Adliya vazirligi turar joy buzilishida fuqarolarning huquqlariga rioya etilishini nazorat qiladi
10 maydan 30 iyun kuniga qadar fuqarolarning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlariga rioya etilishi yuzasidan onlayn murojaatlarni qabul qilish va hal etish boʻyicha aksiya oʻtkaziladi
Qiymati $10 mln dan ortiq boʻlgan DXSh loyihasining konsepsiyasini Hukumat tasdiqlaydi
10.05.2019 yildagi “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida” OʻRQ-537-son Qonun e’lon qilindi
Oʻzbekiston Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasini ratifikatsiya qildi
Adliya vazirligi davlatimiz rahbari tomonidan 2019 yil 8 mayda tegishli OʻRQ–535-son Qonun imzolangani haqida xabar berdi
Pensiya kartasining qulay jihatlari
Yagona umumrespublika protsessing markazi va «Xalq banki» pensiya kartalaridan foydalanishga doir yangi imkoniyatlarni joriy etdi
Yaqin 10 yil ichida maktabgacha ta’lim sohasida qanday oʻzgarishlar roʻy beradi
Prezidentning 2019 yil 8 maydagi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi
Samarqandda Rossiya jismoniy tarbiya universitetining filiali ochiladi
Prezident 2019 yil 8 mayda tegishli qarorni imzoladi
Yakka tartibdagi zargar-tadbirkorlarga koʻproq huquq beriladi
Prezident 8 may kuni ushbu tarmoqni rivojlantirish va zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga sharoitni kengaytirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi
Oliy sud 40 ta internet-resursni ekstremistik deb topdi
Adliya vazirligi oʻz rasmiy saytida ularning roʻyxatini e’lon qildi
Bir yil ichida «E-SUD» orqali 566 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi
Tizim 2018 yildan fuqarolik ishlari boʻyicha 75 ta tumanlararo, tuman (shahar) va 14 ta viloyat sudlarida faoliyat yuritmoqda
Korrupsiyaga toʻqnash keldingizmi – xabar bering
Adliya vazirligi Telegram-bot yaratdi, uning yordamida adliya organlarida korrupsiya holatlari haqida xabar berish mumkin
Deputatlar tijorat banklarida MB vakilining boʻlishiga qarshi
2 may kuni deputatlar «Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini muhokama qildilar. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saytida ushbu munozara tafsilotlari e’lon qilindi
IIV tizimida ovqatlanish autsorsing shartlarida tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining 6.05.2019 yildagi «Ichki ishlar organlari tizimida ovqatlanishni tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 379-son qarori qabul qilindi
15 kunda buxgalter boʻling va 270 000 soʻm sovgʻani qoʻlga kiriting!
Yuqori maosh toʻlanadigan kasbga ega boʻlmoqchimisiz? Masofadan ishlash yoki erkin ish rejimiga nima deysiz?
«Made in Uzbekistan»: mahalliy brendlarni xorijda targʻib qilish
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Soliq idorasi hisoblangan ish haqining elektron hisobini qanday yuritadi
Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Bosh prokuratura tuzilmasida yangi boshqarma tashkil etildi
Uning xodimlari Aydar-Arnasoy koʻllar tizimini rivojlantirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat olib boradi
Oliy ta’lim muassasasiga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar qanday beriladi
Ularni ichki ishlar organlarining shahodatlangan xodimlari, terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoatchilik xavfsizligini ta’minlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlarining farzandlari olishlari mumkin
Texnologik jihozlar importi: imtiyozlarning bir qismi bekor qilinadi
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatiga tuzatishlar kiritildi
IIV akademik litseyi abituriyentiga tibbiy ma’lumotnoma qayerda beriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Toshkentdagi ayrim koʻchalar vaqtincha berkitiladi
Toshkent shahar IIBB oʻz saytida muborak Ramazon oyi kunlarida har kuni soat 20.00 dan 24.00 gacha transport vositalarining harakati uchun berkitiladigan koʻchalar roʻyxatini e’lon qildi
Tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini tayyorlash tizimi takomillashtiriladi
Prezidentning 2019 yil 6 maydagi qarori shu maqsadga qaratilgan
Olimpiada ishtirokchilari va ularning oʻqituvchilariga – pul mukofotlari va ustamalar
Prezidentning 3.05.2019 yildagi PQ–4306-son qarori iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etishga yoʻnaltirilgan
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar uchun koʻkrak nishoni topshiriladi
Prezident 3.05.2019 yildagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–4307-son qarorni imzoladi
Egallab olingan uchastkada imorat qurayapsizmi – jarimaga tortilasiz
MJTKning 99-moddasi («Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish») yangi tahrirda bayon etildi
Oʻzbekistonda «Uz-IX» yangi piring tarmogʻi ishga tushiriladi
«Oʻzbektelekom» AK 2017–2019 yillarda Internetda milliy kontentni rivojlantirish dasturi hamda Vazirlar Mahkamasining 14.08.2017 yildagi 625-son qarori doirasida ushbu loyihani amalga oshiradi
Oʻsimliklar karantiniga doir qoidalarni buzganlik uchun sanksiyalar oshirildi
Karantin e’lon qilingan zararkunandalarga, oʻsimliklar kasalliklariga va begona oʻtlarga qarshi kurashish qoidalarini buzganlik, shuningdek karantin tekshiruvidan va tegishli ishlov berishdan oʻtkazilmagan materiallarni tashib chiqib ketganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
Mualliflik huquqlarini buzganlik uchun jarimalar joriy etilmoqda
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga intellektual mulk huquqini himoya qilishga yoʻnaltirilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi
Uchuvchisiz uchadigan apparatlar uchun – real muddat
MJTK, JK va JPKga mamlakatimizda uchuvchisiz uchadigan apparatlarning muomalasi bilan bogʻliq tuzatishlar kiritildi
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


