Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yetkazib beruvchi oldida qarz yoʻq, lekin inkasso qoʻyildi: kompaniya undiruvni toʻxtatishga qanday muvaffaq boʻldi Bojxona QQSini mamlakat ichkarisida ortiqcha toʻlov hisobiga kim kamaytira oladi Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
15.10.26

Logistika markazlari quvvati yiliga 40 million tonnaga yetkaziladi.

Transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha 2026-2030 yillarga moʻljallangan yangi chora-tadbirlar belgilandi. 2030 yil oxiriga kelib tranzit tashish hajmini 18,5 million tonnaga, transport va logistika xizmatlari eksportini esa 3,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

14.10.26

Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

13.10.26

Vazirlar Mahkamasi tuzilmasiga oʻzgartirish kiritildi

Prezident 09.10.2026 yildagi Ta’lim, fan va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil etilishini hamda Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari – ta’lim va fan vaziri lavozimi joriy etilishini nazarda tutuvchi PF-217-son Farmonni imzoladi.

13.10.26

2027 yildan davlat mulkini onlayn ijaraga olish mumkin boʻladi

2027 yil 1 yanvardan boshlab davlat mulkini ijaraga olish uchun arizalar YaIDXP yoki davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi. Tegishli tartib Vazirlar Mahkamasining 09.10.2026 yildagi 551-son qarori bilan tasdiqlangan.

12.10.26

Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

12.10.26

Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

12.10.26

Oliy oʻquv yurtlari va ilmiy tashkilotlar huzuridagi korxonalar qanday qoʻllab-quvvatlanadi

Ilmiy ishlanmalar asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va xizmat koʻrsatadigan "spin-off" korxonalarni tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash tartibi tasdiqlandi. Ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash boʻyicha loyihalar tanlov asosida moliyalashtiriladi.

12.10.26

Tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash uchun innovatsion startap-loyiha parklari tashkil etilmoqda

Vazirlar Mahkamasining 09.10.2026 yildagi 553-son qarorida mamlakat hududlarida innovatsion startap-loyiha parklarini tashkil etish koʻzda tutilgan. Ular tadbirkorlarga innovatsion loyihalarni rivojlantirish, ilmiy ishlanmalarni joriy etish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi.

09.10.26

Patent vakilligi faoliyati tartibi oʻzgartirildi

Vazirlar Mahkamasi patent vakillari toʻgʻrisidagi yangi Nizomni tasdiqladi. Hujjat sertifikatlash talabini bekor qilish, har uch yilda bir marta malaka oshirish va mutaxassislarning davlat reyestrini yaratishni nazarda tutadi.

08.10.26

Odam savdosi jabrdiydalariga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi odam savdosi jabrdiydalarining ehtiyojlarini aniqlash va ularga ijtimoiy yordam koʻrsatish mexanizmini belgiladi. Xizmatlar uchun «Inson» markazlari, ixtisoslashtirilgan muassasalar yoki 1146 ishonch telefoni orqali murojaat qilish mumkin.

08.10.26

Toshkent viloyatida soliq qonunchiligidagi oʻzgarishlar va soliq nizolari muhokama qilindi

Toshkent viloyati sudlari binosida oʻtkazilgan seminarda sudyalar va sud tizimi xodimlari tomonidan soliq qonunchiligidagi dolzarb oʻzgarishlar hamda ularni soliq nizolarini hal etishda qoʻllash masalalari koʻrib chiqildi.

07.10.26

Texnikumlar qoshida startap loyihalarni amalga oshirish uchun korxonalar tashkil etiladi

Davlat texnikumlari huzurida yangi mahsulot va texnologiyalarni ishlab chiqish va tijoratlashtirish uchun «spin-off» korxonalar ochiladi. Oʻquvchilarning startaplarini amalga oshirish uchun 1 mlrd soʻmgacha grantlar koʻzda tutilgan.

07.10.26

Vazirlar Mahkamasining 527-son qarori bilan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilishning qanday qoidalari belgilandi

Vazirlar Mahkamasi 2027 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan yangi Energiya bozori qoidalarini tasdiqladi. Vazirlar Mahkamasining 30.09.2026 yildagi 527-sonli qarori bilan elektr energetikasini isloh qilishning birinchi bosqichi (2023-2030 yillar) boshlandi.

