Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi alifboga oʻtishda banknot va tangalarni almashtirishga toʻgʻri kelmaydi Doimiy va vaqtinchalik farqlar: foyda soligʻiga ta’siri Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Audit» platformasini yangiladi Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Audit» platformasini yangiladi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
25.05.18

Qarzingiz bormi – 21 turdagi bitim va xizmatlar taqiq ostida

Vazirlar Mahkamasining 21.05.2018 yildagi 379-son qarori bilan kommunal toʻlovlar va ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlikni majburiy ravishda oldindan tekshirishni talab etadigan yirik bitimlar va xizmatlar roʻyxati tasdiqlandi

25.05.18

Bitimlarga soliq solinishini qanday maqbullashtirish mumkin

Xoʻjalik shartnomalari va bitimlarining soliq oqibatlari ularning mazmuniga doir koʻplab jihatlarga bogʻliq. Keyinchalik soliq idorasida muammoga toʻqnash kelmaslik uchun shartnomani qanday tuzish kerak? ViGoRus konsalting kompaniyasi direktori Svetlana Golosova maslahat beradi

24.05.18 NHH loyihalari
24.05.18

Mualliflik huquqini buzganlik uchun jarima solish taklif etilmoqda

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga yangi moddalar kiritilishi mumkin. Tegishli qonun loyihasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ishlab chiqildi

24.05.18

Oʻgʻirlik buxgalter nigohida

Korxonada moddiy boyliklarning yoʻqolganligi aniqlandi. Rahbariyat zararlarni hisoblash bilan band boʻlgan bir paytda buxgalter hodisani toʻgʻri rasmiylashtirishi zarur. Buni qanday amalga oshirish lozimligi haqida ekspert Olga Shabanova gapirib berdi

24.05.18

Davlat boshqaruvi akademiyasida xususiy kompaniyalar xodimlari oʻqishlari mumkin

Prezidentning 21.05.2018 yildagi PQ-3731-son qarori bilan Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga qabulning yangi tartibi va kvotalar tasdiqlandi

23.05.18

Erkin turistik zonalarga qanday loyihalar kerak

Investitsiya loyihalarini joylashtirish mezonlari va ularning tashabbuskorlari biznes-rejalariga doir talablar tasdiqlandi. Ular Vazirlar Mahkamasining 15.05.2018 yildagi 365-son qarorida koʻrsatilgan

23.05.18

Muomaladan chiqarilayotgan pullarning “amal qilish muddati” belgilandi

Markaziy bank muomaladan chiqarilayotgan tangalar va banknotalarni almashtirish tartibi haqida ma’lumot berdi. Bu haqda OʻzA xabar tarqatdi

23.05.18

Advokaturadagi islohot: dolzarb masalalarni muhokama qilamiz

Prezidentning 12.05.2018 yildagi «Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5441-son Farmoni advokatlar oʻrtasida juda qizgʻin munozaralarni keltirib chiqardi

23.05.18

«Elektron hukumat»ni rivojlantirishning yangi strategiyasi taqdim etildi

«MITCROADMAP2018» konferensiyasida «Elektron hukumat» – «SMART Government Uzbekistan» tizimini rivojlantirish strategiyasi taqdim etildi, deb xabar beradi OʻzA

23.05.18

Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish – imtiyozlar sohasi

Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etayotgan va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar foyda soligʻi, mol-mulk soligʻi, YaST (kichik biznes) va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalardan ozod etildi

23.05.18

Qurilishda litsenziyalash tartibi oʻzgardi

Prezidentning 22.05.2018 yildagi «Kapital qurilishda loyiha va qurilish ishlarini amalga oshirish tartibini optimallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi

23.05.18

Hisob palatasi kimlarning ma’lumotlar bazasidan foydalana oladi

Vazirlar Mahkamasining 14.05.2018 yildagi 362-son qarori bilan soliq solinadigan bazani va soliq toʻlovchilarning toʻliq qamrab olinishini real vaqt rejimida baholashni ta’minlovchi Hisob palatasining dasturiy kompleksi joriy etilmoqda

23.05.18

Milliy gvardiyaning oziq-ovqat ta’minoti xususiy kompaniyalarga beriladi

Bu Vazirlar Mahkamasining 16.05.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarining ovqatlanishini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 366-son qarorida nazarda tutilgan

23.05.18

Ishdan ajralmagan holda buxgalteriya hisobini qanday oʻzlashtirsa boʻladi

29 may kuni «Norma» professional rivojlanish markazida «Buxgalteriya hisobiga kirish» oʻquv kursi boshlanadi. Mashgʻulotlar masofaviy tarzda oʻtkaziladi

23.05.18

Maqsad – manfaatlar muvozanati…

Boʻlajak soliq islohotining faol muhokamasi davom etmoqda. Turli takliflar bildirilmoqda. Xususan, «SBX» gazetasida (2018 yil 22 maydagi 21-soni) iqtisodiy sharhlovchi Jorilla Abdullayevning materiali chop etilgandan soʻng mutaxassislar yana turli fikr bildirdilar…

