Litsenziya olish uchun – Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligiga
Prezidentning 10.04.2019 yildagi PF–5707-son Farmoni bilan 2019–2021 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi joylarga chiqib amaldorlar ishining samaradorligini koʻrib chiqadi
Vazirlar Mahkamasining hududlarda mavzuli sayyor majlislarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Qachon taksi agregatori zimmasiga javobgarlik yuklatiladi
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar taksi agregatorlari ishidan norozilik bildirishda davom etmoqdalar. Yoʻlovchilar oldida kim javobgar boʻladi, ushbu shikoyatlarga qanday barham berish mumkin? norma.uz portali muxbiri ushbu savollarga javob izladi
Davlat korxonalari soliqlardan tashqari yana nimalarni toʻlaydilar
QHTBT portalida Aksiyadorlik jamiyatlarining davlat ulushlari boʻyicha hisoblangan dividendlarni va davlat unitar korxonalarining sof foydasidan ajratmalarni byudjetga undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi e’lon qilindi
Davlat MTMga navbatni onlayn kuzatish mumkin
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ana shunday imkoniyatni taqdim etmoqda
Tovarlarni markirovkalash ishonchli kompaniya zimmasiga yuklatiladi
LBMA alohida turdagi tovarlarni markirovkalashning joriy etilayotgan majburiy tizimi toʻgʻrisida rasmiy bayonot berdi
Poytaxtda sovuq suv uchun maxsus ustamaning amal qilish muddati uzaytirildi
Toshkent shahar hokimining 12.01.2018 yildagi 69-son qarori bilan Toshkent shahrida sovuq suv uchun maxsus ustama miqdori – 1 m3 uchun 100 soʻm belgilangan
Farmatsevtika mahsulotlarini import qilish tartibiga qanday oʻzgartirishlar kiritildi
Prezidentning 10.04.2019 yildagi «2019–2021 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5707-son Farmoni qabul qilindi
Chaqiriluvchilarni tanlab olishda sinovlar qat’iylashtirildi
Chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish va muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun tanlab olishning yangilangan tartibi tasdiqlandi
Indoneziya kompaniyasi Fargʻona NQIZni modernizatsiya qiladi
Prezidentning 10.04.2019 yildagi “Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4275-son qarori qabul qilindi
Andijonda xorijiy universitet ochiladi
Prezidentning 10.04.2019 yildagi «Oʻzbekistonda Sharda universitetini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ–4278-son qarori qabul qilindi
Xaridorlarning puli qayerga ketayapti
Soliqlardan qochish niyatida naqd pulni yashirish – barchaga tanish usul. Bugungi kunda bu yoʻlda zamonaviy texnologiyalarni ham ishga solmoqdalar. Buni bartaraf etish – soliqchilarning vazifasi. U qanchalik samarali hal etilsa, Davlat byudjetiga tushumlar toʻliq kelib tushadi, xaridorlar firibgarlardan, tovar va xizmatlar uchun ortiqcha haq toʻlashdan himoya qilinadi
Energetika sohasidagi qonunchilikka tuzatishlar kiritilishi kutilmoqda
10 aprel kuni Parlament quyi palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari a’zolari «Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini muhokama qildilar
NHH loyihalari bilan elektron formatda ishlanadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi joriy etilmoqda
10 apreldan - avtomobillarni «kunduzi chiroq yoqib»
Endi barcha haydovchilar kunning yorugʻ vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoki kunduzgi signal chiroqlarni yoqib harakatlanishlari shart. YHQda yana qanday oʻzgartirishlar boʻlganligi haqida - sharhimizda.
Nima sababdan turbiznes uchun QQSning nol darajali stavkasini qoʻllagan afzal
Toʻrt oydirki turistik biznes vakillari Soliq kodeksining turistik-ekskursiya xizmatlari koʻrsatish oborotlarini QQS toʻlashdan ozod qiluvchi normasini qoʻllash uchun shart-sharoitlar me’yorlashtirilishiga erishmoqchilar
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish: maqsad belgilanib, ijrosi nazorat qilinadi
«Strategik rejalashtirish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokama qilish uchun QHTBTga joylashtirildi
Sudyalar va xalq maslahatchilarining yoshini oshirmoqchilar
QHTBT portalida «Sudlar toʻgʻrisida» va «Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida»gi qonunlarga tuzatishlar loyihasi e’lon qilindi
I chorakda sudlar tomonidan 147 nafar shaxs oqlandi va reabilitatsiya qilindi
Oliy sud matbuot xizmati jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning 2019 yil I choragi davomidagi faoliyati haqida axborot berdi
Statistika yanada shaffof boʻladi
Bu Prezidentning 2019 yil 9 apreldagi qarori bilan belgilangan
Oʻquvchilar muqobil darsliklardan foydalanib oʻqishlari mumkin
Vazirlar Mahkamasining 5.04.2019 yildagi 281-son qarorida umumta’lim maktablari uchun bunday darsliklarni yaratish va ulardan foydalanish tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish nazarda tutilgan
knigi.uz internet-doʻkoni taklif qiladi
knigi.uz internet-doʻkoni boshlovchi buxgalterlarga foydali boʻlgan kitoblarni taklif qiladi
Foyda soligʻi qanday hisoblanadi, toʻlanadi va u boʻyicha hisobot beriladi
«Norma» PRMda Nigora Madraimovaning 12 va 13 aprel kunlari oʻtkaziladigan «2019 yil uchun yangi tartibda foyda soligʻini hisoblash, hisobot topshirish va toʻlash tartibi» oʻquv kursiga qabul nihoyalanmoqda
Taksi uchun litsenziya: nimalarga e’tibor berish lozim
Xususiy tashish bilan shugʻullanuvchi yengil avtomobil egalari legallashtirilishi, soliqlarni toʻlashi, yoʻlovchilar xavfsizligi va ularga xizmat koʻrsatish sifati oshishi zarur. QHTBT portalida muhokama qilinayotgan Prezident qarori loyihasi ushbu maqsadlarga erishishga qaratilgan
Xususiy klinikalardagi psixiatrlar kabinetlari qanday jihozlanadi
«Psixiatriya» va «tibbiy buyumlar va uskunalar sterilizatsiyasi» ixtisoslik turlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tibbiy asbob-uskunalarga eng kam talablar tasdiqlandi
DXXda ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmati koʻrsatiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va boʻlinmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Investitsiya loyihalari 4 ta roʻyxatga boʻlinadi
Prezident raisligida 8 aprel kuni toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarning amalga oshirilishi boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi
Qonunning yangi tahririda NHHning har bir turi aniqlashtiriladi
8 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha Komissiyaning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


