Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi alifboga oʻtishda banknot va tangalarni almashtirishga toʻgʻri kelmaydi Doimiy va vaqtinchalik farqlar: foyda soligʻiga ta’siri Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Audit» platformasini yangiladi Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Audit» platformasini yangiladi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
19.03.19

2019 yilgi soliq qonunchiligi toʻplamini qayerdan sotib olish mumkin

knigi.uz internet-doʻkoni oʻrnatiladigan CD-disk versiyasidagi «Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi» normativ-huquqiy hujjatlar toʻplamini e’tiboringizga havola etadi

18.03.19

Standartlar qanday qabul qilinadi

Respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish va qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

18.03.19

YaIDXPda – Oʻzstandartdan yangi xizmat

YaIDXP Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining yangi xizmatini taklif etmoqda

18.03.19

Qurilish-montaj ishlari boshlangani haqidagi xabarnoma qanday rasmiylashtiriladi

Endi buni YaIDXP taqdim etadigan xizmat yordamida amalga oshirish mumkin

18.03.19

Prokuratura oʻziga xos boʻlmagan funksiyalardan mahrum etildi

Bir qator lavozimlar va tarkibiy boʻlinmalar tugatildi. Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga oʻtkazildi

18.03.19

Mol-mulkdan mahrum boʻlmay, davlat bojidan ozod boʻlish

DSQ Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritilishini nazarda tutuvchi, soliq qarzini suddan tashqari undirish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi mohiyatini tushuntirdi

18.03.19

Tekshiruvlarni biznes-ombudsman muvofiqlashtiradi

Prezidentning 2019 yil 15 martdagi «Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5690-son Farmoni e’lon qilindi

18.03.19

Qishloq xoʻjaligi kooperativlari qaytmoqda

Prezidentning 14.03.2019 yildagi «Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xoʻjaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi

18.03.19

Avtomaktablar litsenziyani onlayn qayta rasmiylashtirishlari mumkin

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali endi ana shunday imkoniyatni taqdim etmoqda

18.03.19

Oʻzbekiston MDH ichida ashyoviy dalillarni almashish tartibini qabul qildi

Prezident 2017 yil 11 oktyabr kuni Sochi shahrida imzolangan Jinoyat ishlari boʻyicha ashyoviy dalil hisoblangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari, oʻqotar qurol, uning asosiy qismlari, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi bayonnomani tasdiqladi

15.03.19

Mahkumlar har yarim yilda bir marta tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi

Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning salomatligini muhofaza qilishga doir normalar kiritildi (14.03.2019 yildagi OʻRQ–530-son Qonun)

15.03.19

Ombudsmanga toʻsqinlik qilganlik uchun – jarima

MJTK va boshqa qonun hujjatlariga tuzatishlar kiritildi (14.03.2019 yildagi OʻRQ–530-son Qonun)

15.03.19

Auditor litsenziyasi «qimmatlashdi»

Hukumat auditorlik faoliyatini litsenziyalashning yangi tartibini tasdiqladi

14.03.19

IIV ekologiya uchun zararli transportdan foydalanilishining oldini oladi

«Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar kiritildi (13.03.2019 yildagi OʻRQ–529-son). Oʻzgartirishlar uch oy oʻtgach kuchga kiradi

14.03.19

Korrupsiya ustidan nazorat Parlament funksiyasiga kiritiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tashkil etilmoqda

13.03.19

Sport va xizmat otlarida pasport boʻlishi kerak

Naslli va sport otlariga «ot pasporti»ni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

13.03.19

Biznes MChJ shaklini tanlamoqda

Yangi tashkil etilgan korxonalar koʻpincha mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklini tanlamoqdalar

13.03.19

Ijro ishini yuritish soddalashtirilmoqda

Sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlarini ijro etish jarayoni takomillashtiriladi. Uch bosqichda joriy etiladigan chora-tadbirlar kompleksi koʻzlangan

13.03.19

«102» raqamiga ulana olmayapsizmi

Poytaxt IIBB «102» shoshilinch raqamiga kelib tushayotgan qoʻngʻiroqlarni qabul qilish va tutib turish tizimi modernizatsiyalanayotgani munosabati bilan qoʻshimcha ikkita telefon raqamini ajratdi

13.03.19 NHH loyihalari
13.03.19

Investitsiyalar tartibga koʻra jalb etiladi

QHTBT portalida Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi joylashtirilgan

13.03.19 NHH loyihalari
13.03.19

Turistik vaucher qanday koʻrinishda boʻlishi kerak

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi turistik yoʻllanma (vaucher) namunaviy shakli loyihasini QHTBT portalida taqdim etdi

12.03.19 NHH loyihalari
12.03.19

Meva, sabzavot va toʻqimachilik mahsulotlarining eksport narxlarini nazorat qilishni taklif etmoqdalar

QHTBT portalida Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilinadigan meva-sabzavot va toʻqimachilik mahsulotlarining kontrakt qiymatini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi e’lon qilingan

12.03.19

Ulgurji va chakana savdo oʻrtasida qanday farq bor

Ushbu sharhda – oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni realizatsiya qilishda, shuningdek ulgurji va chakana savdoda yangicha hisob-kitob qilish tartibi haqida soʻz yuritamiz

12.03.19

«Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida»gi Qonun kuchga kirdi

Hujjat mazkur tibbiyot yoʻnalishi, uning amaliyotiga ilgʻor usullarni, shu jumladan bepushtlikni davolash usulini joriy etishning huquqiy asoslarini yaratadi

12.03.19

Qashqadaryoda turizm – istalgan yoʻnalishda

Hukumat Qashqadaryo viloyatida yangi turizm yoʻnalishlarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqladi

12.03.19

Butun mamlakat boʻylab «yashil zonalar» barpo etiladi

Adliya vazirligining rasmiy Telegram-kanalida Hukumatning tegishli farmoyishi chiqarilgani haqida xabar berildi

12.03.19

Ogʻir yuk tashuvchi mashinalar import bojxona toʻlovlaridan ozod etildi

Yarim tirkamalar uchun gʻildirakli traktorlar, barcha turdagi yuk konteynerlari, uchuvchi apparatlar, aviatsiya yoqilgʻisi va temir yoʻl texnikasiga ham imtiyozlar berildi

12.03.19 NHH loyihalari
12.03.19

Qarz tan olinsa – sudsiz undirib olinadi

Soliq kodeksida ana shunday mexanizmni nazarda tutish taklif etilmoqda. Qonun loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Yan­gi­cha sme­ta: quri­lish kom­pa­ni­yala­ri 2027 yil­dan bosh­lab ni­ma­lar­ga tay­yor­gar­lik koʻrish­la­ri ke­rak

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.

Loyiha-qidi­ruv ish­la­ri qiy­ma­ti yago­na me­zon­lar aso­si­da hisob­la­na­di

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.

Il­miy-in­no­va­si­on tash­ki­lot­lar re­yes­tri tu­zi­la­di

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

Aholi uchun su­yul­ti­ril­gan gaz nar­xla­ri tas­diqlan­di

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.