Zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi ishga tushiriladi
Aholiga qisqa soniyalarda 5 va undan yuqori balli zilzilalar haqida xabarnomalar yuboriladi.
Iqtidorli yoshlar uchun “Mirzo Ulugʻbek vorislari” kurslari tashkil etiladi
Kurslarning vazifalari orasida – raqamli yechimlardan foydalangan holda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda resurslarni taqsimlash jarayonlarini modellashtirish boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash bor.
Tadbirkorlikka oid koʻmak loyihalariga Savdo-sanoat palatasi hamkor sifatida jalb etiladi
Shuningdek, qabul qilingan Prezident Farmoni bilan SSPni moliyalashtirishni qoʻshimcha manbasi belgilanmoqda.
Mahsulotlarni sertifikatlashtirishda mualliflik huquqiga rioya etilishi tekshiriladi
Intellektual mulk ob’yektlari bir biri bilan adashtirib yuboradigan darajada bir xil yoki aynan oʻxshash boʻlganligi aniqlansa, sertifikatlovchi organ tomonidan rad javobi beriladi.
Yagona tabiiy gaz harakati tizimi joriy etiladi
U gaz hajmining aniq hisobini yuritish maqsadida barcha tabiiy gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga oʻrnatilgan onlayn elektron hisoblagichlarni soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qiladi.
Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari ustidan nazorat qanday oʻrnatiladi
Qoidabuzarliklar aniqlanganda Markaziy bank BHMning 5 000 baravarigacha jarima solish, operatsiya oʻtkazishni 6 oygacha yoki litsenziyani toʻxtatib turishga haqli.
“Yashil energiya” sertifikatlari tizimi joriy etiladi
Tizim 2023 yil 1 iyuldan boshlab — “Oʻzbekgidroenergo” AJda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun, 1 oktyabrdan boshlab esa – quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalarida hamda qayta tiklanuvchi boshqa energiya manbalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun joriy etiladi.
Kambagʻal oilalar a’zosini oʻqitayotgan tadbirkorlarga imtiyozlar beriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambagʻallikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Sanoat yarmarkalari qachon va qayerda oʻtkaziladi
Raqamli transformatsiya markazining portalida mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarning roʻyxati shakllantiriladi.
Milliy gvardiyaning vakolatlari kengaytirilmoqda
Xususan, ularga mayda bezorilik toʻgʻrisidagi bayonnomalarni rasmiylashtirish huquqi berilmoqda.
Oʻzbekistonda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi nishonlanadi
Har yili “Inson huquqlari” oʻn kunligi hamda barcha umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan kunga bagʻishlangan umummilliy dars oʻtkaziladi.
Yuqori texnologiyali elektrotexnika sanoati korxonalari alohida roʻyxatga kiritiladi
Ushbu roʻyxatdagi tadbirkorlarga imtiyozlar taqdim etiladi.
Toʻlov tashkilotlarini litsenziyalash tartibi tasdiqlandi
Markaziy bank toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va yuritishga doir talablarni belgiladi.
Yetkazib berish xizmati faoliyati soddalashtirildi
Xususan, ayrim ikki yoki uch gʻildirakli transport vositalarini boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi boʻlishi shartligi toʻgʻrisidagi talab bekor qilinadi.
Tadbirkorlarning hisob raqamlaridan pul mablagʻlarini noqonuniy yechib olganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
Ma’muriy jazo qoʻllangandan soʻng sodir etilgan qilmish jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Fuqarolik jamiyati qanday rivojlanadi
Vazirlar Mahkamasi fuqarolik jamiyatlariga koʻmaklashish va ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan 26 banddan iborat “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqladi.
Dori vositalari narxlari ustidan nazorat kuchaytirildi
Narxlar oshirib yuborilganligi haqida “Soliq hamkor” axborot tizimi orqali xabar berish mumkin boʻladi.
Yangi Konstitutsiya normalarini amalga oshirish boʻyicha choralar belgilandi
Prezident Farmoni bilan koʻpgina sohalarda qator islohotlar ilgari surilmoqda.
Samarqand shahrida Butunjahon shaxmat olimpiadasiga tayyorgarlik koʻrish boshlandi
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida “Maktab ligasi”, “Akademik litsey ligasi” “Professional ta’lim muassasalari ligasi” va “Talabalar ligasi” shaxmat musobaqalari har yili oʻtkaziladi.
Milliy antidoping agentligi qayta tashkil qilindi
U respublika ijro etuvchi hokimiyat organi maqomiga ega boʻlib, oʻz faoliyatida Prezident hamda Vazirlar Mahkamasiga hisobdordir.
2023 yil 9 iyul kuni muddatidan ilgari Prezident saylovi oʻtkaziladi
Prezidentning “Muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Caylov kodeksida muddatdan ilgari saylovlarni oʻtkazish vaqtlari belgilanmoqda
Oʻzgarishlar yangi Konstitutsiya qabul qilinishi munosabati bilan kiritilmoqda.
Qanday dori vositalari retseptsiz sotiladi
Retseptsiz beriladigan dori vositalari roʻyxati Sogʻliqni saqlash vazirligi saytida e’lon qilib boriladi.
Ogohlantirish muddatini xodimning roziligisiz pulli kompensatsiya bilan almashtirish mumkinmi
Ishlab chiqarish tashkilotida qoʻl mehnati avtomatlashtirilishi tufayli xodimlarni qisqartirish rejalashtirilmoqda. Qisqartirilayotgan xodimlarga ikki oy oldin ogohlantirish berildi. Ammo rahbar ularni tezroq ishdan boʻshatishni talab qilmoqda, chunki yangi texnologiya allaqachon joriy etilmoqda va bu xodimlarni ishlab chiqarishda ushlab turishning ma’nosi yoʻq.
Xotira va qadrlash kunini qanday nishonlaymiz
1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari oʻz xohishlariga koʻra sanatoriylarga bir nafar kuzatuvchisi bilan birga bepul yuboriladi.
Klaster siyosati konsepsiyasi ishlab chiqildi
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida “Klaster” va “Klaster siyosati”ning yagona konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Vositachilik haqining chegaraviy miqdori belgilandi
Uning miqdori BHMning 20 %dan oshmasligi lozim.
Turizmni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi
Ular orasida – Davlat byudjetidan mahalliy aviaqatnov yoʻnalishlarini subsidiyalash uchun qoʻshimcha 30 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ ajratish bor.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