22.05.18

2019 yildan polietilen paketlarni bepul berish toʻxtatiladi

Prezidentning 18.05.2018 yildagi «Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi

22.05.18

Yosh xodimlarga berilgan JShDS boʻyicha imtiyozni qanday qoʻllash kerak

«Norma» ekspertlari ta’lim muassasasini tamomlaganiga 3 yil boʻlmagan, birinchi marta ishga qabul qilingan yosh xodimlarga daromad soligʻini birinchi yil uchun 50%, ikkinchi va uchinchi yillar uchun esa 25%ga kamaytirish boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida DSQga soʻrov bilan murojaat qilishdi (5.07.2017 yildagi PF–5106-son Farmon)

22.05.18

Toshkent viloyatida biosfera rezervati tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasining 16.05.2018 yildagi 367-son “Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi

22.05.18

«Yangi davrda eski usullarga oʻrin yoʻq!»

«Tashqi reklama sohasidagi faoliyatni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror loyihasi turli saytlarda qizgʻin muhokama qilinmoqda. Bu hujjatda kamchilik va xatolarga yoʻl qoʻymaslik imkonini beradi. Chorak asrdan buyon ushbu sohada ishlab kelayotgan Shuhrat Yoʻldoshev oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi

22.05.18

MIB tadbirkorning hisobvaragʻiga qachon inkasso qoʻyadi

Agar tadbirkorning hisobvaragʻida qarzdorlikni qoplash uchun mablagʻ yetarli boʻlmasa, korxona yoki tashkilot bankrot holatiga kelib qolgan boʻlsa, majburiy ijro harakatlariga kirishiladi

22.05.18

50, 100, 200 va 500 soʻmlik kupyura va tangalar muomaladan qaytarib olinadi

Adliya vazirligi Telegram tarmogʻidagi oʻzining rasmiy kanalida Eski namunadagi 50 va 100 soʻmlik tangalarini, shuningdek 50, 100, 200 va 500 soʻmlik banknotlarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida xabar qildi

22.05.18

Yaqin qarindoshlarning bolalarni bogʻchadan olishi taqiqlandi

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (14.05.2018 yilda 3012-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) e’lon qilindi

21.05.18

Elektr energiyasi, gaz va suv uchun 100% oldindan toʻlovni amalga oshirmaganlar qanday jazolanadi

Turli sabablarga koʻra oldindan toʻlov oʻtkaza olmaganlarga qanday choralar qoʻllaniladi, kelgusi oyda ularni iste’mol qilish miqdorini tadbirkorlar qanday qilib oldindan aniqlashlari mumkin? Majburiy ijro byurosi Toshkent tumani boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Ubaydullo Mirzayevga shunday savollar bilan murojaat qildik

21.05.18

Haydovchilik guvohnomalarini 17 ta Davlat xizmatlari markazlarida olish mumkin

1 iyundan boshlab haydovchilik guvohnomalarini beruvchi Davlat xizmatlari markazlari soni 17 taga yetadi, deb xabar beradi OʻzA

21.05.18

Grippga qarshi kurashish: xavfi yuqori boʻlgan guruhlarni vaksinalash, xavfli shakli gumon qilinayotganda – majburiy tashxis qoʻyish

Prezidentning 18.05.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida gripp va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarning tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi

21.05.18

Oʻzbekiston – Ilmiy-texnikaviy va innovatsion sohalardagi hamkorlik boʻyicha davlatlararo kengashda

Prezidentning 12.05.2018 yildagi PQ–3722-son qarori bilan respublikamiz Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining umumiy ilmiy-texnologik makon yaratish toʻgʻrisidagi 1995 yil 3 noyabrdagi Bitimiga (20.11.2009 yilda Yalta shahrida imzolangan) oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Protokoliga qoʻshildi

18.05.18

Norezidentlarga soliq solish toʻgʻrisida nimalarni bilish lozim

25 may kuni «Norma» professional rivojlanish markazida «Xalqaro shartnomalarni hisobga olgan holda norezidentlarning daromadlariga soliq solish» seminari boʻlib oʻtadi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Yan­gi­cha sme­ta: quri­lish kom­pa­ni­yala­ri 2027 yil­dan bosh­lab ni­ma­lar­ga tay­yor­gar­lik koʻrish­la­ri ke­rak

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.

Loyiha-qidi­ruv ish­la­ri qiy­ma­ti yago­na me­zon­lar aso­si­da hisob­la­na­di

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.

Il­miy-in­no­va­si­on tash­ki­lot­lar re­yes­tri tu­zi­la­di

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

Aholi uchun su­yul­ti­ril­gan gaz nar­xla­ri tas­diqlan­di

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.