Monumental yodgorliklarni oʻrnatish tartibi oʻzgartirildi
Ekspertlar komissiyasi tuziladi, uning vazifalari jumlasiga davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni oʻrnatish, olib tashlash (koʻchirish) toʻgʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqish va ularning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida asoslantirilgan takliflar tayyorlash va xulosalar berish kiradi.
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat qanday koʻrsatiladi
Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlariga joylashtirish hamda ularga ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Yer qa’ridan foydalanish qoidalari buzilganligi haqida xabar bergan shaxslar mukofotlanadi
Buning uchun jismoniy shaxslar Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi maxsus axborot tizimiga fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborishlari kerak.
Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi tasdiqlandi
Bir qator hujjatlarga davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan oʻzgartirishlar kiritildi.
Respublikaning sanoat va yadro xavfsizligi qanday ta’minlanadi
Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tashkil etildi va ayrim muassasalar qayta tashkil etildi.
Yordam kerak boʻlsa – «112» xizmatiga qoʻngʻiroq qiling
U Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi shoshilinch xizmatlarini birlashtiradi.
Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi tashkil etildi
Uning asosiy vazifalaridan biri - sport sohasida natijalari yuqori boʻlgan davlatlarning yetakchi oliy sport-ta’lim tashkilotlari tajribasi asosida zamonaviy kadrlarni tayyorlash.
“Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” elektron platformasi ishga tushiriladi
Tadbirkorlar muammolarini oʻrganish va hal qilish boʻyicha Respublika komissiyasi tizimli muammolarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, shuningdek, tadbirkorlarning alohida masalalarini joylarda tezkorlik bilan hal qiladi.
Sogʻlomlashtirish oromgohlarida koʻproq bolalar dam olishi mumkin
Statsionar bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida tadbirkorlik sub’yektlari va xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar bilan hamkorlikda oʻzaro manfaatli hamkorlik loyihalari amalga oshiriladi.
Oʻzbekistonda futzal boʻyicha chempionat qanday tashkil etiladi
U 2024 yil 14 sentyabrdan 6 oktyabrga qadar Andijon, Buxoro hamda Toshkent shaharlarida boʻlib oʻtadi.
Ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatish yakka tartibdagi tadbirkorlarga oʻtkaziladi
Shuningdek, davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari kengaymoqda.
Jalb qilingan xorijiy ekspertlar ishining samarodorligi haqidagi axborot OAVlarda yoritiladi
Shuningdek, xorijiy konsultant va ekspertlarning yagona elektron reyestri shakllantiriladi.
1 iyundan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2024 yil 1 iyundan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi.
Ta’lim kreditini kimlar oladi
2024/2025 oʻquv yili boshlangunga qadar ta’lim kreditini olish uchun arizalarni “Ta’lim krediti” axborot tizimi orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.
Adliya vazirligi aholi bilan faolroq ishlaydi
Har chorshanba mahallalarda huquqiy targʻibot kuni oʻtkaziladi.
OTMga qabul qilish tartibi oʻzgaradi
Shuningdek, ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning oʻqishni tamomlaganlaridan soʻng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.
Tadbirkorlarga qanday koʻmak beriladi
Tadbirkorlik sub’yektlariga subsidiyalar, soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarni ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etish tartibi tasdiqlandi.
Sigaretalar tarkibiga talablar belgilanmoqda
Tamaki mahsulotlari uchun 2025 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradigan texnik reglament tasdiqlandi.
Bolalar gematologiyasi va onkologiyasini davolashda ustuvor vazifalar belgilandi
Ularning orasida - bemor bolalarni zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan uzluksiz ta’minlash vazifalari bor.
Toshkent va Jizzax viloyatlarida charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil etiladi
Sanoat zonalarida tashkil etiladigan korxonalar mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etiladi.
Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi nima bilan shugʻullanadi
Kengashning asosiy vazifalaridan biri – moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash.
Toʻlov tizimlarining xavfsizligi qanday ta’minlanadi
Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan Nizom toʻlov axborotini himoya qilish mexanizmlari, toʻlov axboroti konfidensialligi va shaxsga doir ma’lumotlar himoyasi, axborot tizimlari xodimlarining vakolatlari va boshqalarni belgilaydi.
“Mahalla yettiligi” faoliyatini baholash mexanizmi takomillashtiriladi
Hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim hamda soliq inspektorining faoliyati eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholanadi.
Mahallalar faoliyatini ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasida mahallalar faoliyatini takomillashtirish yuzasidan aholi murojaatlarini qabul qilish uchun “Sall-markaz” tashkil etiladi.
II chorakda 8,12 mlrd AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish rejalashtirilmoqda
Shundan 853,8 mln AQSh dollari – davlat kafolati ostida jalb qilingan xorijiy kreditlar.
Qoraqalpogʻistondagi ayrim mehmonxonalarga subsidiya beriladi
Subsidiya miqdori – har bir xona uchun 20 mln soʻm.
26 mlrd AQSh dollari miqdoridagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish choralari tasdiqlandi
Ularni amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining yigʻilishida erishilgan.
2024 yilda 6 ming ga yer maydoni auksionga chiqariladi
Yer maydonlari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun mulk huquqi asosida taqdim etiladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


