Qurilish chiqindilarini utilizatsiya qilish muammosi qanday hal etiladi
Qurilish chiqindilari birinchi navbatda tegishli texnologiya va quvvatlarga ega korxonalar tomonidan qayta ishlanishi kerak.
Doimiy yashash va vaqtincha boʻlish joylari boʻyicha roʻyxatga olishga doir qanday oʻzgartirishlar kiritildi
Prezidentning Farmoni bilan Oʻzbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi shaxslarning hujjatlarini almashtirishga taalluqli ayrim NHHga oʻzgartirishlar kiritildi.
Prezident tomonidan afv etish tartibi tasdiqlandi
Prezident mahkumning yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaxsning afv etishni soʻrab yozgan iltimosnomasi mavjud yoki mavjud emasligidan qat’i nazar, oʻz tashabbusi bilan istalgan mahkumni yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaxsni afv etishi mumkin.
Davlat dasturi, davlat tili, yoʻl harakati qoidalari va Xalqlar doʻstligi kuni
Ushbu va boshqa masalalar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida muhokama qilindi.
Sud qarorlarini qayta koʻrib chiqish yuzasidan Oliy sud tushuntirish berdi
Sud qarorlari ustidan nazorat tartibida shikoyat berish institutining tugatilishi, sud qarorlari ustidan apellyatsiya va kassatsiya tartibida shikoyat berish tartibi oʻzgartirilishi munosabati bilan sudlar nimaga e’tibor berishlari lozim.
Davlat xaridlari tartib-taomili oʻzgartiriladi
Davlat xaridlarini amalga oshirishda xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish jarayonlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yanada takomillashtirish choralari taqdiqlandi.
Dehqonlar va tomorqa yer egalari moliyaviy qoʻllab-quvvatlanadi
Moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan 200 mlrd soʻm «Tomorqa xizmati» MChJlar, fermer va dehqon xoʻjaliklari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tomorqa yer egalarini moliyaviy ta’minlashga yoʻnaltiriladi.
Qayta baholash va amortizatsiya - 2021 yildagi oʻzgartirishlar
2021 yil 1 yanvardan boshlab asosiy vositalarni majburiy qayta baholash bekor qilindi. Bu foyda soligʻiga qanday ta’sir qiladi?
Xalq ta’limi sohasida uzluksiz kasbiy rivojlantirish joriy etiladi
Har bir xalq ta’limi xodimining elektron portfoliosi shakllantiriladi va unga xodimning kasbiy rivojlanish natijalari va oʻzlashtirgan oʻquv dasturlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Soliqni hisoblashda bozor qiymatidan foydalanish rejalashtirilmoqda
Vazirlar Mahkamasining «Soliq bazasini aniqlashda tovarlarning (xizmatlarning) narxini bozor qiymatidan kelib chiqqan holda belgilash choralari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
1 fevraldan nimalar oʻzgaradi
norma.uz portali 2021 yil 1 fevraldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi.
Oʻzbekiston va Germaniya: maxfiy axborotni almashish sohasida hamkorlik
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati oʻrtasida maxfiy axborotni almashish va oʻzaro muhofaza qilish toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.
Davlat chegarasini qoʻriqlash kuchaytiriladi
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga koʻmaklashuvchi «Chegara posbonlari» otryadlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Ikkita yangi jamgʻarma tashkil etiladi
Ularning faoliyati Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi va Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
Davlat-xususiy sheriklik sohasida qanday oʻzgartirishlar amalga oshiriladi
Xususan, istisno holatlarda DXShni amalga oshirish uchun realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining chet el valyutalariga va shartli birliklarga bogʻlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
Saylov qonunchiligiga tuzatish kiritiladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini koʻrib chiqdilar.
Qachon jamoa moddiy javobgarligi belgilanishi mumkin
Kompaniya doʻkon ochyapti, unda bir vaqtning oʻzida bir nechta sotuvchi ishlaydi. Ish beruvchi barcha qimmatliklar sotuvchilarga bir yoʻla ishonib topshirilayotganligi sababli ularning har biriga yakka tartibdagi moddiy javobgarlikni yuklay olmaydi.
Fitosanitar dala nazorati qanday oʻtkaziladi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan nizom bilan, xususan, oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari yuridik va jismoniy shaxslarning hududiga moneliksiz kirish va dastlabki oʻrganishni amalga oshirishga haqli ekanligi belgilangan.
Yoshlarga oid davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi
Uning asosida Konsepsiya BMTning «Yoshlar–2030» strategiyasida belgilangan «Yoshlar manfaatlarini koʻzlab, ular bilan ishlash» umumiy tamoyili yotadi.
Qanday tovarlar importiga aksiz bekor qilindi va buning narxlarga ta’siri
Oʻzbekiston bilan MDHga a’zo davlatlar oʻrtasida erkin savdo zonasini qoʻllash toʻgʻrisidagi bayonnomaga muvofiq 2020 yil 31 dekabrda Oʻzbekiston tomonidan mahalliy ishlab chiqariladigan va olib kelinadigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalarini unifikatsiyalash uchun qabul qilingan oʻtish davrining muddati tugadi. Bu narxlarga qanday ta’sir koʻrsatadi?
Hosildor yer maydonlari markirovkalanadi
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi organik yer maydonlariga belgi va koʻrsatkichlar oʻrnatish tartibini belgiladi.
TIV huzuridagi Tarjimonlar byurosi tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritiladi
Byuroning boshqaruv xodimlariga nisbatan TIV markaziy apparatida tegishli lavozimlar uchun belgilangan ish haqi va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllaniladi.
Urganchda «Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining filiali ochiladi
Filialda oʻquv jarayoni 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi.
172 ta madaniyat ob’yekti tadbirkorlarga beriladi
Ob’yektlar madaniyat va san’at sohasidagi faoliyat turini saqlab qolish sharti bilan davlat-xususiy sheriklik asosida beriladi.
DBQ kinologiya xizmati takomillashtiriladi
Boshqalar qatorida naslchilik ishlarini samarali olib borishni nazarda tutadigan bojxona organlarining kinologiya xizmati konsepsiyasi tasdiqlandi
Sudyalarga pensiya tayinlash tartibi oʻzgartirildi
Sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritildi.
Toshkent shahri Yangihayot tumanining yurisdiksiya hududi belgilandi
Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralarining oʻzgartirilishi munosabati bilan Jinoyat ishlari boʻyicha Yangihayot tuman sudi tashkil etiladi.
Oʻrmon xoʻjaligi sohasi qayta tashkil etiladi
Prezident tomonidan 21 yanvar kuni «Oʻrmon xoʻjaligi sohasida ilm-fanni rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot ishlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