06.10.26

Xorazm viloyatida Xitoy pedagogika universiteti filiali ochiladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Urganch davlat universiteti va Lyaonin pedagogika universiteti oliy oʻquv yurti filialining ta’sischilari boʻladi. Oʻqish 2026/2027 oʻquv yilidan boshlanadi va bitiruvchilar filial va/yoki Xitoy universiteti diplomini olishlari mumkin.

06.10.26

Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi

Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.

06.10.26

Oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarining sifat indeksi joriy etilmoqda

Bitiruvchilarning sifat indeksi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini mehnat bozoridagi natijalariga koʻra tayyorlash samaradorligini baholash imkonini beradi. Eng yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlgan 20 ta oliy ta’lim muassasasi uchun har yili moliyaviy ragʻbatlantirish koʻzda tutilgan.

05.10.26

«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar

Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.

05.10.26

Cpeleoturizm qanday rivojlantiriladi

2026-2028 yillarda gʻor turizmi salohiyati yuqori boʻlgan ob’yektlarda turizm infratuzilmasini bosqichma-bosqich rivojlantirish rejalashtirilgan. Investitsiyalarni jalb qilish, infratuzilmani yaratish, xalqaro miqyosda targʻib qilish hamda tabiiy va madaniy merosni muhofaza qilish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish koʻzda tutilgan.

05.10.26

Kadrlar tayyorlash ish beruvchilarning buyurtmalariga bogʻlanadi

2027/2028 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida bitiruvchilarni keyinchalik ishga joylashtirish sharti bilan korxonalarning buyurtmalari asosida dual ta’lim tizimi joriy etiladi. Talabalar nazariy ta’limni korxonalarda amaliyot bilan birga olib boradi, ish beruvchilar esa subsidiya va boshqa qoʻllab-quvvatlash choralariga ega boʻladi.

02.10.26

Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqarmoqda

Davlat korxonalari va muassasalarini saqlab qolish, xususiylashtirish, qayta tashkil etish yoki tugatish zaruratini aniqlash uchun ularning faoliyatini har yili baholash joriy etiladi. Davlat ulushlarini xususiylashtirishdan oldin Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining tegishli sohadagi raqobat holati toʻgʻrisidagi xulosasi ham talab etiladi.

02.10.26

Bandlik va ishsizlikni hisobga olish tartibi oʻzgarmoqda

Mehnat resurslari, bandlik va ishsizlik toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni shakllantirishning yangi tartibi tasdiqlandi. Ishlovchilar, oʻzini oʻzi band qilganlar, ishsizlar va aholining boshqa toifalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar turli idoralarning ma’lumotlar bazalaridan toʻplanadi va «Raqamli hukumat» tizimining idoralararo platformasi orqali uzatiladi.

02.10.26

Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash kengaytirilmoqda

Qishloq xoʻjaligi sub’yektlari uchun bir qator yangi subsidiyalar, jumladan, paxta hosili, yem-xashak ekinlari va sovutilgan goʻsht importi uchun toʻlovlar koʻzda tutilgan. 2027 yildan boshlab tajriba tariqasida suv tejovchi sugʻorish texnologiyalari uchun «natijaviy subsidiya» ham joriy etiladi.

30.09.26

Koʻp qavatli uylar qurilishi ustidan nazorat kuchaytirildi

Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat boʻyicha hududiy inspeksiyalarning ruxsati talab etiladi. Bunday ruxsatnomasiz koʻp qavatli uylarni qayta qurganlik uchun besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy etildi.

30.09.26

Pensiya tizimi yangi raqamli formatga oʻtkaziladi

2027 yil 1 yanvardan boshlab Pensiya jamgʻarmasi fuqarolardan qogʻoz shaklidagi hujjatlar va ma’lumotlarni qabul qilishni toʻxtatadi, «Mening pensiyam» xizmati orqali esa kelajakdagi pensiya miqdorini hisoblash va mehnat staji toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish mumkin boʻladi.

