi OʻRQ–463-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga shunday qoʻshimchalar kiritildi
Metroning Yunusobod yoʻnalishi qurilishi 2019 yilda tugatiladi
Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar tarqatdi
Notarius xizmatlari uchun mobil telefon orqali haq toʻlash mumkin
Adliya vazirligi davlat boji va notariuslarning boshqa xizmatlari uchun onlayn-toʻlovlarni joriy etdi
Sovuq suv ta’minoti va kanalizatsiya qimmatlashadi
14 fevraldan boshlab «Suvsoz» DUK sovuq suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun yangi tariflarni joriy etadi
Qoʻriqlash xizmati koʻrsatish uchun namunaviy shartnoma yangilandi
IIV, Moliya vazirligi va Davlat raqobat qoʻmitasining qarori (roʻyxat raqami 2966, 2018 yil 29 yanvar) bilan Qoʻriqlash xizmati koʻrsatish boʻyicha namunaviy shartnoma tasdiqlandi
Valyutani olib chiqib ketishga ruxsatnomadan bir marta foydalaniladi
Vazirlar Mahkamasining 30.01.2018 yildagi 66-son qarori bilan Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalari tasdiqlandi
Barcha sugʻorish tizimlari bojxona toʻlovlaridan ozod qilindi
Vazirlar Mahkamasining 26.01.2018 yildagi 60-son qarori bilan 2021 yil 1 yanvargacha bojxona toʻlovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) toʻlashdan ozod qilgan holda fermer xoʻjaliklari va boshqa tashkilotlar olib kirayotgan payvandtag, koʻchatlar va tomchilatib sugʻorish tizimi uchun asbob-uskunalar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
«Oʻzstandart» sifatsiz mahsulotlar haqida OAV orqali xabar beradi
Savdo-sanoat palatasida (SSP) Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida sotilayotgan mahsulotlarni sinovdan oʻtkazish va Sifatsiz mahsulotlar toʻgʻrisida yagona axborot ma’lumotlar bazasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasining muhokamasi oʻtkazilmoqda
Ma’muriy sud moddada nazarda tutilmagan jazo chorasini qoʻllashga haqli
29.01.2018 yildagi OʻRQ–463-son Qonun bilan ma’muriy huquqbuzarliklar boʻyicha jazo choralarini yengillashtirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratildi
Qizilmiya plantatsiyasini tashkil etdingizmi – imtiyozlardan foydalaning
Vazirlar Mahkamasining 27.01.2018 yildagi 63-son qarori bilan qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini tashkil etuvchi, shuningdek, qizilmiya ildizini qayta ishlovchi va tayyor mahsulot chiqaruvchi xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga imtiyozlar joriy etildi
Qizilmiya yetishtiruvchilar uyushmaga kirishi mumkin
Vazirlar Mahkamasining 27.01.2018 yilagi 63-son qarori bilan Qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasi tashkil etildi
Nargiza Yusupxoʻjayeva: «Mustaqil baho olishni istagandim»
«Exito Print» XK matbaa korxonasi bosh buxgalteri Nargiza Maxsudxoʻjayevna Yusupxoʻjayeva ─ BIR.UZ attestatini qoʻlga kiritgan beshlik orasidan oʻrin egallashga muvaffaq boʻldi. Biz undan bir nechta savollarimizga javob berishini iltimos qildik
Telefon raqamlari 9 belgili boʻladi
Xalqaro elektr aloqa uyushmasining tavsiyalari va “Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari raqamlari tizimi va rejasi” talablariga muvofiq mamlakatimiz telefon raqamlarining 9 belgili tizimiga oʻtadi
YHQni buzgan diplomatlar diplomatik vakolatxonalar bilan kelishmagan holda jarimaga tortiladi
Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlariga nisbatan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralarini qoʻllash haqidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritildi (roʻyxat raqami – 2338, 2012 yil 13 mart)
1 apreldan boshlab sudya ogʻir jinoyatlarni yakka tartibda koʻradi
29.01.2018 yildagi OʻRQ–463-son Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksga (JPK) shunday oʻzgartishlar kiritildi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


