Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
10.12.19

Buxgalteriya hisobida soliq va bojxona imtiyozlari qanday aks ettiriladi

Siz oʻz imtiyozlaringizni 2019 yilda toʻgʻri hisobga oldingizmi? 17 dekabr kuni «Norma» kompaniyasi mahsulotlari foydalanuvchilari uchun bepul vebinar oʻtkaziladi.

10.12.19

MIZ ishtirokchilariga koʻproq imtiyozlar beriladi

“Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonun 9 dekabr kuni ikkinchi oʻqishdan oʻtdi.

10.12.19

Deputatlar yangi tahrirdagi Soliq kodeksini qabul qildilar

9 dekabr kuni Qonunchilik palatasining majlisida ikkinchi oʻqishda «Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi taqdim etildi.

10.12.19

EKIH qonunlardan chiqarildi – endi qanday hisoblanadi

Bunga javobni 50 dan ortiq qonun hujjatlariga, shu jumladan 12 ta kodeksga kiritilgan tuzatishlardan topish mumkin.

10.12.19 NHH loyihalari
10.12.19

Soliq toʻlovchilar qanday segmentlanadi

DSQ Moliya vazirligi bilan birgalikda soliq organlarida soliq xatarlarini baholash va soliq toʻlovchilarning insofliligini segmentlash mezonlari boʻyicha nizom loyihasini ishlab chiqdi.

10.12.19 NHH loyihalari
10.12.19

Tadbirkorlik sub’yektlarining elektr tarmoqlariga ulanishi soddalashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi QHTBT portalida joylashtirildi. Maqsad – hisoblagichlarni tekshiruvdan oʻtkazish va xarajatlarni optimallashtirish.

09.12.19

Retseptsiz preparatlar kamaydi

Retseptsiz beriladigan dori vositalarining yangi roʻyxati e’lon qilindi.

09.12.19

«Non uchun» kompensatsiya – kimga va qancha

Moliya vazirligi Pensiya jamgʻarmasining un va qolipli non olish uchun kompensatsiya berilishi toʻgʻrisidagi tushuntirishini e’lon qildi.

09.12.19

Iste’mol savatchasi hisoblanadi, uch darajali pensiya ta’minoti joriy etiladi

Yaqinda boʻlib oʻtgan yigʻilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

09.12.19

Onlayn-NKM va virtual kassa qanday oʻrnatiladi va roʻyxatdan oʻtkaziladi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qoʻllanilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar qabul qilindi.

09.12.19

Oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtadigan dastlabki 10 ta OTM belgilandi

Ular Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 dekabrdagi 967-son qarorida keltirilgan.

09.12.19

Prezident 92 nafar mahkumni afv etdi

Tegishli Farmonga sharh “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan.

09.12.19

Chiqindi poligoni turar joylardan 500 metr narida joylashtiriladi

Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma tasdiqlandi.

09.12.19

Qimmatli qogʻozlar faqat joylashtirilganidan keyin sotiladi

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan qimmatli qogʻozlar muomalasi maxsus tartibi belgilandi.

06.12.19

Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish qanchaga tushadi

Ob’yektlarni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqishning bazaviy qiymati va tuzatish koeffitsiyentlari tizimi tasdiqlandi.

06.12.19

Bu qanday ishlaydi: qurilish boshlash haqida xabarnoma

Qurilish-montaj ishlarini boshlash haqida xabarnoma yuborish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

06.12.19

Muhandis olimlarning maoshi oshirildi

ITIning ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik ta’minlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat koʻrsatish vazifalari yuklatilgan muhandis-texnik xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari qayta indeksatsiyalandi.

06.12.19

Davlat xaridlari: 2020 yilda nima oʻzgaradi

Prezident 5 dekabr kuni davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va ularga tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi.

05.12.19

Soliq organlari faoliyatini baholang

Davlat soliq qoʻmitasi soliq organlari faoliyati samaradorligini jamoatchilik fikri asosida reyting baholash maqsadida soʻrovnoma oʻtkazmoqda.

05.12.19

Volontyorlikning huquqiy doirasi belgilandi

2.12.2019 yildagi “Volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-585-son Qonun e’lon qilindi.

05.12.19

3000 dan ortiq tadbirkor ayollarga imtiyozli kreditlar beriladi

Bu Hukumatning xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash va ular oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorida nazarda tutilgan.

04.12.19

Qishloq xoʻjaligi texnikasini sotib oluvchilarga – subsidiyalar, kombaynlarni yetkazib beruvchilarga – kompensatsiya

Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

04.12.19

Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashi qanday tuzilgan

Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

04.12.19

Hunarmandlarga yanada koʻproq imtiyozlar berildi

Hunarmandlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar Prezidentning 28 noyabrdagi qarorida nazarda tutilgan.

04.12.19

2020 yildan boshlab BYuDda tovar qaysi soha uchun olib kirilayotganligini koʻrsatish lozim

Buning uchun maxsus Tasniflagich tasdiqlandi. Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga bu va boshqa tuzatishlar kiritiildi. Ular 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

04.12.19

Toshkent viloyati Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasi 21.11.2019 yildagi “Toshkent viloyatida obodonlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 931-son qarorni qabul qildi.

03.12.19

Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis oldida hisobdorligiga tuzatish kiritildi

Oliy Majlis Senatining yigirma toʻrtinchi yalpi majlisida Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisidagi qonunning yangi tahriri ma’qullandi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.