Moda sanoati xalqaro darajaga chiqmoqda
Prezidentning 16.10.2026 yildagi PQ-378-son qarorida moda, dizayn va kreativ iqtisodiyot sohasida mutaxassislar tayyorlash uchun davlat oliy ta’lim muassasasi – Toshkent xalqaro moda akademiyasini tashkil etish koʻzda tutilgan. Oʻqish 2026/2027 oʻquv yilidan boshlanadi, 2027/2028 oʻquv yilidan esa yengil sanoat korxonalari buyurtmalari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan dual ta’limni joriy etish rejalashtirilgan.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Konstitutsiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Samarqandda zoʻravonlikdan jabr koʻrgan bolalarni himoya qilish uchun "Najot" markazi tashkil etiladi
Samarqand viloyatida bir qator jinoyat ishlari boʻyicha voyaga yetmagan jabrlanuvchilar ishtirokidagi protsessual harakatlar "Barnaxus" modeli boʻyicha ixtisoslashtirilgan "Najot" markazida oʻtkaziladi hamda 2027 yil 1 yanvardan boshlab jabrlanuvchi va guvoh bolalarga maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan advokatlar tomonidan davlat yuridik yordami koʻrsatiladi.
Issiqxona biznesi uchun yangi imtiyozlar: Prezidentning PQ-371-son qarori nimalarni oʻzgartirmoqda
Prezidentning 13.10.2026 yildagi PQ-371-son qarori issiqxona sohasida energiya tejamkor va «yashil» texnologiyalarni keng koʻlamda joriy etishga qaratilgan. Hujjatda yuridik shaxslar uchun ham, tomorqa xoʻjaligini rivojlantirayotgan aholi uchun ham jiddiy soliq imtiyozlari, elektr energiyasi uchun subsidiyalar va imtiyozli moliyalashtirish joriy etilmoqda.
2027-2028 yillarda bolalar va ayollarning ahvoli monitoringi oʻtkaziladi
Bolalar va ayollar ahvolini milliy darajada baholash uchun koʻp koʻrsatkichli klaster kuzatuvi oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Vazirlar Mahkamasining 09.10.2026 yildagi 556-son qaroriga muvofiq, uy xoʻjaliklari soʻrovlari BMT Bolalar jamgʻarmasi (YuNISEF) bilan hamkorlikda oʻtkaziladi va tadqiqot natijalari 2028 yil iyul oyida e’lon qilinadi.
Logistika markazlari quvvati yiliga 40 million tonnaga yetkaziladi.
Transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha 2026-2030 yillarga moʻljallangan yangi chora-tadbirlar belgilandi. 2030 yil oxiriga kelib tranzit tashish hajmini 18,5 million tonnaga, transport va logistika xizmatlari eksportini esa 3,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Vazirlar Mahkamasi tuzilmasiga oʻzgartirish kiritildi
Prezident 09.10.2026 yildagi Ta’lim, fan va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil etilishini hamda Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari – ta’lim va fan vaziri lavozimi joriy etilishini nazarda tutuvchi PF-217-son Farmonni imzoladi.
2027 yildan davlat mulkini onlayn ijaraga olish mumkin boʻladi
2027 yil 1 yanvardan boshlab davlat mulkini ijaraga olish uchun arizalar YaIDXP yoki davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi. Tegishli tartib Vazirlar Mahkamasining 09.10.2026 yildagi 551-son qarori bilan tasdiqlangan.
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Oliy oʻquv yurtlari va ilmiy tashkilotlar huzuridagi korxonalar qanday qoʻllab-quvvatlanadi
Ilmiy ishlanmalar asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va xizmat koʻrsatadigan "spin-off" korxonalarni tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash tartibi tasdiqlandi. Ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash boʻyicha loyihalar tanlov asosida moliyalashtiriladi.
Tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash uchun innovatsion startap-loyiha parklari tashkil etilmoqda
Vazirlar Mahkamasining 09.10.2026 yildagi 553-son qarorida mamlakat hududlarida innovatsion startap-loyiha parklarini tashkil etish koʻzda tutilgan. Ular tadbirkorlarga innovatsion loyihalarni rivojlantirish, ilmiy ishlanmalarni joriy etish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi.
Patent vakilligi faoliyati tartibi oʻzgartirildi
Vazirlar Mahkamasi patent vakillari toʻgʻrisidagi yangi Nizomni tasdiqladi. Hujjat sertifikatlash talabini bekor qilish, har uch yilda bir marta malaka oshirish va mutaxassislarning davlat reyestrini yaratishni nazarda tutadi.
Odam savdosi jabrdiydalariga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi odam savdosi jabrdiydalarining ehtiyojlarini aniqlash va ularga ijtimoiy yordam koʻrsatish mexanizmini belgiladi. Xizmatlar uchun «Inson» markazlari, ixtisoslashtirilgan muassasalar yoki 1146 ishonch telefoni orqali murojaat qilish mumkin.
Toshkent viloyatida soliq qonunchiligidagi oʻzgarishlar va soliq nizolari muhokama qilindi
Toshkent viloyati sudlari binosida oʻtkazilgan seminarda sudyalar va sud tizimi xodimlari tomonidan soliq qonunchiligidagi dolzarb oʻzgarishlar hamda ularni soliq nizolarini hal etishda qoʻllash masalalari koʻrib chiqildi.
