Madaniy meros ob’yektlarini qayta hisoblab chiqishdi
Hukumat Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari milliy roʻyxatini tasdiqladi.
IIB xodimlari va harbiy xizmatchilariga – imtiyozli kvartiralar
Investor va tadbirkorlik sub’yektlariga koʻp kvartirali uylarni «tayyor holda topshirish» shartlarida qurish uchun IIV va uning hududiy boʻlinmalarining foydalanilmaydigan yer uchastkalari, bino va ob’yektlari beriladi.
Uchta tumanda suvni tejash rejimiga oʻtiladi
Hukumat Nurota, Qoʻshrabot hamda Zomin tumanlarida yer osti suvlaridan oqilona foydalanishni ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarni tasdiqladi.
Davlat organlari xorijiy grantlar bilan qanday ishlaydi
Prezidentning 10.10.2019 yildagi “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5848-son Farmoni imzolandi.
Soʻm devalvatsiyasi jismoniy shaxslar depozitlariga ta’sir koʻrsatmadi
2019 yilning iyul-avgust oylarida ichki va tashqi omillar ta’sirida xorijiy valyutaga boʻlgan talab oʻsdi, natijada soʻm devalvatsiyasi tezlashdi.
Oʻzbekiston «Top-20 islohotchi mamlakatlar» qatoridan joy oldi
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi 24 oktyabr kuni e’lon qilinadigan «Biznes yuritish – 2020» yillik hisobotida davlatimizning oʻrni salmoqli darajada yaxshilanishini prognoz qilmoqda.
Stomatolog talabalar ikkita OTM diplomini oladilar
Toshkent davlat stomatologiya instituti Janubiy Qozogʻiston tibbiyot akademiyasi bilan qoʻshma fakultet tashkil etish boʻyicha shartnoma imzoladi.
Axborot xizmat rahbarlari oʻz reytingiga ega
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan oʻtkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi tasdiqlandi.
Yuridik kollejlar ta’mirlanadi va kutubxonalari yangilanadi
2020-2024 yillar davrida mamlakat boʻyicha barcha 14 ta yuridik kollejda bosqichma-bosqich rekonstruksiya, kapital ta’mirlash va jihozlash amalga oshiriladi.
Qaysi maishiy texnikada energiya samaradorligi klassi koʻrsatilishi shart
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan va sotiladigan, texnik hujjatlarida, markirovkasida va etiketkalarida energiya samaradorligining tegishli klassi toʻgʻrisidagi axborotlarning majburiy mavjud boʻlishi haqidagi talab tatbiq etiladigan maishiy elektr priborlari roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritildi.
Metsenatlarga – imtiyozlar va ehtirom
16.10.2019 yildagi “Metsenatlik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-571-son Qonun e’lon qilindi.
Ichimlik suvi yangi talablar boʻyicha sertifikatlanadi
Idishda qadoqlangan ichimlik suvining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi.
Davlat xizmatchilari tanlov asosida ikki bosqichda ishga olinadi
2020 yil 1 yanvardan yangi tartib ayrim muassasalar va hududlarda tajriba tariqasida, bir yildan keyin esa barcha hududlarda amal qilishni boshlaydi.
5 yil ichida kamida 1000 amaldor xorijiy stajirovkaga yuboriladi
Quyi va oʻrta boʻgʻindagi istiqbolli davlat xizmatchilarini Janubiy Koreya, BAA, Yevropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan davlatlarga bosqichma-bosqich yuborish boʻyicha 5 yillik dastur ishlab chiqiladi.
Adliya vazirligi kengashi qanday apellyatsiyalarni koʻrib chiqadi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
2020 yil 1 yanvardan import boʻyicha stavkalar yangilanadi
Import bojxona bojlari va mamlakatga olib kiriladigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari qayta koʻrib chiqildi. Oʻzgartirishlar 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
Un birja orqali erkin narxlarda sotiladi
Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini toʻliq joriy etish chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Xorijiy investorlarga yashash guvohnomasi berish tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 oktyabrdagi 864-son qarori bilan qonunosti hujjatlariga tegishli qoʻshimchalar kiritildi.
Investitsiya vizasi qanday olinadi
Mexanizm Hukumatning ayrim qarorlarida belgilangan.
MDHda muzey eksponatlari uchun sudning immuniteti nazarda tutilgan
Oʻzbekiston MDH ishtirokchi-davlatlarining muzey ishi sohasida hamkorligi toʻgʻrisidagi bitimga qoʻshildi
Suv yetkazib berish xarajatlarining bir qismi iste’molchilar zimmasiga tushadi
Prezident 9.10.2019 yildagi «Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi.
Maktab xodimlariga ustamalar qanday belgilanadi
Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Tovarlarning koʻpi birja orqali sotiladi
Prezident 8 oktyabrda tovar-xom ashyo birjalari faoliyati samaradorligini oshirish va birja savdosi mexanizmlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan qarorni imzoladi.
MB valyutani naqdlashtirish uchun komissiyani ma’lum qildi
Regulyatorning soʻzlariga koʻra, bank kassalari orqali xalqaro toʻlov kartalaridagi (XTK) xorijiy valyutani naqdlashtirish uchun komissiya 0,5 – 1%ni tashkil etadi, ayrim banklarda umuman bepul. Bu MDH boʻyicha oʻrtachadan pastdir (2%).
Yangi Mehnat kodeksida qanday oʻzgarishlar boʻladi
Asosiy ta’tilning eng kam miqdorini oshirish, muddatli mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan homilador ayollarni ishdan boʻshatishga yoʻl qoʻymaslik – bu va boshqa taklif etilayotgan yangiliklar sharhimizda.
Koʻp kvartirali uyni qanday boshqarishni unda yashovchilar belgilaydi
Yalpi majlisda senatorlar “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonunni ma’qullashdi.
Senatorlar “Mudofaa toʻgʻrisida”gi Qonunni ma’qullashdi
Senatorlar tomonidan yalpi majlis kun tartibi doirasida “Mudofaa toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri koʻrib chiqildi.
Goʻdakni qanday oziqlantirish – qonunda belgilangan
23-yalpi majlisda 11 oktyabr juma kuni senatorlar “Ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash hamda goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar toʻgʻrisida”gi Qonunni ma’qullashdi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


