Gender tenglik masalalari Senatga biriktirildi
Oliy Majlis Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi tashkil etildi.
Majburiy mehnat muammolari haqida - har yili Prezidentga axborot beriladi
Bu haqda davlatimiz rahbarining tegishli Farmonida bayon etilgan
15 avgustdan gaz uchun tariflar oʻzgaradi
Bu haqda “Oʻztransgaz” AJ oʻzining saytida xabar berdi.
Buxgalteriya hisobi kursiga qabul boshlandi
«Norma» PRM X.Madalxonovaning «Buxgalteriya hisobi – noldan balansgacha» oʻquv kursiga taklif etadi. Kurs 19 avgust kuni boshlanadi.
Oʻzbekistonga Moskva shahridagi Butunrossiya koʻrgazma markazi paviloni ajratiladi
Prezident 2019 yil 30 may kuni Urganch shahrida imzolangan hukumatlararo bitimni tasdiqladi
Bolalar bogʻchasida ovqatlantirish autsorsingga beriladi
Vazirlar Mahkamasining 25.07.2019 yildagi “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 626-son qarori qabul qilindi.
Hammasi kadrlar ishini yuritish haqida
«Norma» PRM «Kadrlar ishini yuritish» kursiga taklif etadi. Mashgʻulotlar 5 dan 16 avgustgacha oʻtkaziladi.
Pensiyani istalgan bank kartasiga olish mumkin
Pensiya tizimida keng koʻlamli islohotlar oʻtkazilmoqda. Yangilanishlar munosabati bilan bir talay savollar ham yuzaga kelmoqda. Ulardan ayrimlari – pensiya va nafaqalarni tayinlash va toʻlash, shuningdek ish beruvchilar va ishlaydigan pensionerlarning majburiyatlariga taalluqli masalalarni, tahririyatning iltimosiga koʻra Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasida sharhlab berishdi.
Ta’lim olganlik haqidagi xorijiy hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalashni birlashtirdilar
Yangilangan tartib-taomil joriy etilmoqda, ilgari amalda boʻlgan Nizom oʻz kuchini yoʻqotdi.
Oʻzbekistonning barcha hududlari uchun. Vebinar-praktikum: «Foyda soligʻi»
Vebinarning 50%i – amaliyot, real vaziyatlar va aniq maslahatlarni oʻz ichiga oladi. Har bir qatnashchi foyda soligʻini hisoblashni osonlik bilan tushunib oladi.
Oʻzbekistonda bolalar va ayollar holati monitoring qilinadi
Bu Vazirlar Mahkamasining 24.07.2019 yildagi “2020-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 625-son qarorida nazarda tutilgan.
Koʻchmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qoʻyish – faqat jismoniy shaxslar oʻrtasida
Koʻchmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizomga tegishli tuzatishlar kiritildi.
Umumiy ovqatlanish va koʻngilochar muassasalar tunu kun ishlashi mumkin
Buning uchun ular Vazirlar Mahkamasining 24.07.2019 yildagi 624-son qarorida belgilangan qator talablarni bajarishi lozim.
Notariat navbatdagi islohotlar boʻsagʻasida
Prezident Farmoni muhokamaga qoʻyildi, unda xususiy notariatga oʻtish, uy-joy oldi-sotdisiga oid bitimlar va avtomobil boshqarishga ishonchnomalarni soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirish, notarial harakatlarning yangi shakllarini joriy etish, Notariuslar palatasini tashkil etish va boshqalar nazarda tutilgan.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni roʻyxatdan oʻtkazish qanchaga tushadi
Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlar va ular boʻyicha tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar narxlari tasdiqlandi
Andijon viloyatida 5 ta yangi KSZ barpo etiladi
Andijon viloyatining 2019-2022 yillardagi sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi
Majburiy tibbiy sugʻurta uch bosqichda joriy etiladi
Tajriba 2021 yilda Sirdaryo viloyatida oʻtkaziladi, 2023 yildan Qoraqalpogʻiston, Toshkent, Samarqand, Navoiy, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida, 2025 yildan esa butun mamlakat boʻylab joriy etiladi.
15 ta mashgʻulotdan oʻtib buxgalter boʻling va oʻqish uchun 270 000 soʻmlik chegirmani qoʻlga kiriting!
Yuqori maosh toʻlanadigan kasb egasi boʻlmoqchimisiz? Masofadan ishlash yoki erkin ish rejimiga nima deysiz?
Kommunal xizmat: qarzlar mushkul vaziyatga solib qoʻymasin
Kommunal xizmatlar boʻyicha toʻlovlardan qarz mavjud boʻlganda yuzaga keladigan noxushliklardan qanday xalos boʻlish mumkin? Bu va boshqa savollarga Majburiy ijro byurosi boʻlimining katta inspektori Alibek Kuanishov javob berdi.
Goʻsht-sut mahsulotlari yetishtirishga – Xitoy investitsiyalari
Jizzax viloyatida «DELMOR» Xitoy kompaniyasi ishtirokida goʻsht-sut yoʻnalishida agrosanoat klasteri tashkil etiladi
Soddalashtirilgan iqtisodiy sud ishini yuritishda muammolar mavjud
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan ba’zi vaziyatlarda qonundagi kamchiliklar tufayli debitorlarga da’vo talablarini taqdim etish imkoniyatining yoʻqligi juda jiddiy muammo hisoblanadi. U qisqa muddatlarda hal etilishi kerak.
Jurnalistlarda kasb etikasi kodeksi paydo boʻldi
U Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining IV konferensiyasida tasdiqlangan.
Siqilgan gaz, alkogol va tamaki uchun aksiz oshiriladi
Yangi stavkalar Prezidentning 2019 yil 24 iyuldagi PF-5771-son Farmoni bilan tasdiqlangan.
Toshkentda bodikamerali YPX xodimlari paydo boʻldi
22 iyuldan boshlab poytaxtimiz koʻchalarida yangi jihoz sinovdan oʻtkazilmoqda.
Foydali qazilmalar uchastkalari – har yilgi investitsiyaviy portfelga
Prezidentning 23 iyuldagi qarorida yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganishni takomillashtirish va 2020-2021 yillarda mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturini amalga oshirish nazarda tutilgan.
Yer, kredit ajratilishi, binolar buzilishi: muammo va yechimlar
Prezident 23 iyul kuni kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishini oʻtkazdi.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish tizimi ishga tushiriladi
“Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish va undan foydalanishni tashkil etish reglamenti tasdiqlandi
Yoʻllarda – jarima toʻlovchilarni aniqlash boʻyicha reyd
22 iyuldan boshlab poytaxt YHXB xodimlari Majburiy ijro byurosi vakillari bilan hamkorlikda YHQni buzib, jarimani belgilangan muddatda toʻlamagan haydovchilarni aniqlashga qaratilgan tadbirlar oʻtkazishni boshladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


