CCP elektron a’zolik guvohnomalarini joriy etdi
Savdo-sanoat palatasi oʻz a’zolari uchun elektron guvohnoma berish tizimi joriy etilganini ma’lum qildi
Cud protsesslari xavfsizligi qanday ta’minlanadi
Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (15.03.2018 yilda 2981-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) e’lon qilindi
1 maydan boshlab xususiy klinikalarga ayrim ruhiy kasalliklarni davolashga ruxsat beriladi
Prezidentning 16.03.2018 yildagi «Psixiatriya yordami koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Ekstraksion paxta moyi faqat «Oʻzpaxtayogʻ» AJ korxonalariga sotiladi
Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining qarori (14.03.2018 yilda 2979-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Sanoatda qayta ishlash uchun moʻljallangan ekstraksion paxta moyini birja savdolari orqali faqat «Oʻzpaxtayogʻ» aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalariga sotilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani 1 aprelgacha topshiring
Davlat soliq qoʻmitasi jismoniy shaxslar – ayrim toifadagi soliq toʻlovchilar jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyani topshirishlari shartligini eslatib oʻtadi
Toshkent viloyatida bogʻcha qurish uchun ob’yektlar tanlov savdolariga qoʻyildi
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi bolalar bogʻchasi tashkil etish sharti bilan viloyatdagi bir qancha ob’yektlarni tanlov savdolariga qoʻydi
Sayyor kassalar pensiya va nafaqalarni qanday toʻlaydilar
Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining qarori (14.03.2018 yilda 2980-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boʻlinmalari orqali ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisida yoʻriqnoma tasdiqlandi
Toʻy-hashamlarni tashkil etuvchi tadbirkorlarning ish reglamenti tasdiqlanadi
QHTBT portalida Oliy Majlis Senatining «Toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilishini tartibga solish toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi joylashtirildi
Maslahatchilar yordam beradi
Resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish, sotish bozorlarini kengaytirish – milliy biznes oldida ana shunday maqsadlar turibdi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan amalga oshirilayotgan «Kichik biznes uchun maslahatlar» dasturi ularga erishishda yordam bera oladi
Kompaniya yoki mahsulotga nom qanday tanlanadi?
Firmaga nom tanlash farzandga ism qoʻyishdek gap. Mas’uliyat bilan yondashmasa boʻlmaydi. Chunki u korxonaning yuzi hisoblanadi, tovar va xizmatlarning xaridorgirligini oshirishda xizmati katta
Elektr energiyasi 12%ga qimmatlashdi
«Oʻzbekenergo» AJ 1 apreldan boshlab elektr energiyasining tariflari oshganligi haqida ma’lum qildi. Tariflarning yangilangan reyestri Moliya vazirligi tomonidan 2018 yil 14 martda tasdiqlangan
Qorakoʻl ishlab chiqaruvchilarining yagona yer soligʻi stavkalari 2023 yilgacha «muzlatib qoʻyildi»
Prezidentning 14.03.2018 yildagi «Qorakoʻlchilik sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Yirik korxonalar foydasining 10%i – innovatsiyalarga
Vazirlar Mahkamasining 12.03.2018 yildagi 195-son qarori bilan Xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalaridagi Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi
MXX Davlat xavfsizlik xizmati sifatida qayta tashkil etildi
Prezidentning 14.03.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5379-son Farmoni imzolandi
Eksportda naqd valyutani qabul qilishga ruxsat berildi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 1165-7, 14.03.2018 y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Statistika hisobotining yangi shakllari: investitsiyalar va madaniy meros boʻyicha
Davlat statistika qoʻmitasining qarori (roʻyxat raqami 2956-1, 12.03.2018 y.) bilan 2018 yil uchun statistika hisoboti shakllariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Nogironligi boʻlgan shaxslarning reabilitatsiyasi bilan maxsus jamgʻarma shugʻullanadi
Vazirlar Mahkamasining 9.03.2018 yildagi 190-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
16 martdan boshlab Tojikiston fuqarolari Oʻzbekistonga 30 kunga vizasiz kira oladilar
Prezidentning 14.03.2018 yildagi «Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida»gi PQ–3604-son qarori imzolandi
5 ming AQSh dollaridan ortiq valyutani olib chiqish ustidan nazorat kuchaytirildi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 2678-2, 12.03.2018 y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Kasb xatolaridan sugʻurtalanish – normal holat
Turli hujjatlar, ekspert xulosalari, qoʻllanmalarni tayyorlash bilan bogʻliq «intellektual mehnat» xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlari orasida kasbiy javobgarlikni sugʻurtalashga talab katta. Ushbu maqolada mahalliy kompaniyalarning tegishli takliflarini sharhlaymiz
Roʻyxatdan oʻtmasdan tadbirkorlik bilan shugʻullanganlik uchun yillik soliq har oyning 10-sanasigacha qoplanadi
Moliya vazirligi va DSQning qarori (12.03.2018 yilda 2463-1-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslardan qat’iy belgilangan soliqni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
«MUIC» rezidentlari majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtadilar
Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi a’zolari 1 iyulga qadar auditorlik tekshiruvidan oʻtishlari va auditorlik xulosasining nusxasini markaz Direksiyasiga yuborishlari shart
Soʻmni olib chiqishga ruxsatnomani Markaziy bankning bosh boshqarmasi beradi
MB va DBQning qarori (12.03.2018 yilda 1326-2-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi
Abay Qoʻnonboyev ijodi keng oʻrganiladi
Prezidentning «Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qoʻnonboyev ijodiy merosini keng oʻrganish va targʻib qilish toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Idoralararo elektron hamkorlik tizimi majburiy ijroni yengillashtiradi
Prezidentning 13.03.2018 yildagi «Ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari boʻyicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini yaratish toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
«Hunarmand» uyushmasi xususiylashtirishda yordam beradi
Vazirlar Mahkamasining 7.03.2018 yildagi 186-son qarori bilan ayrim qonun hujjatlariga hunarmandlarni qoʻllab-quvvatlashga doir tuzatishlar kiritildi
Ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarni «Welcome to Uzbekistan» belgisida markirovkalashi shart
«Oʻzstandart» agentligi O’zDSt 3284:2017 Davlat standartini tasdiqladi. «Oʻzbekiston Respublikasi standartlashtirish tizimi. Eksport qilinayotgan mahsulot markirovkasida ifodalanadigan tovar belgisi. Asosiy qoidalar»
Sanoat va qurilish korxonalarining pasportlari 1.04.2018 yilgacha topshirilishi shart
Toʻldirilgan shakllar Internet tarmogʻi orqali, Davlat statistika qoʻmitasining dasturiy-texnologik vositalaridan foydalangan holda yuboriladi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


