Biznesda koʻproq foyda qoladi
Foyda soligʻi stavkasining 7,5%dan 14%gacha oshirilishi obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻining bekor qilinishi munosabati bilan foydaga nisbatan soliq yukining kamayishiga olib keladi
Yagona soliq toʻlovi stavkalari oʻzgarmadi
2018 yilda soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllaydigan korxonalar uchun YaST stavkalari 2017 yilgi darajada saqlanib qolindi
1 apreldan boshlab QQS boʻyicha alohida imtiyozlar bekor qilinadi
29.12.2017 yildagi OʻRQ–454-son Qonun bilan Soliq kodeksiga tegishli tuzatishlar kiritildi
Bolalar bogʻchasi uchun toʻlov indeksatsiya qilindi
Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ-3454-son qarori bilan byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun 2018 yilda ota-onalardan olinadigan toʻlov miqdorlari tasdiqlandi
Notijorat tashkilotlar 2018 yildan YaST toʻlashga haqli
Tadbirkorlik faoliyatidan daromadlar oladigan notijorat tashkilotlar soliq solish tizimini tanlash huquqiga ega boʻlishdi
Yuridik shaxslar yer soligʻini har oyda toʻlaydi, u boʻyicha hisob-kitobni 10 yanvargacha topshiradi
Bunday yangi norma 29.12.2017 yildagi OʻRQ–454-son «Soliq va byudjet siyosatining 2018 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun bilan koʻzda tutilgan
Prezident makroiqtisodiy prognoz va Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqladi
Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ–3454-son «Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
ShJBPHga majburiy badallar stavkasi 2%gacha oshirildi
Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ–3454-son qarori bilan shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarning yangi stavkasi tasdiqlandi
2018 yildan bitta soliq kamayadi
Soliq kodeksining matnidan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi toʻgʻrisidagi barcha eslatmalar olib tashlandi
Ustav fondiga yoʻnaltiriladigan dividendlar boʻyicha imtiyoz bekor qilindi
Bunday oʻzgartirishlar Soliq kodeksiga 29.12.2017 yildagi OʻRQ-454-son «Soliq va byudjet siyosatining 2018 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun bilan kiritildi
Yerdan hujjatsiz foydalanganlik uchun jarima 2 karra oshirildi
29.12.2017 yildagi OʻRQ–454-son «Soliq va byudjet siyosatining 2018 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun bilan Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq ob’yektlari roʻyxati qisqartirildi
29.12.2017 yildagi OʻRQ-454-son Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan mol-mulk soligʻi faqat koʻchmas mulkka solinadi
1.01.2018 yildan boshlab alkogol uchun eng kam narxlar oshadi
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining qarori (AV tomonidan 2017 yil 29 dekabrda 2959-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar qayta koʻrib chiqildi
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq oshadi, biroq 20%dan koʻp emas
29.12.2017 yildagi OʻRQ-454-son Qonun va Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ-3454-son qarori bilan jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning soliq solinadigan bazasi va stavkalari oʻzgartirildi
«Kelajak bunyodkori» medali ta’sis etildi
28.12.2017 yildagi OʻRQ-451-son Qonun bilan «Kelajak bunyodkori» medali toʻgʻrisidagi nizom va uning tavsifi tasdiqlandi
Oʻzbekistonda yangi daraxtzorlar paydo boʻladi
Vazirlar Mahkamasining 20.12.2017 yildagi 1004-son «Suv xoʻjaligi ob’yektlari boʻylarida ihota va daraxtzorlar barpo etish hamda hududlarni obodonlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
2018 yil uchun Davlat dasturi loyihasi 5 yanvargacha ishlab chiqiladi
Prezidentning 28.12.2017 yildagi F-5155-son farmoyishi bilan “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili» yilida Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturi loyihasini tayyorlash boʻyicha Yigʻma ishchi guruh tashkil etildi
BIR.UZ tizimi boʻyicha birinchi imtihon sessiyasi qanday oʻtdi
16-17 dekabr kunlari «Norma» professional rivojlanish markazida BIR.UZ buxgalterlar malakasini baholash tizimi boʻyicha ilk imtihonlar boʻlib oʻtdi. Ularning qanday oʻtgani, bunda muammolar yuzaga kelgani yoki yoʻqligi xususida PRM direktori Moʻmin Xurramovich Ashurov bilan suhbatlashdik
Oʻzbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmlari oshiriladi
2017 yil 26 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi tomonidan “Oʻzqurilishmateriallari” AJ raisining “Qurilish materiallari, mahsulotlari ishlab chiqarilishining holati va istiqbollari toʻgʻrisida”gi axboroti eshitildi
5 kunlik yangi yil ta’tili va 2018 yil uchun qoʻshimcha dam olish kunlari
Prezidentning 28.12.2017 yildagi PF–5290-son «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin
Vazirlar Mahkamasining 25.12.2017 yildagi 1019-son qarori bilan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari Roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritildi
Chegara nazorati qanday tartibda oʻtkaziladi
Vazirlar Mahkamasining 21.12.2017 yildagi 1007-son «Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini tashkil etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi 13 yoʻnalish boʻyicha baholanadi
Vazirlar Mahkamasining 18.12.2017 yildagi 993-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Oʻzbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining 20.12.2017 yildagi 1003-son «Oʻzbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun yangi tariflar 2018 yil 15 yanvargacha joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining 22.12.2017 yildagi 1010-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi
Toshkentda aviakosmik injiniring sohasidagi mutaxassislar tayyorlanadi
Vazirlar Mahkamasining 19.12.2017 yildagi 996-son qarori bilan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida aviakosmik injiniring sohasidagi kadrlar tayyorlashni tashkil etish koʻzda tutilgan
Eksport kontrakti oʻzida nimani saqlashi kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.12.2017 yildagi 1006-son qarori bilan Eksport kontraktlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi
Oʻzbekistonda bolalar nogironligi kamaytiriladi
Prezident 25.12.2017 yildagi “2018-2022 yillar davrida bolalarda tugʻma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


