Qashqadaryo viloyatidagi yer maydonlaridan samarali foydalanish koʻrsatkichlari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2021−2022 yillarda Qashqadaryo viloyati hududlaridagi yerlarni oʻzlashtirish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashtirish parametrlari tasdiqlandi.
Yangi agentlikning tuzilmasi tasdiqlandi
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi, shuningdek uning faoliyatini moliyalashtirish manbalari belgilandi.
Kulolchilikni rivojlantirishga imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va soliq imtiyozlari taqdim etiladi
Ular jumlasiga «Usta-shogird» an’analari asosida yoshlarga hunar oʻrgatayotgan kulollarga shogirdlar tayyorlashiga subsidiyalar ajratilishi, turar joy sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratilishi, yangidan tashkil etiladigan kulolchilik markazlaridagi turar va noturar joylar uchun mol-mulk va yer soligʻi stavkalari kamaytirilishi va boshqa chora-tadbirlar kiritilgan.
Mamlakatimiz fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi
Oʻzgartirishlar Mudofaa vazirligi harbiy okruglarining jangovar tarkibini yanada takomillashtirish, shuningdek byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida qabul qilindi.
Byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi
Prezident tomonidan byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha Farmon imzolandi, unga muvofiq bir qator hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilish bekor qilinadi, 16 yoshga toʻlgan shaxslarga identifikatsiya ID-kartalari berish tizimi joriy etiladi, JShShIR davlat xizmatlarini koʻrsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi.
«Yosh fiziklar portali» ishga tushiriladi
Prezidentning qarori bilan Fizika fanlari boʻyicha ta’lim sifatini oshirish va fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini ta’minlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Orolni qutqarish Xalqaro jamgʻarmasi Ijroiya qoʻmitasida Oʻzbekiston Respublikasining doimiy vakili lavozimi joriy qilindi
Doimiy vakilning vazifalari jumlasiga OQXJ organlarida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ilgari surish va himoya qilish ham kiritilgan.
Alkogol mahsulotlari uchun eng kam narxlar oshirildi
20 martdan boshlab alkogol mahsulotlari uchun narxlar oshirildi.
Suv xoʻjaligi vazirligi tizimida kadrlarni oʻqitish uchun hududiy markazlar tashkil etiladi
TIQXMMI huzuridagi Oʻquv markazida va uning hududlardagi filiallarida suv xoʻjaligi sohasi mutaxassislari va rahbar kadrlarining malakasi oshiriladi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tuzilmasida yangi boshqarmalar tashkil etildi
Prezidentning qarori bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tuzilmasida Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish boshqarmasi tashkil etiladi hamda vazir oʻrinbosari lavozimi joriy qilinadi.
Bojxona tizimida tovarlarni tasarruf etish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Bojxona organlarida bojxona ekspertizasini oʻtkazish tartibini jahon standartlariga moslashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan Bojxona tizimida tovarlarning namuna va sinamalarini tasarruf etish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Turkiya Respublikasi bilan imzolangan ikkita xalqaro shartnoma tasdiqlandi
Tegishli qaror Prezident tomonidan 17 mart kuni imzolandi.
Bektemir tumanini kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi
2021-2022 yillarda Toshkent shahri Bektemir tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi. Maqsad – mehnat resurslari va mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan oqilona foydalanish, infratuzilmani yanada yaxshilash.
Ikkita pedagogika institutining vazifalari belgilandi
Termiz va Qarshi davlat universitetlari negizida tashkil etilgan ikkita pedagogika institutining vazifalari, maqomi va talablarni oʻqishga qabul qilish tartibi belgilandi.
Mahkum shaxslarni saqlash sharoitlari yaxshilanadi
Jazoni ijro etish muassasalari, tergov hibsxonalari, vaqtincha saqlash hibsxonalari va maxsus qabulxonalarida saqlanayotgan shaxslarni oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va boshqa buyumlar bilan ta’minlash me’yorlari qabul qilindi.
Faqat birja savdolari orqali realizatsiya qilinadigan tovarlar roʻyxati kengaytirildi
Ular jumlasiga polivinilxlorid (PVX) va formalin, iste’mol va texnik etil spirti, kumush va boshqalar kiritilgan.
Shartnoma: nimalarni oʻzgartirish rejalashtirilmoqda
Prezidentning «Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda shartnoma instituti rolini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida»gi Farmoni loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Davlat tilini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilindi
Xususan, Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazining qoʻshimcha vazifalari belgilandi.
Tartibga solish ta’sirini baholash tizimi takomillashtiriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
1 mlrd soʻmgacha tuziladigan shartnomalarda – oʻttiz foiz miqdorida oldindan toʻlov
Hukumat qaroriga tegishli oʻzgartirish kiritildi.
Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmatlari faoliyati kuchaytiriladi
Xususan, oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlardan boʻshatilganidan keyin tozalanishi lozim boʻlgan transport vositalari turlari aniqlashtirildi.
Oziq-ovqat mahsulotlari narxining barqarorligi qanday ta’minlanadi
Qabul qilingan chora-tadbirlardan maqsad aholini asosiy turdagi oziq-ovqat hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan uzluksiz va barqaror narxlarda ta’minlash, aholi daromadlari keskin pasayib ketishini oldini olishdir.
«Urgut» EIZ hududi kengaytiriladi
«Urgut» erkin iqtisodiy zonasi «Oʻramas» tumani va Samarqand shahridan ajratiladigan yangi yerlar hisobiga kengaytiriladi.
Ekologik audit toʻgʻrisidagi qonun qabul qilindi
Qonun bilan ekologik auditning asosiy prinsiplari, uning vazifalari va shakllari, uni oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari va oʻtkazishdagi cheklovlar belgilandi.
Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi test sinovidan oʻtkaziladi
Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonlik darajasi belgilangan minimal talablar asosida baholanadi.
Oʻzbekiston fuqaroligini olish: yangi qoidalar
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Yoshlar davlat tomonidan qanday qoʻllab-quvvatlanadi
Qaror maqsadi – yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik qoʻllab-quvvatlash, kasb-hunarga oʻrgatish va bandligini ta’minlash ishlarini samarali tashkil etish.
Ot sporti yangi darajaga olib chiqiladi
Prezidentning «Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


