Mamlakatimiz yaqin 5 yil ichida qanday rivojlanadi?
Prezidentning 7.02.2017 yildagi Farmoni bilan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi
Koʻnglingizdan va telefoningizdan joy egallashga munosib 7 ilova
Bugun oʻz obroʻ-e’tiborini qadrlovchi, zamonaviy oʻzgarishlardan ortda qolishni istamagan har qanday yirik kompaniya oʻz saytining mobil ilovasini yaratishga ahamiyat qaratmoqda. Chunki ular foydalanuvchilar uchun qulay, istalgan payt mobil telefon yoki planshet orqali soddalashtirilgan ilovalardan bemalol foydalanish mumkin
Shaharcha, qishloq va ovullar fuqarolar yigʻinlari endi boʻlmaydi
Prezidentning 3.02.2017 yildagi Farmoni bilan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi
Eksportchilar valyutaning 25 foizini sotishadi
Vazirlar Mahkamasining 1.02.2017 yildagi 44-son Qarori bilan Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Tovar zaxiralarini qanday baholash kerak?
Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida “Tovar-moddiy zaxiralar qiymatini baholash” Oʻzbekiston Respublikasi mol-mulkni baholash Milliy standarti loyihasi joylashtirildi
Auditorlar palatasi bajarilgan ishlar haqida hisobot berdi
Oʻzbekiston Auditorlar palatasi oʻzining 2016 yildagi faoliyati haqida qisqacha hisobotni e’lon qildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha komissiyaga Bosh prokuror boshchilik qiladi
Prezidentning 2.02.2017 yildagi PQ–2752-son Qarori bilan 2017-2018 yillarga moʻljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Veterinariya preparatlarining katta xavfsizligi ta’minlanadi
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi veterinariya mahsulotlari xavfsizligining Umumiy texnik reglamenti loyihasini tayyorladi. U qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida e’lon qilingan
Sirdaryo tumanida YoPQP ishlab chiqarish boshlanadi
Vazirlar Mahkamasining 27.01.2017 yildagi 42-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 22.09.2016 yildagi 319-son “Gʻoʻza poyalaridan yogʻoch-payraha qirindi plitalarini ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaroriga qoʻshimchalar kiritildi
Statistika boshqarmasi hisobotlar topshirish muddatlarini eslatadi
Toshkent shahar statistika boshqarmasi notijorat tashkilotlar, Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, shuningdek kichik korxonalar va mikrofirmalarga 2016 yil uchun yillik statistika hisobotini topshirish zarurligi haqida eslatadi
Bojxona qiymatini bitim miqdori boʻyicha aniqlaymiz
Mazkur sharh Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kelinadigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning 1-usuli (bitimning qiymati asosida) qoʻllanilishi tartibiga kiritilgan tuzatishlarni batafsil yoritishga bagʻishlangan
YaIDXPda ShJBPH hisobvaragʻidan koʻchirma soʻrash mumkin
Oʻzbekiston Xalq banki Yagona davlat portalida jismoniy shaxslar uchun yangi interaktiv xizmatni roʻyobga chiqardi. Xizmat ShJBPHdagi (shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi) jamgʻarmalar holati toʻgʻrisida axborot olish imkonini beradi
Pensiyalar naqd shaklda beriladi
Prezidentning 2.02.2017 yildagi «Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni toʻlash mexanizmini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi
Yuk deklaratsiyasini onlayn rejimida toʻldiramiz
“Bojxona organlariga elektron bojxona yuk deklaratsiyasini topshirish” – Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyobga chiqarilgan yangi xizmat
SSP GFRda stajirovka oʻtash uchun qabul e’lon qiladi
Savdo-sanoat palatasi GFR kompaniyalari bilan iqtisodiy kooperatsiyaning 4 yoʻnalishi boʻyicha Germaniyada oylik stajirovka oʻtash uchun nomzodlarni qabul qilish haqida e’lon qildi
Biznesni roʻyxatdan oʻtkazish uchun endi adliya organlariga
Prezidentning 1.02.2017 yildagi «Tadbirkorlik sub’yektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Qarori e’lon qilindi
Onlayn-soʻrovnomani toʻldirib, YaIDXP xizmatlarini baholang
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi YaIDXPda koʻrsatilayotgan davlat interaktiv xizmatlari talab etilganligi yuzasidan respondentlar soʻrovini oʻtkazadi
Yuridik xizmat samarasini qanday oshirish mumkin?
Yuristlar malakasini oshirish markazida 26 yanvar kuni Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish va rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusiga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtdi
Tovarlarning bojxona qiymatini qanday belgilash mumkin?
Davlat bojxona qoʻmitasining qarori (roʻyxat raqami 390-2, 2017 yil 25 yanvar) bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan tovarlarning bojxona qiymatini belgilash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
AJlar uchun xorijiy investorlarni jalb etish muddatlari uzaytirildi
Prezidentning 23.01.2017 yildagi PQ–2737-son Qarori bilan respublikamizdagi aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan xorijiy investorlarni jalb etish muddatlari uzaytirildi, shuningdek ilgari qabul qilingan normativ hujjatlarga ayrim boshqa oʻzgartirishlar kiritildi
Olisdagi xodim: uni qanday boshqarish kerak?
Mehnat bozorida masofadan ishlash tarafdori boʻlganlar ham talay. Bunday yoʻsinda ishlash ish beruvchi uchun ham qulay. Ularga ofisda joy ajratishning hojati yoʻq, yoʻlkira puli, ovqat puli ajratish haqida oʻylamaysiz, kasallik ta’tili, mehnat ta’tili demaydi... Xullas, bunday xodimning “plyus”lari talay.
Notarius lavozimiga nomzodlar uchun imtihonlar murakkablashtirildi
Adliya vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-7, 2017 yil 23 yanvar) bilan Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Milliy aviakompaniya Prezidentning yuksak e’tirofiga sazovor boʻldi
Prezident “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasini Oʻzbekiston Respublikasining Faxriy yorligʻi bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmonga imzo chekdi
Bankrotlikka qarshi huquqiy himoya bor
Quyi palatada muhokama qilinayotgan “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Qonun loyihasiga deputat izohlari
Sud-huquq islohotlari va OAV
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan “Sud-huquq islohotlari - jurnalist nigohida” koʻrik-tanlovi e’lon qilingan edi. Oliy sudda mazkur tanlovning gʻoliblari taqdirlandi.
Prokuratura organlari uchun yangi vazifalar belgilandi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Ixtiyor ABDULLAYeV raisligida oʻtkazilgan hay’at majlisida prokuratura organlarining mamlakatda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi
Adliya organlari faoliyati tadbirkorlar huquqlari himoyasiga qaratilgan
Adliya vazirligining kengaytirilgan hay’at majlisi boʻlib oʻtdi. Unda adliya organlari va muassasalari tomonidan qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash sohasida 2016 yilda amalga oshirilgan ishlar yakuni va joriy yilda bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar atroflicha muhokama etildi
Oʻzbekistonda «Oʻzagroeksportbank» paydo boʻladi
Prezidentning 24.01.2017 yildagi PQ–2740-son «Oʻzagroeksportbank» aksiyadorlik tijorat bankini tashkil qilish toʻgʻrisida»gi Qarori e’lon qilindi
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