Texnikumlar qoshida startap loyihalarni amalga oshirish uchun korxonalar tashkil etiladi
Davlat texnikumlari huzurida yangi mahsulot va texnologiyalarni ishlab chiqish va tijoratlashtirish uchun «spin-off» korxonalar ochiladi. Oʻquvchilarning startaplarini amalga oshirish uchun 1 mlrd soʻmgacha grantlar koʻzda tutilgan.
Vazirlar Mahkamasining 527-son qarori bilan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilishning qanday qoidalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasi 2027 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan yangi Energiya bozori qoidalarini tasdiqladi. Vazirlar Mahkamasining 30.09.2026 yildagi 527-sonli qarori bilan elektr energetikasini isloh qilishning birinchi bosqichi (2023-2030 yillar) boshlandi.
Xorazm viloyatida Xitoy pedagogika universiteti filiali ochiladi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Urganch davlat universiteti va Lyaonin pedagogika universiteti oliy oʻquv yurti filialining ta’sischilari boʻladi. Oʻqish 2026/2027 oʻquv yilidan boshlanadi va bitiruvchilar filial va/yoki Xitoy universiteti diplomini olishlari mumkin.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarining sifat indeksi joriy etilmoqda
Bitiruvchilarning sifat indeksi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini mehnat bozoridagi natijalariga koʻra tayyorlash samaradorligini baholash imkonini beradi. Eng yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlgan 20 ta oliy ta’lim muassasasi uchun har yili moliyaviy ragʻbatlantirish koʻzda tutilgan.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Cpeleoturizm qanday rivojlantiriladi
2026-2028 yillarda gʻor turizmi salohiyati yuqori boʻlgan ob’yektlarda turizm infratuzilmasini bosqichma-bosqich rivojlantirish rejalashtirilgan. Investitsiyalarni jalb qilish, infratuzilmani yaratish, xalqaro miqyosda targʻib qilish hamda tabiiy va madaniy merosni muhofaza qilish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish koʻzda tutilgan.
Kadrlar tayyorlash ish beruvchilarning buyurtmalariga bogʻlanadi
2027/2028 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida bitiruvchilarni keyinchalik ishga joylashtirish sharti bilan korxonalarning buyurtmalari asosida dual ta’lim tizimi joriy etiladi. Talabalar nazariy ta’limni korxonalarda amaliyot bilan birga olib boradi, ish beruvchilar esa subsidiya va boshqa qoʻllab-quvvatlash choralariga ega boʻladi.
Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqarmoqda
Davlat korxonalari va muassasalarini saqlab qolish, xususiylashtirish, qayta tashkil etish yoki tugatish zaruratini aniqlash uchun ularning faoliyatini har yili baholash joriy etiladi. Davlat ulushlarini xususiylashtirishdan oldin Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining tegishli sohadagi raqobat holati toʻgʻrisidagi xulosasi ham talab etiladi.
Buxgalter boʻlishni xohlovchilar diqqatiga
«Norma» PRM «Buxgalteriya hisobi – noldan balansgacha» oʻquv kursiga taklif qiladi
knigi.uz internet-doʻkoni taklif qiladi
knigi.uz internet-doʻkoni boshlovchi buxgalterlarga foydali boʻlgan kitoblarni taklif qiladi
Foyda soligʻi qanday hisoblanadi, toʻlanadi va u boʻyicha hisobot beriladi
«Norma» PRMda Nigora Madraimovaning 12 va 13 aprel kunlari oʻtkaziladigan «2019 yil uchun yangi tartibda foyda soligʻini hisoblash, hisobot topshirish va toʻlash tartibi» oʻquv kursiga qabul nihoyalanmoqda
Soliqlar bilan qanchalik tez va oson tanishib chiqish mumkin
Bunda «Norma. Qonunchilik» axborot-huquqiy tizimiga kiritilgan «Soliq navigatori» yordam beradi
Foyda soligʻi. Barchasi hisoblash, toʻlash va hisobot haqida
«Norma» PRM N. Madraimovaning 12-13 aprel kunlari oʻtkaziladigan «2019 yil uchun yangi tartibda foyda soligʻini hisoblash, hisobot topshirish va toʻlash tartibi» oʻquv kursiga taklif qiladi
2019 yilgi soliq qonunchiligi toʻplamini qayerdan sotib olish mumkin
knigi.uz internet-doʻkoni oʻrnatiladigan CD-disk versiyasidagi «Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi» normativ-huquqiy hujjatlar toʻplamini e’tiboringizga havola etadi
Ish haqini toʻgʻri hisoblashda kim yordam beradi
Mart oyida «Norma» PRM ish haqini hisoblab chiqarish bilan shugʻullanuvchi barcha mutaxassislarni oʻquv kursi va seminarga taklif etadi. Ekspertlar ushbu mas’uliyatli ishning barcha jihatlari haqida batafsil soʻz yuritib, savollaringizga javob beradilar
Beshta soliq – hisoblash, toʻlash, hisobot topshirish tartibi
«Norma» PRM N.Madraimovaning «Beshta soliq – hisoblash, toʻlash, hisobot topshirish tartibi» kursiga sizni taklif qiladi
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


