Koʻchmas mulk bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga qanday beriladi
Respublika koʻchmas mulk ob’yektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
DXSh asosida issiqxona xoʻjaliklari tashkil etiladi
Xorijiy va mahalliy investorlar tomonidan ishlab chiqariladigan zamonaviy va energiya tejamkor uskuna-jihozlardan foydalangan holda issiqxona xoʻjaligiga ega boʻlish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish istagini bildirgan shaxslar hamkorlikka taklif etiladi.
Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tashkil etildi
Institutning vazifalari jumlasiga el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urugʻ-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish kiritilgan.
Ikkita xalqaro konvensiya ratifikatsiya qilindi
Bular XMTning mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga koʻmaklashish asoslari toʻgʻrisidagi konvensiyasi hamda BMTning nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasidir.
MB Boshqaruvi asosiy stavkani oʻzgarishsiz qoldirdi
Qaror mamlakatda iqtisodiy va investitsion faollikning yuqori sur’atda tiklanayotganligi sharoitida yil yakuniga qadar inflyatsiyaning prognoz koʻrsatkichlariga erishish va iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash vazifalari oʻrtasidagi muvozanatni ta’minlash maqsadida qabul qilindi.
Ishsiz aholi va yoshlar qanday jalb qilinadi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida qoʻshimcha ravishda 28 ta kasb-hunarga oʻqitish markazlari, 864 ta fuqarolar yigʻinlarida esa - mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlari tashkil etiladi.
Mobil asillik darajasini belgilash palatasi tashkil etildi
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining pilot loyihasi sinovdan oʻtkazish va tamgʻalash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish orqali tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan.
Kim voyaga yetmagan shaxslarga jamoat tarbiyachisi boʻlishi mumkin
Jamoat tarbiyachisini tanlash toʻgʻrisidagi qaror voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman (shahar) idoralararo komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
15 aprel – madaniyat va san’at xodimlari kuni
Ushbu sana 7.06.2021 yildagi OʻRQ–694-son Qonun bilan tasdiqlandi.
Davlat ishtirokidagi korxonalar soni qisqartiriladi
Bugungi kunda Oʻzbekistonda davlat ishtirokidagi korxonalar soni 2 537 tani tashkil etadi, iqtisodiyotda davlat sektorining ulushi esa yuqoriligicha qolmoqda. Bunday korxonalar soni 1 944 tagacha yetkazilishi kutilmoqda.
Texnologik uskunalarning 676 ta turi QQS va bojxona bojidan ozod qilindi
Roʻyxatda - sutga ishlov berish va uni qayta ishlash, non mahsulotlari, qandolat sanoati ishlab chiqarish uchun uskunalar va boshqalar.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ID-kartalar beriladi
ID-kartalar yashash guvohnomasining oʻrniga beriladi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar - mulkka va ijaraga
Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Iqtisodiyotning qaysi sohalari aholi farovonligini oshiradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi bandligini ta’minlash masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Oʻzbekiston kredit reytingi «barqaror»ga oshirildi
S&P xalqaro reyting agentligi Oʻzbekiston suveren kredit reytingi prognozini «salbiy»dan «barqaror»ga oshirdi.
Kimlarga akademik ta’til beriladi
Oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Koʻchma savdoning yangi tartibi joriy etilmoqda
Koʻchma savdo ob’yektlari "K - SAVDO" AATda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim, koʻchma savdo joyi xuddi shu tizim orqali elektron auksionda sotiladi.
Fuqarolik, gender tenglik va qurolga egalik qilish
Ushbu va boshqa masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn beshinchi yalpi majlisida muhokama qilindi.
Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun OTMga qabul tartibi oʻzgardi
Xususan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladigan xotin-qizlar doirasi kengaytiriladi va kam ta’minlangan oila tushunchasi mezonlarini aniqlashtiriladi.
2 000 soʻm va 20 000 soʻm boʻlgan pul belgilari muomalaga chiqariladi
Markaziy bank 2021 yilning 14 iyunidan boshlab yangi pul belgilari muomalaga chiqarilishi toʻgʻrisida xabar berdi.
Minimal pensiya va nafaqa oluvchilarga qoʻshimcha toʻlov joriy qilinadi
Tegishli farmon Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan imzolandi.
Texnik jihatdan tartibga solish agentligining vakolatlari belgilandi
Xususan, u mahsulotlarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida va texnik reglamentlarda belgilangan majburiy talablarni buzganlikda aybdor boʻlgan tayyorlovchilar, sotuvchilar va ijrochilarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash boʻyicha sudga murojaat qilishi mumkin.
Yer uchastkalarini berish ustidan davlat nazoratini kuchaytirish taklif etilmoqda
Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan qaror loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Toshkent viloyatini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi
Dasturning asosiy yoʻnalishlari aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka va oʻzini oʻzi band qilib ishlash faoliyatiga jalb qilish, mahallalarning «oʻsish nuqtalari»ni aniqlash va boshqa yoʻnalishlardan iborat.
Noqishloq yerlar xususiy mulkka beriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yer munosabatlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.
Texnik tartibga solish sohasida qanday islohotlar amalga oshiriladi
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi negizida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashkil etiladi.
XTYni rivojlantirish toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi
MDH ishtirokchi-davlatlarining hududidan oʻtuvchi xalqaro transport yoʻlaklarini kelishilgan holda rivojlantirish toʻgʻrisidagi bitim 9 ta mamlakat tomonidan imzolandi.
Hududlarda maktabgacha ta’limni rivojlantirishga – $100 mln
Ushbu mablagʻlar qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga sarflanadi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


