Qoʻshib yuborish, qoʻshib olishga va aksiyalarni, ulushlarni olishga doir bitimlarga oldindan rozilik berish osonlashdi
Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatishning ayrim ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi.
Nodavlat tibbiyot tashkilotlariga – bojxona imtiyozlari
Prezidentning 30.05.2020 yildagi «Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan tez tibbiy yordam xizmatlarini koʻrsatish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida»gi PQ-4737-son qarori qabul qilindi.
Avtotransportning vazni va gabaritlari nazorat qilinadi
Choralar avtomobil yoʻllarini saqlash, avtomobil yoʻllarining ta’mirlararo muddatlargacha buzilishining oldini olishga qaratilgan.
Soliqchilarning hujjatlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovnomasiga 5 kun ichida javob berish kerak
DSQ Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni (29.05.2020 yilda 3236-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) tasdiqladi. Hujjat SK 138-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ta’til – 2020: nimalarni hisobga olishga toʻgʻri keladi
Yozgi ta’til pallasi yaqinlashmoqda. Toʻgʻri, bu yilgi pandemiya qarorlar qabul qilish jarayonini birmuncha jadallashtirdi, koʻpchilik rejalashtirilmagan ta’tilga chiqishga ham ulgurdi. Shu jumladan – ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’tilga.
Oʻzbekiston JSTga a’zo boʻlishi uchun maxsus komissiya tuzildi
Vazirlar Mahkamasi uning vazifalari va funksiyalarini belgilovchi, komissiyaning ishlash tartibini tartibga soluvchi Nizomni tasdiqladi.
Nogironligi boʻlgan keksalar uchun turistik yoʻllanma qiymati toʻlab beriladi
I guruh nogironligi boʻlgan keksalar uchun bepul sayohat uyushtirish boʻyicha imtiyoz Vazirlar Mahkamasining 28.05.2020 yildagi 340-son qarori bilan tasdiqlandi.
Ulush kiritish asosida qurish masalalari tartibga solindi
Prezidentning 27.05.2020 yildagi «Koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish chora-tadbirlari haqida»gi PQ-4732-son qarori qabul qilindi.
«Muruntov» koni elektr energiyasi bilan ta’minlanadi
I bosqich konlarni elektr energiyasi bilan ta’minlash investitsiya loyihasi kapital qoʻyilmalarning umumiy qiymati ekvivalentda $113 755 mingni tashkil etadi.
1 iyundan nimalar kuchga kiradi
Inqirozga qarshi kurashish boʻyicha yangi chora-tadbirlar, aksiz stavkalari, gʻallachilikka subsidiyalar, litsenziyalash qoidalariga, birja savdolariga kiritilgan oʻzgartirishlar va boshqa yangiliklar materialimizda jamlangan.
Karantin 15 iyunga qadar uzaytirildi
Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasi qator karantin talablarini ham bekor qildi.
Bola huquqlarini himoya qilish borasida qanday oʻzgarishlar boʻladi
Bola huquqlari boʻyicha vakilning asosiy vazifalari, faoliyat yoʻnalishlari va vakolatlari belgilandi.
Olmaliq KMK rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytiradi
Bu Prezidentning 2020 yil 26 maydagi PQ-4731-son qarorida nazarda tutilgan.
Muzeylarda «ochiq eshiklar kuni», hududlarda qoʻgʻirchoq teatrlari tashkil etiladi
Madaniyat sohasidagi yangiliklar Prezidentning «Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonida nazarda tutilgan.
Madaniyat vazirligi tuzilmasi oʻzgartirildi
Prezidentning 26.05.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
Koʻkrak nishoni, orden va medal ta’sis etildi
26 may kuni Prezident tomonidan «Mehr-saxovat» koʻkrak nishoni, «Salomatlik» ordeni va «Sogʻlom turmush» medalini ta’sis etish toʻgʻrisidagi hujjatlar imzolandi.
Teatrlar va muzeylar monetizatsiya qilinadi
Unda gid-tarjimon, marketolog hamda teatr va muzeylarning xizmatlarini monetizatsiya qilish boʻyicha mutaxassis lavozimlari joriy etiladi, bu Vazirlar Mahkamasining 23.05.2020 yildagi 325-son qarorida belgilangan.
Masofaviy ishga oʻtkazish va avvalgi ish rejimiga qaytishni qanday qilib toʻgʻri rasmiylashtirish mumkin
Soʻnggi paytda karantin choralari sekin-asta yumshatilayotganiga qaramay, xotirjam boʻlishga hali erta. Bironta hudud kasallik yana qoʻzgʻashi va biznes uchun qoidalar qat’iylashtirilishidan sugʻurtalangan emas.
Qurilish pudrati shartnomasida narx qayday oʻzgartiriladi
Qurilish pudrati shartnomasi taraflari narxni oʻzgartirish zaruratiga duch kelishlari mumkin. Juda sodda taomildek tuyuladi, biroq unda ham toʻgʻanoqlar boʻlishi mumkin. Bunday vaziyatlarni batafsil koʻrib chiqishga harakat qilamiz.
Davlatning moliyaviy yordami bilan turizm tiklanmoqda
Prezident tomonidan 28 may kuni pandemiyaning salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi Farmon imzolandi.
Don saqlash korxonalari uchun yangi normalar belgilandi
Boshoqli don maydonlari va omborlariga boʻlgan talablarni, ularni inspeksiya qilish tartibini belgilaydigan ikkita nizom tasdiqlandi.
Hududlarda Yoshlar texnoparklari tashkil etiladi
Ularning asosiy vazifalari yoshlarning intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini oshirishdan iborat boʻladi.
Monopolistning maqomi qayta koʻrib chiqiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 may kuni iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash va iste’molchilar huquqini himoya qilish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.
Poytaxtda va Toshkent viloyatida qanday roʻyxatga olinadi
Yangi tartib joriy yilning 1 sentyabridan kuchga kiradi, amaldagi Nizom ushbu sanadan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Veterinarlarga litsenziya – DXM yoki YaIDXP orqali
Shu yilning yakuniga kelib "VIS-LICENSE" axborot tizimi ishlab chiqilib, unga veterinariya faoliyatini yuritish uchun litsenziya olgan shaxslar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Ijtimoiy himoya: ikkita nafaqa va ikkita ma’lumotnoma – davlat xizmatlari markazlari orqali
Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi.
Xorijiy aviatsiya parvozlarga ruxsatnoma oladi
Xorijiy davlatlar fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining ekspluatantlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom qabul qilindi.
Keksalar muammolari bilan Nuroniylar jamoatchilik kengashlari shugʻullanadi
Vazirlar Mahkamasining 23.05.2020 yildagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman va shaharlarda nuroniylar jamoatchilik kengashlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 326-son qarori qabul qilindi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


