AJ ustav kapitali faqat qoʻshimcha aksiyalar hisobiga oshiriladi
Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining buyrugʻi bilan «Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi buyrugʻiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi
Koʻchmas mulk xatlovdan oʻtkaziladi
Vazirlar Mahkamasining 3.08.2016 yildagi 251-son qarori bilan 2016–2017 yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk ob’yektlarini yalpi xatlovdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Qonuniylikni mustahkamlash yoʻlida
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hay’atining navbatdagi majlisi yakunlari toʻgʻrisida
Issiq suv hisoblagichni almashtirish qanchaga tushadi
Suvni hisobga olish priborining oʻrtacha ish muddati uning pasportida 12 yil deb belgilangan, lekin u toʻrt yilda bir marta majburiy qiyoslashdan oʻtkazilishi kerak
Qashqadaryoning Nishon tumanini rivojlantirish dasturi qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 11 avgustdagi 258-son qarori bilan 2016-2018 yillarda Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanini kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi
Tajribasiz tadbirkorlarning 7 xatosi
Tajribasizlik – vaqt tomonidan davolanadigan illatdir. Bilim va tajribaga ikki usulda ega boʻlish mumkin: oʻz xatosi yoki oʻzgalar xatosidan saboq olgan holda. Bu faoliyatning barcha yoʻnalishlari va sohalariga, shu jumladan biznesdagi birinchi qadamlarga tegishli
Bank xabarlari: tariflar oʻzgarishi va omonatlarning yangi turlari
Norma.uz bank sohasidagi yangiliklarni kuzatib borayotir hamda ushbu toʻplamda oxirgi vaqtlarda mamlakatimiz banklarida sodir boʻlgan voqealar xususida
Tadbirkorlar huquqlari Adliya vazirligi himoyasidadir
Adliya vazirligida “Tadbirkorlar huquqlarini davlat tomonidan kafolatlanishi mustaqillik mahsulidir” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi
NHH loyihalari: bozorlarni qoʻriqlash va tozalash uchun mulkdor toʻlaydi
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining Bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari hamda koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini tashkil etish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda
IDXYaP ixtiroga patent olish uchun hujjatlarni qabul qiladi
IDXYaPning “Intellektual mulk” sohasidagi interaktiv davlat xizmatlari roʻyxati yangi xizmat – “Ixtirolarga patent olish” bilan toʻldirildi
Yuristning NORMAl kutubxonasiga nazar soling
Navbatdagi sharhda yuristlar uchun yuristlar tomonidan tayyorlangan ayrim materiallarimiz haqida eslatib oʻtmoqchimiz. Umid qilamizki, bu maqolalar va ulardagi tavsiyalarga rioya qilish biznes taraqqiyoti va farovonligi uchun xizmat qiladi
Biznes xususiy, biroq kichik emas
Qoidaga koʻra, “kichik biznes” va “xususiy tadbirkorlik” atamalari normativ-huquqiy hujjatlarda birgalikda qoʻllaniladi. Bu ularning sinonimligi toʻgʻrisidagi fikrni shakllantirishi mumkin. Binobarin, bu tushunchalarga turli yuridik ma’no beriladi. Bu haqda batafsil – bizning sharhimizda
Aloqa tarixi – AKTni rivojlantirish tarixi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston aloqa tarixi muzeyida “Mustaqillik yillarida milliy axborot sohasining rivojlanishi” mavzusida seminar-ekskursiya tashkil etildi
OXS Plenumi: Gʻayriqonuniy bankrotlik ustidan nazorat kuchaytirildi
Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 17.06.2016 yildagi “Ilgari qabul qilingan ayrim qarorlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 299-son qarori bilan bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud jarayonining ayrim masalalariga tushuntirish berildi
Sud mulk huquqini tan olmasligi ham mumkin
OXS Plenumining “Mulk huquqini tan olish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 19.11.2010 yildagi 220-son qaroriga yangi tushuntirishlar kiritildi
Davlat bojini undirish masalalariga tushuntirish berildi
OXS Plenumining 17.06.2016 yildagi 299-son qarori bilan OXS Plenumining “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining (18.04.2008 yildagi 180-son) ayrim qoidalariga tuzatish kiritildi
Loyiha-qidiruv ishlari manzilli roʻyxatlarga kiritiladi
Vazirlar Mahkamasining 26.07.2016 yildagi 240-son qarori bilan Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash uchun loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatlarini shakllantirish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Savdo va umumiy ovqatlanish ob’yektlari uchun tanlov tashkil qilindi
Vazirlar Mahkamasining 21.07.2016 yildagi 237-son qarori bilan savdo va umumiy ovqatlanish ob’yektlari oʻrtasida har yili Toshkent shahrida «Savdo va xavfsizlik» tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi
Qanday qilib bojxona brokeri boʻlish mumkin
Vazirlar Mahkamasining 25.07.2016 yildagi 239-son qarori bilan Bojxona brokeri sifatidagi faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Uzaytirilgan guruhga qatnash uchun qancha haq toʻlanadi
Xalq ta’limi vazirligi hamda Moliya vazirligining qoʻshma qarori bilan Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar toʻlovini undirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Bank-moliya akademiyasida qabul kvotalari oʻzgardi
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 1 avgustdagi 248-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasi boʻyicha 2016/2017 oʻquv yiliga qabul kvotalari tasdiqlandi
Senatning oltinchi yalpi majlisi joriy yilning 24−25 avgust kunlari mamlakat poytaxtida boʻlib oʻtadi
Bu haqdagi qaror 2016 yil 5 avgust kuni Oliy Majlis Senati raisi Nigʻmatillo Yoʻldoshev boshchiligida parlament yuqori palatasining Kengashi tomonidan qabul qilindi
Yoshlar va huquq-tartibot masalalari parlament diqqat markazida
Palataning navbatdagi yalpi majlisiga kiritish uchun “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi va “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi qonunlar loyihalari tayyorlanmoqda
Tijorat sirini muhofaza qilish tartibi belgilandi
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining qarori bilan Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi boʻyicha namunaviy nizom tasdiqlandi
Qizil kitobga nimalar kiritiladi
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 26 iyulda 2817-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan «Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobi» toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Temir yoʻl kompaniyasidan yangi istirohat va attraksionlar bogʻi
Bir necha yil oldin Oʻzbekiston temiryoʻlchilari tomonidan “Lokomotiv” istirohat bogʻi ochilgan edi. Oʻzbekiston mustaqilligining 25 yilligi arafasida «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ Temiryoʻlchilar kuni kasb bayramiga «Anhor-Lokomotiv» dam olish maskani va attraksionlar bogʻini ochadi
TIV axborotini YouTube orqali koʻrish mumkin
Tashqi ishlar vazirligi saytida xabar berilishicha, endilikda Oʻzbekistonning diqqatga sazovor joylari va mamlakatimizning tashqi va ichki siyosati toʻgʻrisidagi axborot bilan Internetning eng yirik videoplatformasi orqali vizual formatda yaqindan tanishish mumkin
NHH loyihalari: pochta aloqasi elektron tijoratni rivojlantirish uchun
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining Elektron tijorat sohasidagi pochta aloqasini, shu jumladan posilkalarni joʻnatishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


