Yoʻl xoʻjaligi sohasidagi huquqbuzarliklar uchun moddaga tuzatish kiritildi
Gap MJTKning 147-moddasi birinchi qismi xususida bormoqda. 22 yanvardagi qonun bilan unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi, ular 24 apreldan kuchga kiradi.
Amaldorlarning qonunga xilof hujjatlari va gʻayriqonuniy harakatlari natijasida yetkazilgan zarar kimning hisobidan qoplanadi
Fuqarolik kodeksining 15-moddasiga kiritilgan tuzatishlar javobni oʻz ichiga olgan.
Mehnatga majburlaganlik uchun qat’iyroq jazolashadi
Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga zarur tuzatishlar kiritildi. Oʻzgartirishlar 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Majburiy auditorlik tekshiruvlari: nimalar oʻzgaradi
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”, “Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunlarga tuzatishlar kiritildi.
Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi shahodatnomaga ega boʻlishi kerak
Uni olish tartibi “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi qarori bilan tasdiqlangan.
Yana uchta tumanda ogʻir mehnat sharoitlari uchun ustama joriy etilishi mumkin
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi shunday taklif bilan chiqmoqda. Idora tomonidan ishlab chiqilgan tuzatishlar loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan.
Davlat tomonidan biznesni qoʻllab-quvvatlashning tartibi va shakllari belgilandi
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Kichik biznes boʻyicha agentlikning vazifalari belgilandi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
2020 yilgi jamoa shartnomasi: nimalar oʻzgardi?
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar va a’zolik tashkilotlarining takliflari asosida 2020 yil uchun jamoa shartnomasining yangilangan Umumiy maketi ishlab chiqildi.
Hisobvaraqda mablagʻlar yetarli emas: ikkinchi navbatda nima hisobdan chiqariladi
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimcha kiritildi.
2020 yil 1 aprelgacha pensiya islohotining yangi konsepsiyasi tayyorlanadi
Matbuot anjumanida Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi vakillari tomonidan ma’lum qilinganidek, ushbu sanagacha hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi.
Soliq hisobotining shakllariga tuzatish kiritiladi
Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi QHTBT portalida e’lon qilindi.
Milliy gvardiyaga xizmatga kimlar qabul qilinadi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
1 martdan boshlab biznes sub’yektlari inkassatsiya uchun oʻzlari haq toʻlaydi
Tegishli oʻzgartirishlar Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 yanvardagi 30-son qarorida nazarda tutilgan.
Markaziy bank: inflyatsiya qanday tizginlanadi
Markaziy bank 2020 yil 16 yanvardagi qaror bilan qayta moliyalashtirish stavkasini 16% darajasida qoldirdi. Bu inflyatsiyaga qarshi pul-kredit siyosatini saqlab qolish zarurati bilan izohlanadi. Biroq, yaqin kelajakda stavka pasaytirilishi mumkin.
Tibbiy xizmatlar «har bir davolangan holat uchun» moliyalashtiriladi
Vazirlar Mahkamasi 10.01.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tibbiyot tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 19-son qarorni qabul qildi.
Qayta moliyalashtirish stavkasi ilgarigi 16% darajasida saqlab qolindi
Qaror inflyatsiyaning pasayib borayotgan prognoz trendiga toʻliqroq ishonch hosil qilish uchun zarurligi bilan izohlanadi, deb xabar berdi Markaziy bank oʻz saytida.
Doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi soddalashtirildi
Vazirlar Mahkamasining 28.12.2019 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 1049-son qarori qabul qilindi.
Migrantlarni qoʻllab-quvvatlash departamentining funksiyalari kengaytirildi
Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi.
Xavfli yuklarni tashish uchun – xalqaro talablar
Oʻzbekiston Xavfli yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish toʻgʻrisidagi Yevropa bitimiga qoʻshildi.
Xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish uchun litsenziya zarur
Prezident «Notariat tizimi tubdan isloh qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-602-son Qonunni imzoladi.
Tibbiyot muassasalaridan ma’lumotnomalar olish soddalashtirildi
Vazirlar Mahkamasi 10.01.2020 yildagi “Davlat tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarga ma’lumotnomalar berish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 18-son qarorni qabul qildi.
Oʻzbekistonda xaritalarni tarqatish uchun ruxsatnoma talab etiladi
Vazirlar Mahkamasining 14.01.2020 yildagi 22-son qarori bilan xaritalarni yaratish, maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini berish, hisobga olish va saqlashga talablar belgilandi.
Xorijda ota-onasiz qolgan bolalar IIV tomonidan Vataniga qaytariladi
Hukumat qarori bilan xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining bolalarini mamlakatga qaytarish tartibi tasdiqlandi.
Zargarlik sanoati koʻrgazmasi doimiy asosda oʻtkaziladi
Birinchi koʻrgazma-savdo may oyining 8-10 kunlari Toshkent shahrida “Yoshlar ijod saroyi” koʻrgazmalar maydoni bazasida oʻtkaziladi.
Tibbiyot sohasidagi xizmatlarning bir qismi autsorsingga beriladi
Bu Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida belgilangan.
2026 yilga kelib paxtani yigʻishtirib olish mexanizatsiyalashadi
Vazirlar Mahkamasi “Respublika hududlarida paxta hosili terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni qabul qildi.
Qanday qilib notariuslar bitimlarni videokonferensaloqa orqali tasdiqlaydilar
Adliya vazirining buyrugʻi bilan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga tuzatishlar kiritildi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