29.09.26

Paxtachilikni rivojlantirishda «Yangi agronom» va «Ustoz-shogird» tizimlari joriy etilmoqda

Mutaxassislarga zamonaviy agrotexnologiyalar oʻrgatiladi, ilgʻor agroklasterlar va fermer xoʻjaliklari oʻrtasida mentorlik aloqalari rivojlantiriladi. Muvaffaqiyatli «oʻqituvchilar» oʻzlariga biriktirilgan fermerlarning hosildorligini oshirganliklari uchun pul mukofotlari olishlari mumkin boʻladi.

28.09.26

Mahallalar hududlarni koʻkalamzorlashtirishda faol ishtirok etadi

1 oktyabrdan Oʻzbekistonda ikki oylik obodonlashtirish kampaniyasi boshlanadi, 2027 yildan esa mahallalarda koʻkalamzorlashtirish boʻyicha yangi chora-tadbirlar paketi joriy etiladi. Mikrooʻrmonlar va mini bogʻlar tashkil etish, mahallalarga mutaxassislarni biriktirish, yashil maydonlar uchun yerlardan foydalanishning yangi qoidalari belgilandi.

28.09.26

1 oktyabrdan nimalar oʻzgaradi

Norma.uz portali 2026 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

25.09.26

Sun’iy intellektga asoslangan dasturiy mahsulotlarning yagona reyestri yaratiladi

«Taklif soʻrovi» asosida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinishi mumkin boʻlgan sun’iy intellektga asoslangan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarning yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi tasdiqlandi. Bunday xaridlar qiymati BHMning 2 500 baravaridan oshmasligi kerak.

Kompaniya yangiliklari
07.11.19

2019 yil noyabr uchun QQS hisobotini qanday topshiramiz

«Norma» PRM 2019 yil 22 noyabr kuni «2019 yil noyabr uchun QQS hisobotini qanday topshiramiz» seminariga taklif qiladi.

23.10.19

Soliq kodeksi loyihasini qanday yaxshilash mumkin

“Yangi Soliq kodeksi – vazifalar, muammolar, istiqbollar” konferensiyasi uchun media-maydonni Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi taqdim etdi. Konferensiya oʻtkazilgan sanada “Soliq va bojxona xabarlari” gazetasining 25 yillik va “Norma” kompaniyasining 20 yillik yubileyi nishonlandi.

22.08.19

Kitob sovgʻa qilamiz

knigi.uz internet-doʻkoni navbatdagi bayram aksiyasini e’lon qildi. Ikkita va undan ortiq kitobni yagona toʻlov kiritib olgan har bir xaridorga uchinchi kitob sovgʻa qilinadi.

14.08.19

Hammasi kadrlar ishini yuritish haqida

«Norma» PRM «Kadrlar ishini yuritish» kursiga taklif etadi. Mashgʻulotlar 19 dan 23 avgustgacha oʻtkaziladi.

30.07.19

Buxgalteriya hisobi kursiga qabul boshlandi

«Norma» PRM X.Madalxonovaning «Buxgalteriya hisobi – noldan balansgacha» oʻquv kursiga taklif etadi. Kurs 19 avgust kuni boshlanadi.

30.07.19

Hammasi kadrlar ishini yuritish haqida

«Norma» PRM «Kadrlar ishini yuritish» kursiga taklif etadi. Mashgʻulotlar 5 dan 16 avgustgacha oʻtkaziladi.

30.05.19

Hammasi foyda soligʻi haqida: kim qiyinchiliklarni yenga oladi

«Norma» PRM iyun oyida foyda soligʻini hisoblash va toʻlashga oid murakkab jihatlar yechimini anglab yetish imkonini beradigan rus va oʻzbek tillaridagi turli oʻquv dasturlarida ishtirok etishga taklif qiladi.

22.05.19

Ish beruvchi buxgalterning malakasini qanday baholaydi

Hozirgi sharoitda buxgalteriya hisobi boʻyicha yaxshi mutaxassisni topish mushkul. Rahbarlar va kadrlar xizmati xodimlarida koʻpincha ularning malakasi xususida shubha tugʻiladi. bir.uz portali yordam sifatida ekspress-testni taklif etmoqda

Ommabop maqolalar

Ta’­lim va ilm-fan va­zir­li­gi tash­kil etil­di

Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

«Elektr xav­fsiz­li­gi oy­li­gi»: maqsad va va­zi­fa­lar

Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.